Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 5
Fan nomi Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya Fan kodi GXGTE15-04
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriq
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
14 46
 

2. Fan maqsadi

Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya fanini boʻlajak mutaxassisni tayyorlashning ilk bosqichi hisoblanadi va talabalar tomonidan atrof muhitda boʻlayotgan muammolarni aniq tasavvur qilish, inson organizmiga salbiy taʼsir etuvchi omillar va kasalliklarni oldini olish profilaktik chora- tadbirlarni ishlab chiqish fani boʻlib hisoblanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • - eng dolzarb gigiyenik va ekologik muammolarni baholash;
  • - talabalar tomonidan gigiyenik tekshirish usullarini oʻzlashtirilishi;
  • - talabalarni inson organizmi va atrof muhit bilan oʻzaro taʼsirlanish asoslari;
  • - gigiyenik meʼyorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari bilan tanishtirish;
  • - atrof muhit jumladan, ekologik omillarining holatini tekshirish, uni tahlil qilish va olingan natijalarni gigiyenik nuqtai-nazardan baholash (ovqatlanish gigiyenasi, davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasi,mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, radiatsion sohasida) ni oʻrgatishdan iborat.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • - Yopiq xonalar mikroiqlimini tekshirish.
  • - Yopiq xonalar havosining antropogen ifloslanganligini tekshirish.
  • - Xonalarning tabiiy yoritilganlik holatini tekshirish.
  • - Xonalarning sunʼiy yoritilganlik holatini tekshirish.
  • - Suvning organoleptik va fizikaviy xossalari koʻrsatkichlarini aniqlash
  • - Xavo xarakat tezligini aniqlash.
  • - Atmosfera bosimini aniqlash.
  • - Xavo namligini aniqlash
  • - Xavoning temperaturasini aniqlash.
  • - Ketle indeksi va uni xisoblash.
  • - ITM va uni xisoblash
  • - Sutni organoleptik tekshirish
  • - Sutni kislotaliligini, zichligini aniqlash.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Zamonaviy gigiyena va tibbiy ekologiya, ularning tibbiyotdagi o‘rni.

  1. Gigiyena fanining predmeti va vazifalari. Davolovchi shifokorlarni tayyorlash tizimida gigiyena fanining tutgan oʻrni va ahamiyati.
  2. Ekologiya va tibbiy ekologiya haqida tushuncha. Zamonaviy inson ekologiyasi. Tibbiy taʼlim tizimida gigiyenaning oʻrni. Aholi salomatligi koʻrsatkichlarining yashash va turmush sharoitlariga bogʻliqligi. Atrof muhit tashqi omillari haqida tushuncha.
  3. Gigiyenada qoʻllanadigan tekshirish usullari, gigiyenik meʼyorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari. Shifokor faoliyatida gigiyena fanining ahamiyati.
  4. Inson ekologiyasi haqida tushuncha. Insonlarning hozirgi zamon yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati. Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi.
  5. 5. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari. Zararli omillarning biosferada boʻlishi va oqibatining umumiy qonuniyatlari, biologik zanjirlar haqida tushuncha.
  6. Ekologik vaziyatlar, ekologik ofatli mintaqalarga umumiy taʼrif va OʻzR hududidagi ekologik tanglik, atrof muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlar. Shahar muhitiga gigiyenik taʼrif, uning aholi salomatligi uchun ahamiyati, uni yaxshilashga doir tadbirlar, zamonaviy turar-joy binolari va mavzelariga boʻlgan gigiyenik talablar.
2
2.

Davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasining umumiy asoslari. Kasalxona ichi infeksiyalari va ularni oldini olish tadbirlari.

  1. Davolash-profilaktika muassasalari qurilishining gigiyenik asoslari ( ambulatoriya-poliklinika muassasalari). OʻzRda DPMning moddiy-texnik bazasining holati va uni yaxshilash boʻyicha bugungi kundagi vazifalar.
  2. DPMlar qurilishining zamonaviy muammolari. Davolovchi-himoyalovchi tartib haqida tushuncha, uning davolash-profilaktika muassasalarini obodonlashtirilganligi bilan bogʻliqligi.
  3. SanQvaM 0292-11 boʻyicha OʻzRda DPMni rejalashtirish va loyihalashtirish reglamentlari va gigiyenik asoslari. DPMlarni rejalashtirishga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar.
  4. DPMlarni kommunal nuqtai-nazardan jihozlanishi (suv taʼminoti, kanalizatsiya, yoritilishi, shamollatilishi, chiqindilardan tozalash).
  5. Kasalxona ichi infeksiyasi haqida tushuncha va uni oldini olish choralari. Ixtisoslashgan markazlarga (jarrohlik, yuqumli kasalliklar va tugʻruqxona) boʻlgan asosiy gigiyenik talablar.
2
3.

