![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910200 - Davolash ishi | |||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 6 | Semestr | 3,4 | |||
| Fan nomi | Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya | Fan kodi | MB13-408 | |||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | |||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | |||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 8 | Baholash shakli |
oraliq: ogʻzaki joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
|||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 240 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | lab | |
|
120 (aud) |
120 (must) |
24 | 76 | 0 | ||
2. Fan maqsadi
Mikroorganizmlarning tuzilishi haqida bilimga ega boʻlish, mikroorganizmlarning tarqalishini bilish, mikroorganizmlar chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyishni bilish, mikrobiologik tashhis qoʻyish usullarini amaliyotda qoʻllash, bakteriyalarni identifikatsiya qilish, immunitetni spesifik va nospesifik omillarini ajratib olish, viruslarni tuzilish farqini bilish va ular chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyish bilimiga ega boʻlish,yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish choralari haqida bilimga ega boʻlish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Tibbiy biologiya.Umumiy genetika (TBUG1106)
2. Gistologiya,sitologiya,embriologiya (GS12308)
3. Tibbiy kimyo (TK1106)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Mikroorganizmlarning asosiy turlari, zamonaviy tibbiy mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani, uning maqsad va vazifalari, odam uchun patogen bakteriya, rikketsiya, mikoplazma, viruslar, sodda jonivorlar va mikroskopik zamburgʻlarning taksonomik nizomi, morfologik va biologik xususiyatlari xaqida tasavvurga ega boʻlish kerak;
- Mikroorganizmlarning tashqi muxitda tarqal-ganligi, tashqi muxit faktorlarini mikroorganizmlar-ga tasiri mikroorganizmlarning genetikasi va ularda roʻy beruvchi oʻzgaruvchanliklar va uning axamiyati, patogen mikroorganizmlarning patogenligi, virulent-ligi, patogenlik omillari va ularning infeksion jarayonni rivojlanishdagi ahamiyati;
- Organizmning asosiy ximoya mexanizmlari-maxsus va nomaxsus va ularning amaliyotdagi axamiyati, kimyote-rapiya va kimyoprofilaktikaning mikrobiologik va molekuyar-biologik asoslari, odam yuqumli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariningdifferensial xususiyatlari, laborator tashxisi, maxsus profilaktika va terapiyasi, tashqi muxit va oziq-ovqatlarning sanitar-koʻrsatkich mikroorganizmlarining ahamiyatini bilishi kerak.
- Tibbiyot va sanitariya-gigiena amaliyotda yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish va tashqi muhitga baho berishda bakteriologik, virusologik, serologik, biologik, allergik usullarni qoʻllash:
- Yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish extimolligini oldindan bilish, ularning rejalarini tuzish va tashxisqoʻyish usullarini tanlash, mikrobiologik izlanishlarning ilmiy usullarini oʻzlashtirish, bakteriologik, serologik, virusologik, sanitar mikrobiologik amaliy ishlarni qoʻyishni va ularni ilmiy nazariy jixatdan asoslab berishni, tashqi muxit obʼektlari, tuproq, suv, xavo, uy joy va oziq ovqatlarga sanitar mikrobiologik jixatdan baxo berish, taxlil qilishda sanitar mikrobiologik usullarni bajarish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
- Yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tasnifi, tinktorial, kultural, bioximik, antigenlik xususiyatlarini, kasallikni etiologiyasi, manbasi yuыish yoʻllari, klinik kechishi, davolash va oldini olish usullari asosida ularga bakteriologik, virusologik va serologik tashxis qoʻyishni bajara olish malakalariga ega boʻlishi kerak. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Mikroorganizmlarning tuzilishi haqida bilimga ega boʻlish;
- Mikroskopik usulni bajarish amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish;
- Mikroorganizmlarning tarqalishini bilish;
- Mikroorganizmlar chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyishni bilish;
- Mikrobiologik tashhis qoʻyish usullarini amaliyotda qoʻllash;
- Bakteriyalarni identifikatsiya qilish;
- Infektsion jarayonlarni kelib chiqishini bilish;
- Immunitetni spesifik va nospesifik omillarini ajratib olish;
- Gumoral va hujayraviy immunitet tizimlarini vazifalarini oʻzlashtirish;
- Viruslarni tuzilish farqini bilish va ular chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyish bilimiga ega boʻlish;
- Yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish choralari haqida bilimga ega boʻlish. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya fanlarining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi.
|
2 |
| 2. |
Bakteriya hujayrasining tuzilishi va kimyoviy tarkibi, o’lchamlari. Mikrobiologik amaliyotdagi ahamiyati
|
2 |
| 3. |
Mikroorganizmlar fiziologiyasi
|
2 |
| 4. |
Kimyoterapevtik preparatlar va antibiotiklar
|
2 |
| 5. |
Infeksiya haqida ta’limot. Mikroorganizmlar genetikasi.
