![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Noorganik kimyo
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910800 - Farmatsiya | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 5 | Semestr | 1,2 | ||
| Fan nomi | Noorganik kimyo | Fan kodi | NK11212 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 30 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 12 | Baholash shakli |
oraliq: yozma joriy: amaliy topshiriq yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 360 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | lab | |
|
180 (aud) |
180 (must) |
60 | 0 | ||
2. Fan maqsadi
Noorganik kimyo fanining maqsadi - Kimyoning umumiy qonuniyatlarini, moddaning tuzilishi, kimyoviy elеmеntlarning davriy jadvalda tutgan oʻrni, fizik va kimyoviy xossalari haqida batafsil, shuningdеk eritmalar, kimyoviy rеaksiya tеzligi haqida umumiy tushunchalar bеrib, kеlgusida oʻtiladigan barcha kimyoviy fanlarni oʻqitishga poydеvor yaratishdir. Mazkur modul analitik, organik, fizik va kolloid, toksikologik, farmatsevtik kimyo modullari uchun zamin boʻlib xizmat qiladi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Atomning tarkibi. Engil va ogʻir elementlarning sintezi. Vodorodsimon elementlarning atom tuzilishi. Kvant mehanikasining nazariy asoslari. Atom orbitallar. Dе–Broyl tеnglamasi. Elеktron bulut. Toʻlqin funksiyasi. s, d, p va f– elementlarning atom tuzilishi. Koʻp elektronli atomlar. Atomning asosiy tavsiflari. Kvant sonlar. Pauli prinsipi, Xund qoidasi. Klechkovskiyning 1 va 2 qoidasi. Elektroni qulagan elemtntlarning atom tuzilishini bilish kerak;
- – Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effеkti. Tеrmokimyoviy tеnglamalar. Termokimyo. Kalorimetriya. Ichki enеrgiya va entalpiya. Gеss qonuni va uning xulosalari. Moddalarning standart sharoitda hosil bulish va yonish entalpiyasini jadval natijalari asosida hisoblash. Zarrachalarning fazoda mavjud boʻlish ehtimolligi va tartibsizligi bilan entropiya orasidagi bogʻlanish haqida bilimga ega boʻlish;
- – Kimyoviy bogʻlarning enеrgiyasi, uzunligi yoʻnalishi va toʻyinuvchanligi. Valеnt bogʻlanish usuli. Valеntlikni valеnt bogʻlanish usuli bilan aniqlash. Molеkulyar orbitallar usuli. Molеkulyar orbitallar usulida bogʻlarning karraligi. Atom orbitallarining gibridlanishi. Valеnt burchaklar. Molеkuladagi atomlarning fazoviy joylanishi haqida tasavvurga ega boʻlish;
- – Elementar yacheykalar va kristallik strukturalarni tuzilishi. Zich sharlarning joylashuvi. Geksogonal va kubsimon zich joylashuv. Zich joylashuvdagi boʻshliqlar. Tetraedrik va oktaedrik boshliqlarning oʻlchamlari. Metallarning strukturalari. Zich joylasuvlar kuzatilmaydigan strukturalar. Oddiy kub, hajmi markazlashgan, qirralari markazlashgan va geksogonal kristall panjaralar va ularning mohiyati anglab olish. Rentgenostrukturaviy tahlil qila olish;
- – Eritmalar. Eritmalarning kolligativ xossalari. Eritmalarda osmos xodisasi, osmotik bosim. Osh tuzi va glyukozaning fiziologik, gipotonik, gipertonik eritmalarini tayorlash. Titrimetriya asoslari. Undagi reaksiyalar va reagentlar boʻyicha amaliy koʻnikmalar oladi;
- – Davriy jadvaldagi s–blok metallar. Noorganik moddalarning tuzlishini kimyoviy tahlil yordamida tekshirish usullari haqida bilimlarga ega boʻlish. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Miqdoriy tahlil uchun: tarozi, byuretka, pipetka, indikatorlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish;
- – Noorganik birikmalar va ularni tarkibi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻladilar;
- – Birikmalar va ularni kimyoviy xossalarini amalda qoʻllay oladilar. Shuning natijda talablarni olgan bilimlarini amalda qoʻllay olish va xulosa chiqara olish koʻnikmalarini shakllantirish orqali talabalarda amaliy koʻnikmalarga erishish. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Atom tuzilishi. Atom yadrosining tuzilishi. Kimyoviy bog‘lanish va molekula tuzilishi. Valent bog‘lanishlar usuli. Molekular orbitallar (MO)usuli.
|
2 |
| 2. |
Kimyoviy rеaksiyalarning enеrgеtikasi va yo‘nalishi
|
2 |
| 3. |
Kimyoviy bog`lanish turlari. Molekulyar orbitallar usuli.
|
2 |
| 4. |
Oddiy qattiq moddalarning tuzilishi. Metallar va qotishmalarning tuzilishi. Ion birikmalarning tuzilishi.
|
2 |
| 5. |
Eritmalar kimyosi.
|
2 |
| 6. |
Eritma shaklidagi dorivor preparatlar. Ineksiya, suspenziya va sprey koʻrinishidagi dori vositalari.
|
2 |
| 7. |
Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari (OQR), turlari, tenglash usullari.
|
2 |
| 8. |
Koordinatsion birikmalar kimyosi.
|
2 |
| 9. |
s–elementlar. Vodorod, gidridlar. Suv, suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari.
|
2 |
| 10. |
Ishqoriy metallarning inson organizmidagi ahamiyati. Natriy va kaliy saqlovchi dorivor preparatlar.
|
2 |
| 11. |
Davriy jadvalning 2–guruh elementlari. Berilliy guruhi.
|
2 |
| 12. |
Davriy jadvalning 3–guruh elementlari. Skandiy guruhi.
|
2 |
| 13. |
Davriy jadvalning 4–guruh elementlari. Titan guruhi.
|
2 |
| 14. |
Davriy jadvalning 5–guruh elementlari. Vanadiy guruhi.
|
2 |
| 15. |
Davriy jadvalning 6–guruh elementlari. Xrom guruhi.
|
2 |
| 16. |
Davriy jadvalning 7–guruh elementlari. Marganes guruhi.
|
2 |
| 17. |
Davriy jadvalning 8–guruh elementlari. Temir guruhi.
|
2 |
| 18. |
Temir saqlovchi dori vositalari. Tabletka, sirop, sashe va kukun koʻrinishidagi antianemik dori vositalari.
|
2 |
| 19. |
Davriy jadvalning 9–guruh elementlari. Kobalt guruhi.
|
2 |
| 20. |
Davriy jadvalning 10–guruh elementlari. Nikel guruhi.
|
2 |
| 21. |
11–guruh elementlari. Mis guruhi.
|
2 |
| 22. |
12 guruh elementlari. Rux guruhi.
|
2 |
| 23. |
13–guruh elementlari. Bor guruhi.
|
2 |
| 24. |
14-guruh elementlari. Uglerod guruhi.
|
2 |
| 25. |
15–guruh elementlari. Pniktogenlar. Davriy jadvaldagi p–blok metallari.
|
2 |
| 26. |
16–guruh elementlari. Xalkogenlar.
|
2 |
| 27. |
17–guruh elementlari. Galogenlar.
|
2 |
| 28. |
Ftor, brom, yod saqlovchi dorivor preparatlar. Endokrinologik kasalliklarda yodning ahamiyati.
|
2 |
| 29. |
18–guruh elementlari. Nodir gazlar.
|
2 |
| 30. |
Farmatsevtika sanoatida minerallarning egallagan o‘rni. Noorganik birikmalarning inson organizmidagi bioakumulyatsiyasi.
|
2 |
| Jami | 60 | |
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Kimyoviy laboratoriyada ishlash qoidalari. Talabalarning noorganik kimyo fani boʻyicha bilim saviyasini aniqlash. Oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar. Kimyoviy laboratoriyada ishlash qoidalari. Talabalarning noorganik kimyo fani boʻyicha bilim saviyasini aniqlash. Oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar.
|
2 |
| 2. |
Nordon, asosli, qoʻsh va kompleks tuzlar. Ularning olinishi, tuzilishi va eritmadagi holati. Nordon, asosli, qoʻsh va kompleks tuzlar. Ularning olinishi, tuzilishi va eritmadagi holati.
|
2 |
| 3. |
Kimyoviy bog‘lanish va molekula tuzilishi. Gazlarning molekulyar massasini aniqlash. Kimyoviy bog‘lanish va molekula tuzilishi. Gazlarning molekulyar massasini aniqlash.
|
2 |
| 4. |
Natriy tiosulfatni sulfat kislota bilan taʻsirlanish reaksiyasi tezligini aniqlash. Nanozarrachalar olinishining kimyoviy usullari. Natriy tiosulfatni sulfat kislota bilan taʻsirlanish reaksiyasi tezligini aniqlash. Nanozarrachalar olinishining kimyoviy usullari.
|
2 |
| 5. |
Kimyoviy reaksiyaning muvozanat konstantasini tajribada aniqlash. Kimyoviy reaksiyaning muvozanat konstantasini tajribada aniqlash.
|
2 |
| 6. |
Oddiy qattiq moddalar, metallar va qotishmalarning tuzilishi. Ion birikmalarning tuzilishi. Oddiy qattiq moddalar, metallar va qotishmalarning tuzilishi. Ion birikmalarning tuzilishi.
|
2 |
| 7. |
Eritmalar kimyosi. Aniq konsentratsiyali (%, normal va molyar) eritmalar tayyorlash. Eritmalar kimyosi. Aniq konsentratsiyali (%, normal va molyar) eritmalar tayyorlash.
|
2 |
| 8. |
Eritmalarning fiziko–kimyoviy xossalari. Titrlash yoʻli bilan kislota konsentratsiyasini aniqlash. Elektrolitlar eritmalari. Eritmalarning fiziko–kimyoviy xossalari. Titrlash yoʻli bilan kislota konsentratsiyasini aniqlash. Elektrolitlar eritmalari.
|
2 |
| 9. |
Tuzlar gidrolizi, gidroliz jarayonida akva kation va gidrokso anionlarning hosil boʻlishi. Tuzlar gidrolizi, gidroliz jarayonida akva kation va gidrokso anionlarning hosil boʻlishi.
|
2 |
| 10. |
Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari. Kimyoviy elementlarini ajratib olish. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari. Kimyoviy elementlarini ajratib olish.
|
2 |
| 11. |
Elektroliz. Latimer va Frost potensiallar diagrammasi. Potensiallarni aniqlash. Elektroliz. Latimer va Frost potensiallar diagrammasi. Potensiallarni aniqlash.
|
2 |
| 12. |
Koordinatsion birikmalar kimyosi. Kompleks birikmalar. Ularning olinish reaksiyalari. Koordinatsion birikmalar kimyosi. Kompleks birikmalar. Ularning olinish reaksiyalari.
|
2 |
| 13. |
Kation va anion komplekslarining sintezi va ularning beqarorlik doimiysi. Kation va anion komplekslarining sintezi va ularning beqarorlik doimiysi.
|
2 |
| 14. |
Noorganik kimyoda fizik–kimyoviy usullar. Vodorod, gidridlar, suv va vodorod peroksid xossalari. Noorganik kimyoda fizik–kimyoviy usullar. Vodorod, gidridlar, suv va vodorod peroksid xossalari.
|
2 |
| 15. |
1 guruh s–blok metallar. Ularning olinishi va xossalari. 1 guruh s–blok metallar. Ularning olinishi va xossalari.
|
2 |
| Jami | 30 | |
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: | |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Umumiy kimyo kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, 309 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Umumiy kimyo” kafedrasining 2025 yil 25-avgust 1 - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F. Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) S. G. Usmonova Kafedra mudiri |
(imzo) Kiritilmagan Fan oʻqituvchisi |
