Yangi mavzuni qo'shing

1-mavzu. Zamonaviy gigiyena va tibbiy ekologiya, ularning tibbiyotdagi o‘rni.
  1. Gigiyenaning predmeti va vazifalari.
  2. Ekologiya va tibbiy ekologiya haqida tushuncha.
  3. Tibbiy taʼlim tizimida gigiyena va tibbiy ekologiya fanining oʻrni.
  4. "Aholi salomatligi" tushunchasi, aholi salomatligi koʻrsatkichlarining yashash va turmush sharoitlariga bogʻliqligi.
  5. Atrof muhit omillari haqida tushuncha. Gigiyenada qoʻllanadigan tekshirish usullari. Gigiyenik meʼyorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari.
  6. Kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi haqida tushunchalarning tavsifi.
2-mavzu. Davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasining umumiy asoslari. . (SanQvaM 0020-22) Kasalxona ichi infeksiyalari va ularni oldini olish tadbirlari. (SanQvaM 0342-17).
  1. Davolash-profilaktika muassasalari qurilishining gigiyenik asoslari (ambulatoriya-poliklinika muassasalari).
  2. OʻzRda DPMning moddiy-texnik bazasining holati va uni yaxshilash boʻyicha bugungi kundagi vazifalar. DPMlar qurilishining zamonaviy muammolari. Davolovchi-himoyalovchi tartib haqida tushuncha, uning davolash-profilaktika muassasalarini obodonlashtirilganligi bilan bogʻliqligi.
  3. SanQvaM 0020-22 boʻyicha OʻzRda DPMni rejalashtirish va loyihalashtirish reglamentlari va gigiyenik asoslari. DPMlarni rejalashtirishga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar.
  4. DPMlarni kommunal nuqtai-nazardan jihozlanishi (suv taʼminoti, kanalizatsiya, yoritilishi, shamollatilishi, chiqindilardan tozalash)
  5. Kasalxona ichi infeksiyasi haqida tushuncha va uni oldini olish choralari. . (SanQvaM 0342-17).
  6. Ixtisoslashgan markazlarga (jarrohlik, yuqumli kasalliklar va tugʻruqxona) boʻlgan asosiy gigiyenik talablar.
3-mavzu. Ovqatlanish va salomatlik. Bemorlarni parhez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari
  1. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi
  2. Ovqatlanishning ijtimoiy-gigiyenik muammo ekanligi.
  3. Aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyati. Oqilona ovqatlanish tushunchasi va unga boʻlgan gigiyenik talablar, ovqatlanishning fiziologik meʼyorlari.
  4. Asosiy oziq moddalarning manbalari va isteʼmolning gigiyenik meʼyorlari.
  5. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha, ularning tasnifi. Aholi ovqatlanishida ekologik muammolar.
  6. Ovqatdan zaharlanishlar va ularning tasnifi. Ovqatdan zaharlanishning muhim shakllarini kelib chiqishini oldini olish.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi aholisining hozirgi zamondagi ovqatlanish holatining tavsifi. Alimentar-bogʻliq kasalliklar va bizning respublikamizda dolzarb holatlar. Alimentar tanqislikning klinik koʻrinishlari.
  8. Aholining ovqatlanishini biologik faol moddalar bilan maqsadli boyitish masalalari.
  9. Zamonaviy ekologik sharoitlarda ovqatlanishni ratsionallashtirish imkoniyati
4-mavzu. Suv salomatlik omili. Xavo muhiti gigiyenasi.
  1. Suvning fiziologik, gigiyenik va epidemiologik ahamiyati. OʻzRsi aholisini suv bilan taʼminlashdagi eng muhim muammolar, mahalliy va markazlashgan suv taʼminoti haqida tushuncha.
  2. Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik taʼriflar. Suv taʼminoti manbalariga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar. Suv manbalarining sanitar himoya mintaqalarini tashkil qilish. Sanitar himoya zonasi (SHZ) haqida tushuncha.gʻ
  3. OʻzRda suv isteʼmoli meʼyorlari. Davlat Standarti haqida tushuncha. DavSt ga muvofiq ichimlik suvining sifatiga boʻlgan talablar.
  4. Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy taʼrif. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha, suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati).
  5. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibi.
  6. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining fiziologik axamiyati
  7. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining gigiyenik axamiyati
  8. Xavo muxiting biologik xossalari.
5-mavzu. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi.
  1. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining umumiy asoslari. Oʻzbekiston aholisi bolalar kontingentining salomatlik koʻrsatkichlari. Aholi turmush sharoitining bolalarning salomatlik holatini belgilovchi muhim omil ekanligi.
  2. Uyushgan bolalar muassasalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar. Bolalarning jismoniy rivojlanishi, ularni tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqishning asosi ekanligi.
  3. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati, maktabga etuklik tushunchasi.
  4. Bolalar muassasalarini qurish va jihozlashga boʻlgan gigiyenik talablar. Bolalar va oʻsmirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni qoʻllashda tavsiya qilinadigan tadbirlar.
