| Fanni oʻqitishdan maqsad | “Ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasi”fanini oʻqitishdan maqsad – ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasidan nazariy, uslubiy, amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish orqali mustaqil ishlashga tayyorlashdir. Shu bilan birga talabalarda terapevtik bemorlarni umumiy parvarishlash, harbiy davrda yuzaga keladigan turli kasalliklarda mustaqil ravishda tekshirish oʻtkazish, tashxis qoʻyish, kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda tezkor yordam koʻrsatish, davolash, keng tarqalgan kasalliklarni oldini olish, ishga layoqatliligini bilish asoslarini shakllantirish, kasb kasalliklari tashxisini aniqlash, kasbiy kasalliklarni davolash, kasbiy kasalliklarning turli koʻrinishida reabilitatsiya masalalarini hal etish, shu guruhdagi kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora - tadbirlarni ishlab chiqish kabi bilimlarni oʻrgatish. |