Ovqatlanish va salomatlik. Bemorlarni parhez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari.

  1. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi. Ovqatlanishning ijtimoiy-gigiyenik muammo ekanligi. Aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyati. Oqilona ovqatlanish tushunchasi va unga boʻlgan gigiyenik talablar, ovqatlanishning fiziologik meʼyorlari.
  2. Asosiy oziq moddalarning manbalari va isteʼmolning gigiyenik meʼyorlari. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha, ularning tasnifi. Aholi ovqatlanishida ekologik muammolar.
  3. Ovqatdan zaharlanishlar va ularning tasnifi. Ovqatdan zaharlanishning muhim shakllarini kelib chiqishini oldini olish.
  4. Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning gigiyenik nazorati. Bemorlarning parxez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari.
2
4.

Suv salomatlik omili. Xavo muxiti gigiyenasi.

  1. Suvning fiziologik, gigiyenik va epidemiologik ahamiyati. OʻzRsi aholisini suv bilan taʼminlashdagi eng muhim muammolar, mahalliy va markazlashgan suv taʼminoti haqida tushuncha.
  2. Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik taʼriflar. Suv taʼminoti manbalariga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar. Suv manbalarining sanitar himoya mintaqalarini tashkil qilish. Sanitar himoya zonasi (SHZ) haqida tushuncha.
  3. OʻzRda suv isteʼmoli meʼyorlari. Davlat Standarti haqida tushuncha.Davlat Standartiga muvofiq ichimlik suvining sifatiga boʻlgan talablar. Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy taʼrif.
  4. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha
  5. suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati).
  6. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining fiziologik va gigiyenik axamiyati. Xavo muxiting biologik xossalari.
  7. Xonalar mikroiqlimi koʻrsatkichlarini tekshirish va gigiyenik baxolash.
2
5.

Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi.

  1. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining umumiy asoslari. Oʻzbekiston aholisi bolalar kontingentining salomatlik koʻrsatkichlari.
  2. Aholi turmush sharoitining bolalarning salomatlik holatini belgilovchi muhim omil ekanligi. Uyushgan bolalar muassasalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar.
  3. Bolalarning jismoniy rivojlanishi, ularni tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqishning asosi ekanligi.
  4. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati, maktabga etuklik tushunchasi.
  5. Bolalar muassasalarini qurish va jihozlashga boʻlgan gigiyenik talablar.
  6. Bolalar va oʻsmirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni qoʻllashda tavsiya qilinadigan tadbirlar.
2
6.

Mehnat gigiyenasi. Ishlab chiqarish muhitining fizik va kimyoviy omillari haqida tushuncha.

  1. Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillarga umumiy taʼrif: nomuvofiq mikroiqlim, shovqin, tebranish (fizikaviy taʼrif, ishchilar organizmiga zararli taʼsiri, zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari).
  2. Sanoat changlari, changlarning tasniflari, changga doir patologiyalar haqida tushuncha
  3. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar haqida tushuncha, ularning gigiyenik ahamiyati: organizmga kirish yoʻllari, mumkin boʻlgan taʼsir etish tabiati, ularning zaharliligi boʻyicha tasnifi.
  4. Oʻtkir va surunkali kasbiy zaharlanishlar haqida tushuncha, ularni oldini olish tadbirlari. Zararli kasblarda ishlovchi ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlar berish va ularga gigiyenik taʼrif.
  5. Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xoʻjaligidagi mehnatning zamonaviy muammolari, oʻziga xos xususiyatlari, qishloq xoʻjaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiq omillarga umumiy taʼrif, ishchilarni sogʻlomlashtirishga doir tadbirlar.
  6. Mineral oʻgʻitlarni qoʻllash gigiyenasi. Pestitsidlar haqida tushuncha, ularning tasniflari. Ularni qoʻllaganda nomuvofiq taʼsir etish ehtimoli, oldini olish tadbirlari.
2
7.

