| Fanni oʻqitishdan maqsad | Tibbiy kimyo fanining maqsadi umumiy, analitik, fizik va kolloid kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan, tirik tabiatda sodir boʻlayotgan jarayonlar mohiyatini bilgan holda fizik-kimyoviy kattaliklarni xisoblashni bajara oladigan, organik kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan xolda, biokimyoning kirish qismi xisoblanadigan “Statik biokimyo”ni, biokimyoviy jarayonlarda qatnashuvchi biopolimerlar va bioboshqaruvchi moddalar tuzilishi, hossalari va funksiyalarini tushinadigan, ular ishtirokida boradigan jarayonlarni modellashtirib bajara oladigan, tirik organizmda kechuvchi kimyoviy jarayonlarning ilmiy asoslarini xujayra va molekulyar darajada tushinib yeta oladigan, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladigan mutahassislarni tayyorlash. Talabalarda kimyoviy jarayonlarni oʻrganish asosida tirik organizmda kechadigan modda oʻzgarishi mahsulotlarini oldindan sifat va miqdoran belgilash koʻnikmalarini fanning hozirgi zamon yutuqlari asosida shakllantirishdan iborat. |