Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oncologiya, bolalar oncologiyasi. hemotologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 6
Fan nomi Oncologiya, bolalar oncologiyasi. hemotologiya Fan kodi OBOG161106
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/ Talaba mustaqil ishi/ vazifa/ topshiriqlar/davomat
yakuniy: Test
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti
30
(aud)
30
(must)
 

2. Fan maqsadi

Fanning oʻqitishdan maqsad - Onkologiya. Bolalar onkologiyasi fanini oʻqitishdan maqsad - qonuniyatlarni oʻrganish, onkologik dunyoqarash asoslarini ilmiy-metodologik shakllantirish, “davolash ishi” va “ kasbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha talabalarga mustaqil ilmiy va amaliy yoʻnalish xisoblangan onkologiya xaqida toʻliq tasavvurga ega boʻlishda koʻmaklashish xisoblanadi. Bundan tashkari talabalarni teoretik onkologiya asoslari bilan tanishtirish, oʻsmani birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, xavf guruxlarini aniqlash, oʻsma oldi xolat va kasalliklarini davolash, xavfli oʻsmalarning asosiy nozologik shakllarini, ularning profilaktikasi va erta diagnostikasini oʻrganish xamda onkologik kasalliklarning zamonaviy davolash usullariga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni bilish. Boʻlajak mutaxassis organizm xolatini obʼektiv baxolashga asoslangan klinik fikrlashni shakllantirish. Onkologik kasallarni soʻrab-surishtirish koʻnikmasini shakllantirish. Deontologiyaning asosiy prinsiplarini egallashni taʼminlash. Fanni oʻqitishdan maqsad – onkologik kasalliklar profilaktikasi, tashxisi, differensial tashxisi, umumiy terapiyasi, reabilitatsiyasi usullarining nazariy va amaliy asoslarini oʻrgatishdan iborat. Talabalarga amaliyotda kuzatiladigan gematologik kasalliklarni, shoshilinch xolatlarni davolashda klinik fikrlash qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan uslublarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali gematologik kasalliklarni kelib chiqish sabablari, klinik koʻrinishlari, kechish turlari, tashxis va qiyosiy tashhislari hamda davolash usullari, tez yordam choralarini qoʻllay olish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • 1.Bilimlar jihatidan:
  • onkologiya fanining maqsadi va vazifalarini, ularning UASh ish faoliyatidagi ahamiyatini
  • oʻsmalarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, turli aholi guruhlarida profilaktik koʻriklarni tashkil qilish;
  • oʻsma oldi kasalliklarini aniqlash, davolash va dispanser nazoratiga olish
  • onkologiyada etika va deontologiya tamoyillari.
  • oʻsma kasalliklarining asosiy simptomlari va sindromlari.
  • oʻsmalarning tashxisi, differensial tashxisi
  • oʻsma kasalligi bilan davolangan bemorlar reabilitatsiyasi
  • qon tizimida keng tarqalgan kasalliklarning kelib chiqish sabablarini bilishi;
  • kamqonlik sindromlarini bilish, ularning xar biri maʼlum bir tasnif guruxiga mansubligini bilishi;
  • gemorragik diatezlarga oid kasalliklarni bilish, ularning xar biri maʼlum bir tasnif guruxiga mansubligi boʻyicha
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • 2. Koʻnikmalar jihatidan:
  • Aholi orasida chekish, ichish, va boshka zararli odatlar xaqida suhbat oʻtkazish
  • aholi orasida sogʻlom turmush tarzi, sport, turizm, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish xaqida suhbat oʻtkazish
  • ratsional ovkatlanish, profilaktik dieta xaqida suhbatlar oʻtkazish
  • oʻsma kasalliklari profilaktikasida «xavfli guruhni» aniklay bilish
  • kasalliklar simptomi va sindromlariga asosan differensial tashxis oʻtkaza bilish
  • Tashqi joylashgan limfa tugunlarini palpatsiya qilish;
  • Papanikalau boʻyicha sitologik surtma tayyorlash;
  • Meʼda - ichak tizimi oʻsma kasalliklarida qorinni palpatsiya kilish, toʻgʻri ichakni barmoq bilan tekshirish
  • Buyraklar sohasini palpatsiya qilish, gastrostoma, kolostoma va epitsistostomalarni parvarish qilish
  • gematologik kasalliklarda laborator instrumental tekshiruv natijalarini taxlil qilish.
  • qon guruxini aniqlash, rezus omilini ekspress usulda aniqlash
  • donor va retsepient qonlarining qon guruxi miqiyosida, rezus omil miqiyosida va bioproba miqiyosida oʻzaro mosligini mustaqil aniqlash.
  • qon kasalliklarini aniqlashda biosinamalar oʻtkazish
  • talaba koʻp uchraydigan kasalliklarni davolash tadbirlarini bilishi.
  • keng uchraydigan gematologik kasalliklarning profilaktikasini oʻtkazish
  • -TTAda gemogramma.
  • -Buyum oynachasida qon ivish vaqtini aniqlash.
  • -Dyuke boʻyicha qon ketish vaqtini aniqlash.
  • -Oʻtkir leykozda gemogramma.
  • -Gemoliz holatini aniqlash.
  • -V12-tanqislik anemiyasida gemogramma.
  • -Gipoaplastik anemiyada gemogramma.
  • -Standart zardoblar yordamida qon guruxini aniqlash.
  • -Ekspress usul yordamida rezus-faktorni aniqlash.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

7.3. Axborot manbaalari

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Elektron pochta:
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 03 –xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kilinik fanlar” kafedrasining 2025____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F. Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G. M. Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

Kiritilmagan

Fan oʻqituvchisi