Harbiy gigiyena. Qurolli kuchlardagi sanitariya nazorati va gigienik ta’minotlar haqida tushincha. Qo‘shinlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va ovqatlanishini tashkil qilishning gigiyenik ahamiyati

  1. OʻzR Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati. Ayrim qoʻshin turlaridagi mehnat gigiyenasi. Xarbiy gigiyena haqida tushuncha. Uning rivojlanish tarixi. Qurolli kuchlardagi sanitariya nazorati va gigienik taʼminotlar haqida tushincha.Oʻzbekiston respublikasi Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati kuchlari va vositalari.
  2. Xarbiy qoʻshinlarni joylashtirish, yuvintirish-kiyintirish boʻyicha xizmat gigiyenasi.
  3. Xarbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni ahamiyati va kunlik ovqat mahsulotlarining meʼyori. Tinchlik davrida harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sanitar nazorati. Harbiy harakatlar davrida ovqatlanishni tashkil qilish va uning sanitar nazoratini amalga oshirish..
  4. Tinchlik davrda qoʻshinlarning suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilishning asoslari. Harbiy dala sharoitida suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilish.Xarbiy dala sharoitida tibbiy xizmat xodimining asosiy vazifalari. Dala sharoitida ichimlik sifatini yaxshilash usullari.
2
Jami 14

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kasalxona xonalari mikroiqlimining gigiyenik ahamiyati (harorat, namlik, havo harakat tezligi, bosim).

  1. 1. Kasalxona xonalarining mikroiqlimni oʻrganish va baholash
  2. 2. harorat
  3. 3. namlik
  4. 4. havo harakat tezligi
  5. 5. bosim
2
2.

Kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanishi haqida tushuncha.

  1. 1. Kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanishi.
  2. 2. Kasalxona xonalari havosining antropogen kimyoviy ifloslanganligini tekshirish va baholash (karbonat angdrid gazi misolida);
2
3.

Kasalxona xonalari yoritilganligining ahamiyati.

  1. 1. Kasalxona xonalarining tabiiy yoritilganlik holatini baholash;
  2. 2. Kasalxona xonalarining sunʼiy yoritilganlik holatini baholash;
  3. 3. Tabiiy yoritilganlik, tabiiy yoritilganlik koeffithienti
  4. 4. Sunʼiy yoritilganlik meʼyorlari
2
4.

Loyiha materiallari bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalarini gigiyenik baholash (Shifoxona terapevtik, jarrohlik, yuqumli kasalliklar va tug‘ruqxona bo‘limlariga bo‘lgan asosiy gigiyenik ta’lablar. (Dalolatnoma tuzish).

  1. 1. Davolovchi-himoyalovchi tartib haqida tushunch.
  2. 2. Davolash-profilaktika muassasalarini obodonlashtirilganligi bilan bogʻliqligi. SanQvaM 0292-11.
  3. 3. OʻzRda DPMni rejalashtirish va loyihalashtirish reglamentlari va gigiyenik asoslari.
  4. 4. DPMlarni rejalashtirishga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar
2
5.

Kasalxona ichi infektsiyasi va uni oldini olish (SanQvaM 0342-17).

  1. 1. Kasalxona ichi infeksiyasi haqida tushuncha
  2. 2. KII kelib chiqish sabablari
  3. 3. KII oldini olish choralari.
  4. 4. Ixtisoslashgan markazlarga (jarrohlik, yuqumli kasalliklar va tugʻruqxona) boʻlgan asosiy gigiyenik talablar.
2
6.

Oqilona ovqatlanish va uning tartibi haqida tushuncha, ularni tekshirish va baholash. Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini tekshirish va baxolash.

  1. 1. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi
  2. 2. Ovqatlanishning ijtimoiy-gigiyenik muammo ekanligi.
  3. 3. Aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyati.
  4. 4. Oqilona ovqatlanish tushunchasi va unga boʻlgan gigiyenik talablar, ovqatlanishning fiziologik meʼyorlari
2
7.

Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning gigiyenik nazorati, bemorlarning parxez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari.

  1. 1. Asosiy oziq moddalarning manbalari va isteʼmolning gigiyenik meʼyorlari.
  2. 2. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha, ularning tasnifi.
  3. 3. Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning gigiyenik nazorati
  4. 4. Bemorlarning parxez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari.
  5. Parxez stollari
2
8.

