| Fanni oʻqitishdan maqsad | Psixiatriya va narkologiya talabalarni klinik fikrlash qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan uslublarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali psixiatrik va narkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, klinik koʻrinishlari, kechish turlari, tashxis va qiyosiy tashxislari hamda davolash va parvarish usullari, kasallikni oldini olish chora –tadbirlarini oʻrgatishdan iboratdir. Tibbiyot psixologiyasini oʻqitishdan maqsad talabalarga tibbiy-psixologik tekshirish qonun-qoidalari, psixologik suhbat qurish uslublari, psixogigiena, psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixoterapiya va funksional tekshirish usullari haqida mukammal bilim berish. Shuningdek, tibbiy psixologiyada bilish jarayonlarini oʻrgatish va ularni tekshirishni oʻrgatish ham modul dasturining asosiy maqsadlaridan biridir. |