|
2 |
| 6. |
Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar. Laboratoriya tashxisi (stafilokokk, streptokokk, ko‘k yiring tayoqchasi).
|
2 |
| 7. |
Mikroorganizmlar ekologiyasi. Suv, tuproq, havo mikroflorasi. Odam organizmi mikroflorasi, ularni o’rganish usullari va tibbiyot amaliyotida ahamiyati
|
2 |
| 8. |
Umumiy virusologiya. Bakteriofaglar
|
2 |
| 9. |
Virus replikatsiyasi va ularni aniqlash usullari
|
2 |
| 10. |
Antigen va antitana, ularning ahamiyati
|
2 |
| 11. |
Vaksinalar va immun zardoblar, ularning turlari, olinishi, tibbiyot amaliyotida qo’llanilishi.
|
2 |
| 12. |
Zamonaviy diagnostik qurilmalar va ularning tibbiyotdagi ahamiyati
|
2 |
| Jami | 24 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Bakteriologik, virusologik va immunologik laboratoriyalar va ularni jihozlanishi
|
2 |
| 2. |
Bakteriya hujayrasining tuzilishi va kimyoviy tarkibi, oʼlchamlari.
|
4 |
| 3. |
Ozuqa muhitlari, tasnifi va unga qo’yilgan talablar. Mikroorganizmlar fiziologiyasi
|
4 |
| 4. |
Mikroorganizmlar genetikasi
|
2 |
| 5. |
Mikroorganizmlarning o'sishiga ta'sir etuvchi ekologik omillar.
|
4 |
| 6. |
Odam organizmi mikroflorasi, ularni oʼrganish usullari va tibbiyot amaliyotida ahamiyati
|
4 |
| 7. |
Infeksiya haqida ta’limot
|
4 |
| 8. |
Kimyoterapiya va antibiotiklar tasnifi, talablari, asoratlari, bakteriyalarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash usullari
|
4 |
| 9. |
Yiringli yalig‘lanish kasaliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar
|
4 |
| 10. |
Dizbakteriozni aniqlash
|
4 |
| 11. |
Havo-tomchi infeksiyalari: mikobakteriyalar va aktinomitsetlar.
|
4 |
| 12. |
Viruslar
|
4 |
| 13. |
DNK-saqlovchi viruslar
|
4 |
| 14. |
RNK-saqlovchi viruslar
|
4 |
| 15. |
Gerpes viruslarining tiplari tarqalishi kasallik patogenezi
|
2 |
| 16. |
Retro viruslar
|
2 |
| 17. |
Bakteriyalarning faglarga sezgirligini o‘rganish
|
4 |
| 18. |
Immunitet va immun tizimi
|
2 |
| 19. |
Infeksiya va infeksion jarayonlar
|
2 |
| 20. |
Immunologik holatlar
|
2 |
| 21. |
Zamburug`lar keltirib chiqaruvchi kasalliklar laboratoriya diagnostikasi, profilaktikasi.
|
4 |
| 22. |
Zamburug`lar keltirib chiqaruvchi kasalliklar laboratoriya diagnostikasi, profilaktikasi.
|
2 |
| 23. |
Internet va kompyuter yordamida gen tahlili yordamida arxeya va bakteriyalarni aniqlash
|
2 |
| Jami | 74 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Sterilizatsiya turlari va asboblarni ishlash prinsiplarini o’rganish. Aseptika va antiseptika Sterilizatsiya turlari va asboblarni ishlash prinsiplarini o’rganish. Aseptika va antiseptika |
2 |
| 2. |
Suyuq va qattiq oziq muhitlarda mikroorganizmlarni o’sishini baholash. Suyuq va qattiq oziq muhitlarda mikroorganizmlarni o’sishini baholash. |
4 |
| 3. |
Antibiotkli disklar yordamida disk diffuziya usulini qo’llash Antibiotkli disklar yordamida disk diffuziya usulini qo’llash |
4 |
| 4. |
Suv, tuproq, xavo mikroflorasi sanitar ko’rsatkichlari ahamiyati va ularni aniqlash usullari bilan tanishish Suv, tuproq, xavo mikroflorasi sanitar ko’rsatkichlari ahamiyati va ularni aniqlash usullari bilan tanishish |
4 |
| 5. |
Gramm musbat va gramm manfiy bakterialarni laboratoriya sharoitida o’rganish Gramm musbat va gramm manfiy bakterialarni laboratoriya sharoitida o’rganish |
6 |
| Jami | 20 | |
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
|
|---|---|
| Elektron pochta: |
|
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Mikrobiologiya, farmakologiya, normal va potologik fiziologiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
I.Muxammedov - “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi dotsenti, b.f.f.d. (PhD) |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F. Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) I. I. Muxammedov Kafedra mudiri |
(imzo) Mirzayeva Saidaxon Abdusalomovna Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) Jamilov Dostonbek Ravshanbek o‘gli Fan oʻqituvchisi |