Tez buziluvchi ovqat mahsulotlarining sifatliligini gigiyenik baholash. Ovqatdan zaharlanishlar va ularni oldini olish choralari

  1. 1. Aholi ovqatlanishida ekologik muammolar.
  2. 2. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatligini aniqlash (Sut, goʻsht va b.)
  3. 3. Ovqatdan zaharlanishlar va ularning tasnifi.
  4. 4. Ovqatdan zaharlanishning muhim shakllarini kelib chiqishini oldini olish.
2
9.

Suvning fiziologik, gigiyenik va epidemiologik ahamiyati. O‘zRsi aholisini suv bilan ta’minlashdagi eng muhim muammolar, mahalliy va markazlashgan suv ta’minoti haqida tushuncha.

  1. 1. Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik taʼriflar.
  2. 2. Suv taʼminoti manbalariga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar.
  3. 3. Suv manbalarining sanitar himoya mintaqalarini tashkil qilish. Sanitar himoya zonasi (SHZ) haqida tushuncha
  4. 4. OʻzRda suv isteʼmoli meʼyorlari. Davlat Standarti haqida tushuncha.
2
10.

Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy ta’rif. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha, suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati).

  1. 1. Davlat Standartiga muvofiq ichimlik suvining sifatiga boʻlgan talablar.
  2. 2. Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy taʼrif.
  3. 3. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha,
  4. 4. Suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati).
2
11.

Xavo muhiti gigiyenasi. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining fiziologik va gigiyenik axamiyati.

  1. 1. Xavo muhiti gigiyenasi
  2. 2. Xavo muxitining fizikaviy axamiyati.
  3. 3. kimyoviy tarkibining fiziologik axamiyati.
  4. 4. Xavo muxitining gigiyenik axamiyati
2
12.

Xavo muxiting biologik xossalari. Xonalar mikroiqlimi ko‘rsatkichlarini tekshirish va gigiyenik baxolash

  1. 1. Xavo muxiting biologik xossalari.
  2. 2. Xonalar mikroiqlimi koʻrsatkichlarini tekshirish
  3. 3. Xonalar mikroiqlimi gigiyenik baxolash.
2
13.

Bolalar va o‘smirlarni salomatlik xolati va jismoniy rivojlanishini tekshirish usullari.

  1. 1. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining umumiy asoslari.
  2. 2. Oʻzbekiston aholisi bolalar kontingentining salomatlik koʻrsatkichlari.
  3. 3. Aholi turmush sharoitining bolalarning salomatlik holatini belgilovchi muhim omil ekanligi.
  4. 4. Bolalar va oʻsmirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni qoʻllashda tavsiya qilinadigan tadbirlar.
2
14.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. (dalolatnoma tuzish).

  1. 1. Bolalar va oʻsmirlarning jismoniy rivojlanish koʻrsatkichlari
  2. 2. Jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda baholash usullari
  3. 3. Bolalarni tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini muvofiqlashtirish
  4. 4. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati,
  5. 5. Maktabga etuklik tushunchasi.
2
15.

Bolalar muassalarini loyihalashtirish, jixozlanishiga bo’lgan gigiyenik talablar

  1. 1. Uyushgan bolalar muassasalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar.
  2. 2. Maktabgacha bolalar muassasalarini loyihalashtirishning gigiyenik xususiyatlari
  3. 3. Umumtaʼlim maktablarini loyihalashtirishning gigiyenik xususiyatlari
  4. 4. Bolalar muassasalarini qurilishiga boʻlgan gigiyenik talablar.
  5. 5. Bolalar muassasalarini jihozlashga boʻlgan gigiyenik talablar.
2
16.

O‘quv tarbiya jarayoning gigiyenik asoslari. Umumta’lim maktablarida o’quv jarayonini tahlil qilish. (dalolatnoma tuzish).

  1. 1. Toliqish holati, uning biologik ahamiyati
  2. 2. Umumtaʼlim muassalarida oʻquv jarayonini tashkillashtirish gigiyenik asoslari
  3. 3. Maktabda oʻqitishni tashkillashtirishni gigiyenik asoslari:
  4. 4. Oʻquv yuklamani bolalar va oʻsmirlarni yoshga oid va individual xususiyatlariga mos kelish
  5. 5. Oʻquv jadvalini tuzishga asosiy gigiyenik talablar
2
17.

Mexnat gigiyenasi va ishlovchilar salomatligini muxofaza qilish. Korxonalarda shovqinni tekshirish va baholash. Korxonalarda tebranishli vaziyatlarni tekshirish va baholash.

  1. 1. Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillar
  2. 2. Nomuvofiq mikroiqlim
  3. 3. Shovqin fizikaviy taʼrif, ishchilar organizmiga zararli taʼsiri
  4. 4. Tebranish fizikaviy taʼrif, ishchilar organizmiga zararli taʼsiri
  5. 5. Zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari.
2
18.

CHangga oid patologiyalar xaqida tushuncha. Sanoat toksikologiyasi. Kimyoviy omillarni umumzaxarli va maxsus ta’siri haqida tushuncha. Qishloq ho’jaligida mehnat gigiyenasi. Pestitsidlar xaqida tushuncha

  1. 1. Sanoat changlari, changlarning tasniflari, changga doir patologiyalar .
  2. 2. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar , ularning gigiyenik ahamiyati: organizmga kirish yoʻllari, taʼsir etish tabiati, ularning zaharliligi boʻyicha tasnifi.
  3. 3. Oʻtkir va surunkali kasbiy zaharlanishlar, ularni oldini olish tadbirlari. Zararli kasblarda ishlovchi ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlar berish va ularga gigiyenik taʼrif.
  4. 4. Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xoʻjaligidagi mehnatning zamonaviy muammolari, oʻziga xos xususiyatlari, qishloq xoʻjaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiq omillar, ishchilarni sogʻlomlashtirish tadbirlari.
  5. 5. Pestitsidlar, ularning tasniflari. nomuofiq taʼsir etish ehtimoli, oldini olish tadbirlari.
2
19.

Tibbiy ekologiya haqida tushuncha. Muxit va ekologik omillar. Insonlarning hozirgi zamondagi yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati.

  1. 1. Inson ekologiyasi haqida tushuncha.
  2. 2. Insonlarning hozirgi zamon yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti
  3. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati. Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi.
  4. 4. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari.
  5. 5. Zararli omillarning biosferada boʻlishi va oqibatining umumiy qonuniyatlari
2
20.

Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari.

  1. 1. Ekologik vaziyatlar, ekologik ofatli mintaqalarga umumiy taʼrif
  2. 2. OʻzR hududidagi ekologik tanglik, atrof muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlar.
  3. 3. SHahar muhitiga gigiyenik taʼrif, uning aholi salomatligi uchun ahamiyati, uni yaxshilashga doir tadbirlar,
  4. 4. Zamonaviy turar-joy binolari va mavzelariga boʻlgan gigiyenik talablar.
2
21.

Qo‘shinlarni kazarma va dala sharoitlarida joylashtirilganda ularning ovqatlantirilishining sanitariya nazorati.

  1. 1. Xarbiy gigiyena haqida tushuncha.
  2. 2. Qurolli kuchlardagi sanitariya nazorati va gigienik taʼminotlar haqida tushincha.
  3. 3. Oʻzbekiston respublikasi Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati kuchlari va vositalari.
  4. 4. Xarbiy qoʻshinlarni joylashtirish, yuvintirish-kiyintirish boʻyicha xizmat gigiyenasi.
  5. 5. Xarbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni ahamiyati va kunlik ovqat mahsulotlarining meʼyori.
  6. 6. Tinchlik va harbiy harakatlar davrida davrida harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sanitar nazorati.
2
22.

Qo‘shinlarni kazarma va dala sharoitlarida ichimlik suvi bilan ta’minlash.

  1. Tinchlik davrda qoʻshinlarning suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilishning asoslari.
  2. 2.Harbiy dala sharoitida suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilish.
  3. 3. Harbiy dala sharoitida tibbiy xizmat xodimining asosiy vazifalari.
  4. 4. Dala sharoitida ichimlik sifatini yaxshilash usullari.
2
23.

Ommaviy qirgin qurollari ishlatilganda suv va oziq- ovqat mahsulotlarini gigiyenik ekspertiza qilish.

  1. 1. Suv va ovqat mahsulotlarini RM bilan zararlanganligini ekspertiza qilish. DP-5A (B,V,M) asboblari
  2. 2. Suv va ovqat mahsulotlarining toʻliq maxsus ishlovdan oʻtkazilganligini nazorat qilish
  3. 3. Ovqat mahsulotlarini maxsus ishlovdan oʻtkazishda sanitariya nazoratining asosiy vazifalari
2
Jami 46

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Gigiyenaning rivojlanish tarixi. O‘zRda gigiyena fanining shakllanishi va rivojlanishi

2.

