| Fanni oʻqitishdan maqsad | Tibbiy kimyo modulining maqsadi umumiy, analitik, fizik, kolloid kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan, fizik-kimyoviy jarayonlar mohiyatini bilgan holda fizik-kimyoviy kattaliklarni hisoblashni bajara oladigan, organik kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan xolda, biokimyoning kirish qismi xisoblanadigan “Statik biokimyoni, biokimyoviy jarayonlarda qatnashuvchi biopolimerlar va bioboshqaruvchi moddalar tuzilishi, xossalari va funksiyalarini tushunadigan, ular ishtirokida boradigan jarayonlarni modellashtirib bajara oladigan, tirik organizmda kechuvchi kimyoviy jarayonlarning ilmiy asoslarini xujayra va molekulyar darajada tushunib yeta oladigan, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladigan mutaxassislarni tayyorlash. Talabalarda kimyoviy jarayonlarni oʻrganish asosida tirik organizmda kechadigan modda oʻzgarishi mahsulotlarini oldindan sifat va miqdoran belgilash koʻnikmalarini fanning hozirgi zamon yutuqlari asosida shakllantirish. |