Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Web framework: laravel_ki sirtqi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610500 - Sunʼiy intellekt
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 6
Fan nomi Web framework: laravel_ki sirtqi Fan kodi WFLA6
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi tanlov
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 4 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti
22
(aud)
158
(must)
 

2. Fan maqsadi

Talabalarga - Laravel framework haqida tushuncha, uning zamonaviy veb-dasturlashda tutgan oʻrni, Laravel fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari (MVC arxitekturasi, Eloquent ORM, Blade shablonlash tizimi, routing, middleware), veb-ilovalarni ishlab chiqishda qoʻllaniladigan zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalar, taʼlim va amaliyotda Laravel dasturchisiga qoʻyiladigan professional talablar va ijodiy muammolarni yechish yoʻllari haqida chuqur bilimga ega boʻlishi va ulardan samarali foydalana olish koʻnikmalarini egallashi; - Laravel asosida veb-ilovalar yaratish usullari, RESTful API ishlab chiqish texnologiyalari, maʼlumotlar bazasi bilan ishlash (migration, seeding, relationships) koʻnikmalarini qoʻllay olish, autentifikatsiya va avtorizatsiya tizimlarini joriy etish yoʻllarini, Laravel ecosystem (Composer, Artisan, Laravel Mix) dan samarali foydalanish uslublarini amalga oshirish, dasturiy taʼminot ishlab chiqishni zamonaviy standartlar asosida tashkil etish yoʻllarini qoʻllay bilishi va ulardan professional darajada foydalana olish malakalariga ega boʻlishi; - amaliy loyihalarda Laravel frameworkining imkoniyatlaridan toʻliq foydalangan holda murakkab veb-ilovalar yaratish, xavfsizlik tamoyillarini (CSRF, XSS, SQL Injection himoyasi) qoʻllay olgan holda ishonchli tizimlar qurish, testing (Unit, Feature tests) va debugging malakalaridan foydalangan holda sifatli kod yozish, deployment va DevOps jarayonlarini tashkil etishda zamonaviy vositalar va texnologiyalardan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlishi taʼminlanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. 1. Diskret tuzilmalar (DSST16MBK)

2. 2. Dasturlash (PROG16MBK)

3. 3. Ma’lumotlar bazasi (DTBS16MBK)

4. 4. Kompyuterni tashkil etish (CORG16MBK)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  •  Laravel frameworkining nazariy asoslari, veb-ilovalarni ishlab chiqishning yetakchi yoʻnalishlari haqida bilimlarga ega boʻlish;
  •  Laravel asosida veb-ilovalarni loyihalash va qoʻllashda qoʻyiladigan talablar, shuningdek, maʼlumotlar bazasi bilan ishlash va tahlil qilish usullari haqida bilish;
  •  Laravel loyihalarini amalga oshirishda normativ-texnik hujjatlar va standartlardan foydalana olish.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • - Laravel asosidagi loyihalarni tashkil etish va amalga oshirish, maʼlumotlarni tayyorlash va tahlil qilish koʻnikmalariga ega boʻlish;
  • - Veb-ilovalarni loyihalash, RESTful APIlar ishlab chiqish, xavfsizlik tamoyillarini qoʻllash va didaktik vositalarni ishlab chiqish malakasini egallash;
  • - Laravel loyihalarida interaktiv usullar, maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish va tahlil vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, loyiha jarayonini boshqarish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish koʻnikmalariga ega boʻlish.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Matt Stauffer. Laravel: Up & Running. O‘Reilly Media. 2023, 562 p
  2. Rami Vemula. Real-Time Web Application Development. Apress. 2017. 607 p
  3. Thomas Gamborg Nørgaard. Build an API with Laravel. Wacky Studio. 2019. 760 p

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Котеров. Д. В, Симдянов. И. В. РНР 8. - СПб.: БХВ-Петербург, 2023. 992 с
  2. Дронов В.А. РНР и MySQL. 25 уроков для начинающих. - СПб.: БХВ-Петербурr, 2021. 432 с

7.3. Axborot manbaalari

  • https://laravel.com/docs
  • https://laracasts.com
  • https://mohirdev.uz/courses/laravel
  • https://onlinedars.uz
  • https://www.freecodecamp.org/news/tag/laravel

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar
Taqrizchilar:

A.Medatov - Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlar nomzodi.

N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N. A. Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

Kiritilmagan

Fan oʻqituvchisi