Kasalxona xonalarining mikroiqlimni o‘rganish va baholash. Kasalxona xonalari havosining antropogen kimyoviy ifloslanganligini tekshirish va baholash (karbonat angdrid gazi misolida);

3.

Kasalxona ichi infeksiyalarini kelib chiqishi uchun havoning bakterial ifloslanganligini ahamiyati.

4.

Ichimlik suvi sifatini yaxshilashning asosiy usullar.

5.

Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va sifatini nazorat qilish.

6.

Ovqatdan zaharlanishlar va ularning profilaktika.

7.

Ruhiy-fiziologik omillarga gigiyenik ta’rif, organizmga ularning zararli ta’sirini oldini olish tadbirlari.

8.

Global o’zgarishlar. Ekologik muammolar. Iqlimni isishi.

9.

Suv manba’larini ifloslanishi va himoya qilish. Suv sifatini yaxshilash.

10.

Maxsus qo‘riq zonalar. Ekologik ekspertiza. Ekologik havfsizlik.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. F.I.Salomova, SH.T.Iskandarova va boshqalar. “Gigiyena. Tibbiy ekologiya”. Darslik. Toshkent. “KALEON PRESS”, 2021. -588 bet
  2. Гигиена. Медицинская экология. Darslik. Salomova F.I., Iskandarova Sh.T., Abdukadirova L.K., Sadullayeva X.A., Sharipova S.A., Axmadaliyeva N.O., Xasanova M.I., Toshkent. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi” 03.10.2024

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Salomova F.I.,Duschanov B.A., Iskandarova Sh.T. Umumiy gigiyena. Darslik. –Toshkent. Kitob-jurnal. 2008 y.
  2. Gigiyena.Tibbiy ekologiya 2 kurs uchun amaliy mashgʻulotlar uchun. 1-qism. Elektron о‘quv qо‘llanma. Salomova F.I., Sadullayeva X.A., Axmadaliyeva N.O., Abdukadirova L.K., Sharipova S.A., Mirsagatova M.R.,.Toshmatova G.A.2025 yil
  3. Gigiyena.Tibbiy ekologiya. 2 kurs amaliy mashgʻulotlar uchun. O‘quv qo‘llanma. 2-qism. 05.2024 yil Salomova F.I., Sadullayeva X.A., Axmadaliyeva N.O., Abdukadirova L.K., Raximov B.B., Sharipova S.A., Mirsagatova M. R.
  4. Ponomareva L.A., Kazakov E.K., Abduqodirova L.K., Tuhtarov B.E., Dravskix I.K., Sharipova S.A., Sadullayeva X.A. Umumiy gigiyena bilan ekologiya. Amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qo`llanma. - Toshkent. Tafakkur-bostoni. - 2011.
  5. Dade W. Moeller. Environmental health. Third Edition Harvard University Press Cambridge, Massachusetts London, England, 2011
  6. Ш.Т. Искандарова , В.В. Иногамова ,М.И.Хасанова , М.И.Икрамова «Руководство к практическим занятиям по Общей гигиене» Ташкент-2013
  7. ГИГИЕНА: учебник / под ред.акад. РАМН Г.И. Румянцева.-2-е изд., перераб. и доп.-М. :ГЕОТАР-Медиа, 2005.-608 с.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://e-library.sammu.uz/uz/book/1842
  • https://e-library.sammu.uz/uz/book/3414
  • https://library.ziyonet.uz/ru/book/4940
  • https://www.wildberries.ru/catalog/440565389/detail.aspx
  • https://archive.org/details/environmentalhea0000moel

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi
Taqrizchilar:

S.M.Babich - ADTI Ijtimoiy gigiyena va SSB kafedrasi mudiri, dotsent

Saliyeva M.Yu - KUAF , Anatomiya, klinik va patologik anatomiya kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba,juma soat 15.00 – 16.00, B 309-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Tibbiy biologiya va jamaoat salomatligi” kafedrasining 2025 yil 1- sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F. Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

A. Sh. Mamatyusupov

Kafedra mudiri

(imzo)

R.S.Xajimatov

Fan oʻqituvchisi