6-mavzu. Mehnat gigiyenasi. Kasb kasalliklari, O‘zbekiston Respublikasi uchun bu muammoning dolzarbligi
  1. Mehnat gigiyenasining umumiy asoslari va mehnatni muhofaza qilish.
  2. Texnik taraqqiyotning mehnat sharoitlari oʻzgarishidagi gigiyenik ahamiyati, ekologik muammolari.
  3. Mehnat gigiyenasi tushunchasi, mehnat gigiyenasi sohasidagi zamonaviy muammolar.
  4. Ishlab chiqarishga oid zararlar haqida tushuncha, ularning tasniflari.
  5. Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilariga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishning asoslari.
  6. Ruhiy-fiziologik va biologik omillarga gigiyenik taʼrif, ularning ishchilar organizmiga zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari.
  7. Ishlab chiqarish muhitidagi biologik omillarning gigiyenik ahamiyati.
  8. Kasbga oid infeksiyalar haqida tushuncha, ularni oldini olish tadbirlari.
7-mavzu. Ishlab chiqarish muhitining fizik va kimyoviy omillari haqida tushuncha. Ishlab chiqarishga doir zararli omillarning maxsus ta’siri: allergen, kanserogen, mutagen, teratogen, embriotoksik; oldini olish tadbirlari.
  1. Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillarga umumiy taʼrif: nomuvofiq mikroiqlim, shovqin, tebranish (fizikaviy taʼrif, ishchilar organizmiga zararli taʼsiri, zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari). Sanoat changlari, changlarning tasniflari, changga doir patologiyalar haqida tushuncha va ularni oldini olish tadbirlari.
  2. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar va davolovchi profilaktik ovqatlanish haqida tushuncha. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar haqida tushuncha, ularning gigiyenik ahamiyati: organizmga kirish yoʻllari, mumkin boʻlgan taʼsir etish tabiati, ularning zaharliligi boʻyicha tasnifi. Oʻtkir va surunkali kasbiy zaharlanishlar haqida tushuncha, ularni oldini olish tadbirlari.
  3. Zararli kasblarda ishlovchi ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlar berish va ularga gigiyenik taʼrif. OʻzR qishloq xoʻjaligida mehnat gigiyenasi asoslari. Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xoʻjaligidagi mehnatning zamonaviy muammolari, oʻziga xos xususiyatlari, qishloq xoʻjaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiq omillarga umumiy taʼrif, ishchilarni sogʻlomlashtirishga doir tadbirlar. Mineral oʻgʻitlarni qoʻllash gigiyenasi.
  4. Pestitsidlar haqida tushuncha, ularning tasniflari. Ularni qoʻllaganda nomuvofiq taʼsir etish ehtimoli, oldini olish tadbirlari.
8-mavzu. Harbiy gigiyena. Qo‘shinlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va ovqatlanishini tashkil qilishning gigiyenik ahamiyati
  1. OʻzR Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati. Qoʻshinlarni ovqatlantirish gigiyenasi. Ayrim qoʻshin turlaridagi mehnat gigiyenasi. Harbiy gigiyena haqida tushuncha. Uning rivojlanish tarixi. Qurolli kuchlardagi sanitariya nazorati va gigienik taʼminotlar haqida tushincha. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati kuchlari va vositalari.
  2. Harbiy qoʻshinlarni joylashtirish, yuvintirish-kiyintirish boʻyicha xizmat gigiyenasi.
  3. Harbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni ahamiyati va kunlik ovqat mahsulotlarining meʼyori. Tinchlik davrida Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sanitar nazorati. Harbiy harakatlar davrida ovqatlanishni tashkil qilish va uning sanitar nazoratini amalga oshirish..
  4. Tinchlik davrda qoʻshinlarning suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilishning asoslari. Harbiy dala sharoitida suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilish.Harbiy dala sharoitida tibbiy xizmat xodimining asosiy vazifalari. Dala sharoitida ichimlik sifatini yaxshilash usullari.
  5. Harbiy mehnat gigiyenasi haqida tushuncha. Ayrim qoʻshin turlaridagi mehnatning oʻziga xos xususiyatlari. Tank qoʻshinlari mehnat gigiyenasi. Raketa qoʻshinlari mehnat gigiyenasi. Radiolokatsion stansiyalardagi Harbiy xizmatchilarning mehnat gigiyenasi.
9-mavzu. Tibbiy ekologiya haqida tushuncha. Insonlarning hozirgi zamondagi yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati.
  1. Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari.
  2. Zararli omillarning biosferada boʻlishi va oqibatining umumiy qonuniyatlari, biologik zanjirlar haqida tushuncha. Zamonaviy shaharlarda gigiyenik va ekologik muammolar.
  3. Tibbiy ekologiyaning zamonaviy muammolari. Ekologo-gigiyenik monitoring haqida tushuncha, uning vazifalari. Atrof muhitni ifloslanish omillarining tavsifi. Ksenobiotiklar va ularning atrof muhit uchun ahamiyati. Oʻzbekiston respublikasi hududlarida ekologik vaziyatni tavsifi. Ekologik xavfli mintaqalar va ekologik zoʻriqqan zonalar.
  4. Ekologik vaziyat va ekopatologiyalar. Tibbiy ekologiya sohasida asosiy yoʻnalishlar. Atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar