![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60610300 - Kompyuter injiniringi | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 | Semestr | 4 | ||
| Fan nomi | Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari | Fan kodi | PCE202s | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 5 | Baholash shakli |
oraliq: yozma joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 150 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | |
|
60 (aud) |
90 (must) |
30 | 30 | ||
2. Fan maqsadi
Talabalarga axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish; MS Access maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish; Talabalarda axborot tizimlarining relatsiyon maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va SQL soʻrovlarini optimallashtirish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakani shakillantirishdir. SQL soʻrovlarini yaratish va bajarish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (INF101 )
2. Dasturlash asoslari (DAT101)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi koʻnikmalarga ega boʻladi:
- - Maʼlumotlar bazasi,maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari, jadval, satr, ustun, birlamchi kalit, ikkilamchi kalit,indeks,trigger, tranzaksiya, kursor, koʻrinish, protsedura, funksiya, rezerv nusxalash boʻyicha bilimga;
- - MBBTda maʼlumotlarni kiritish, saralash, oʻzgartirish,oʻchirish, qayta ishlash hamda jadvallar koʻrinishlar, protseduralar va funksiyalarni yaratish ulardan foydalanish boʻyicha koʻnikmaga;
- - Axborot tizimlari uchun maʼlumotlar bazasini loyhalash malakasiga ega boʻlishi lozim. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- - Maʼlumotlar bazasi, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari, jadval, satr, ustun, birlamchi kalit, ikkilamchi kalit,indeks,trigger, tranzaksiya, kursor, koʻrinish, protsedura, funksiya, rezerv nusxalash boʻyicha bilimga boʻlish;
- - MBBTda maʼlumotlarni kiritish, saralash, oʻzgartirish,oʻchirish, qayta ishlash hamda jadvallar koʻrinishlar, protseduralar va funksiyalarni yaratish ulardan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish;
- - Axborot tizimlari uchun maʼlumotlar bazasini loyhalash va foydalanish konpetensiyalariga ega boʻlish. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
“Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari” fanining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari.
|
2 |
| 2. |
Ma’lumotlar bazasining arxitektrasi. Uch bosqichli arxitektura
|
2 |
| 3. |
Ma’lumotlar bazasida relyatsion model va munosabatlar.
|
2 |
| 4. |
Ma`lumotlar bazasida jadvallar o`rtasidagi aloqalar. Relyatsion algebra va relyatsion hisoblash elementlari.
|
2 |
| 5. |
Relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirish. Normal formalar 1NF, 2NF, 3NF va Kodd NF
|
2 |
| 6. |
Ma`lumotlar bazasini Access dasturida loyihalash
|
2 |
| 7. |
MS Access’da jadvallarni bog‘lash
|
2 |
| 8. |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining funksiyalari
|
2 |
| 9. |
Ma'lumotlar bazasi jadvallarini modifikatsiyalash
|
2 |
| 10. |
Ma`lumotlar bazasi bilan ishlashning kеngaytirilgan imkoniyatlari. SQL tilida Ma`lumotlar ustida turli amallar bajarish.
|
2 |
| 11. |
Ma`lumotlar bazasini boshqarishda bog`lanishlar va ko`pjadvalli amallardan foydalanish.
|
2 |
| 12. |
SQL so‘rovlari. Oddiy so’rovlar yaratish.
|
2 |
| 13. |
SQLda jarayonlar va standart funksiyalar.
|
2 |
| 14. |
Tranzaksiyalarni boshqarish. So’rovlar yaratish va qayta ishlash.
|
2 |
| 15. |
Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizlikni ta’minlash.
|
2 |
| Jami | 30 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Ma’lumotlar bazasiga kirish
|
2 |
| 2. |
Relyatsion model rejalash
|
2 |
| 3. |
MS Access’da yangi baza yaratish
|
2 |
| 4. |
MS Access’da yangi baza yaratish
|
2 |
| 5. |
Ma’lumot turlari va cheklovlar
|
2 |
| 6. |
Birlamchi va tashqi kalitlar
|
2 |
| 7. |
Jadvallarni bog‘lash
|
2 |
| 8. |
Oddiy so‘rov yaratish
|
2 |
| 9. |
Murakkab so‘rovlar
|
2 |
| 10. |
Form yaratish
|
2 |
| 11. |
Report yaratish
|
2 |
| 12. |
SQL’da jadval yaratish
|
2 |
| 13. |
SQL’da ma’lumot kiritish va o‘zgartirish
|
2 |
| 14. |
SQL’da filtrlash, JOIN operatorlari va saralash
|
2 |
| 15. |
SQL’da JOIN operatorlari
|
2 |
| Jami | 30 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|---|
| 1. |
Talabalar ma’lumotlar bazasi – fakultet, guruh, baholar, fanlar bo‘yicha ma’lumotlarni boshqarish |
| 2. |
Kutubxona tizimi – kitoblar, mualliflar, o‘quvchilar va kitob berish jarayonlarini boshqaruvchi baza |
| 3. |
Buxgalteriya hisob tizimi – xodimlar maoshi, soliqlar va xarajatlar hisobini yurituvchi baza |
| 4. |
Mehmonxona bronlash tizimi – mijozlar, xonalar, bronlar va to‘lovlar jadvalini tuzish |
| 5. |
Kafedra faoliyati bazasi – o‘qituvchilar, fanlar, dars soatlari va yuklamalarni boshqarish |
| 6. |
Tibbiyot klinikasi bazasi – bemorlar, shifokorlar, tashxis va davolanish natijalarini saqlash |
| 7. |
Avtosalon ma’lumotlar bazasi – mashinalar, sotuvchilar va xaridorlar haqidagi ma’lumotlar |
| 8. |
Restoran buyurtma tizimi – menyu, buyurtma, mijoz va to‘lov modullari asosida |
| 9. |
Talabalar yotoqxonasi bazasi – xonalar, yashovchilar, to‘lovlar va joylashtirish jarayoni |
| 10. |
Bank mijozlari ma’lumotlar bazasi – mijoz, hisob raqamlar, operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar |
| 11. |
O‘qituvchi yuklamalari bo‘yicha so‘rovlar – fan, soat va o‘quv yili bo‘yicha tahlil |
| 12. |
Savdo korxonasi bazasi – mahsulotlar, mijozlar, sotuvchilar va daromad hisobotlari |
| 13. |
Aviachiptalar bronlash tizimi – yo‘lovchi, reys, sana va narx bo‘yicha so‘rovlar |
| 14. |
Farmatsiya tizimi – dorilar, yetkazib beruvchilar va sotuv statistikasi |
| 15. |
Universitet kurs ishlari bazasi – talabalar, fanlar, rahbarlar va baholar bilan bog‘liq so‘rovlar |
| 16. |
Elektron do‘kon bazasi – mahsulot kategoriyasi, zaxira va savdo statistikasi |
| 17. |
Ishchi resurslarni boshqarish – xodimlar, lavozimlar va malaka bo‘yicha hisobotlar |
| 18. |
Transport logistika tizimi – haydovchi, yo‘nalish, yuk va manzil bo‘yicha ma’lumotlar |
| 19. |
Ishlab chiqarish korxonasi bazasi – bo‘limlar, xodimlar, uskunalar, ishlab chiqarish hajmi |
| 20. |
Talim grant tizimi – talabalar, grant turlari, shartlar va natijalar so‘rovlari |
| 21. |
ER Diagram asosida ma’lumotlar modeli – 3–4 jadvaldan iborat ERD yaratish (masalan: Talaba–Fan–Baholar) |
| 22. |
SQL orqali hisobot yaratish tizimi – SELECT, GROUP BY, HAVING operatorlari yordamida |
| 23. |
Access–Excel integratsiyasi – ma’lumotlarni eksport va import qilish loyihasi |
| 24. |
Talaba ishtirokini tahlil qilish moduli – dars davomati, fanlar, baholar orqali tahlil |
| 25. |
Moliya hisobot tizimi – Access va Power BI integratsiyasi (hisobotlar vizual ko‘rinishda) |
| 26. |
Zaxira va sotuv tahlil bazasi – mahsulotlar hajmi, o‘sish tendensiyasi, foyda |
| 27. |
Foydalanuvchi interfeysi bilan forma dizayni – navigatsiya, tugmalar, qidiruv formasi |
| 28. |
Hisobot moduli dizayni – foydalanuvchi so‘rovlariga asoslangan avtomatik PDF/Excel chiqish |
| 29. |
Ma’lumotlarni himoyalash mexanizmi – foydalanuvchi kirish huquqlari va parol tizimi |
| 30. |
MBBTning optimallashtirilgan arxitekturasi – indekslash, so‘rov samaradorligi va zaxira nusxa olish |
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Форта, Бен. SQL за 10 минут, 4-е изд.: Пер. с англ.— М .: ООО “Вильямс И.Д.”,2014. — 288 с .
- Shamsitdinov, S. K. Ma’lumotlar bazasi. – T.: IDEAL PRESS. – 2023. - 208 b.
- Грофф, Джеймс Р., Вайнберг, Пол Н., Оппелъ, Эндрю Дж.Г89 SQL: полное руководство, 3-е изд. : Пер. с англ. - М.: ООО "И.Д. Вильяме",2015. - 960 с.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Моргунов, Е. П. Язык SQL. Базовый курс: учеб.-практ. пособие / Е. П. Моргунов; под ред. Рогова Е. В., Лузанова П. В.; — М., Postgres Professional, 2017. — 256 с.
- Qobulov R.V., Akbaraliyev B.B., Usmonov J.T., Ro‘zibayev O.B. Ma’lumotlar bazasi. (O‘quv qo‘llanma) – T.: «Aloqachi», 2021. – 140 b
7.3. Axborot manbaalari
- https://www.w3schools.com/sql/
- https://www.geeksforgeeks.org/sql/sql-tutorial/
- https://metanit.com/sql/
- https://sqlzoo.net/wiki/SQL_Tutorial
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
|
|---|---|
| Elektron pochta: |
|
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar |
| Taqrizchilar: |
N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S. Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) N. A. Kabulov Kafedra mudiri |
(imzo) Shamsitdinov Salohiddin Kamardinovich Fan oʻqituvchisi |
