![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Organik sintez
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910700 - Fundamental tibbiyot | |||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 5 | Semestr | 5,6 | |||
| Fan nomi | Organik sintez | Fan kodi | OS15606 | |||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | |||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 30 hafta | |||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 6 | Baholash shakli |
oraliq: ogʻzaki joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
|||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 180 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | lab | |
|
90 (aud) |
90 (must) |
18 | 52 | 0 | ||
2. Fan maqsadi
Fanni oʻqitishning asosiy maqsadi - talabalarga organik sintezda qoʻllaniladigan xom-ashyo manbalari, sintezda roʻy beradigan kimyoviy jarayonlar haqidagi tushunchalar, organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarini sintez qilish usullari, sharoitlari va texnologiyasini ishlab chiqishni hamda ularni amaliyotda tatbiq etishni oʻrgatish. Organik sintez fani talabalarda organik moddalar olish kimyosi va texnologiyasi haqida fikrlash, organik moddalar sintezi haqidagi taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, oʻzining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga oʻrgatish, hamda egallangan bilimlar boʻyicha, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdir hamda zamonaviy ilmiy yutuqlar asosida dorishunoslik kimyoviy muammolarni xal qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash fani boʻlib hisoblanadi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Noorganik kimyo (NK11208)
2. Organik kimyo (OK13408)
3. Analitik kimyo (AK13408)
4. Fizik va kolloid kimyo (FKK13408)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- organik sintezning asosiy qonuniyatlari haqida tasavvurga ega boʻladi;
- organik sintez texnologiyalarini mos qulay usulini topa olishi;
- sintez uchun xom ashyoni toʻgʻri tanlay olishi;
- sintez uchun mos optimal texnologik parametrlarni tanlashi;
- sintez mahsulotlarini qoʻshimcha mahsulotlardan ajratib olish;
- jarayon uchun moddiy balans va mahsulot chiqishini hisoblash.
- amaliyotda tahlil usullarini qoʻllash; izlanishga ilmiy yondashish; biologik ahamiyatga ega boʻlgan organik birikmalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini taxlil qilish uchun zarur boʻlgan kimyoviy laboratoriya ishlarini bajarish amaliy malakalariga ega boʻladilar. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- - organik sintez laboratoriyasidagi tehnika xavfsizligi qoidalarini oʻrganadi;
- - organik moddalarni taxlil qilish reaksiyalarini bajarishni;
- - organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarini sintez qilish usullari va optimal sharoitlari;
- - organik birikmalarning asosiy konstantalarini aniqlashni sintez texnologiyasi usullarini oʻrgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilish.
- - organik dori moddalarni analiz qilish usullarini biologik ahamiyatga ega boʻlgan organik birikmalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini taxlil qilish uchun zarur boʻlgan kimyoviy laboratoriya ishlarini bajarishni biladi. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Fanga kirish. Organik sintez fani va uning rivojlanish istiqbollari. Organik sintez sanoati tarmoqlari. Organik sintezda kimyo-farmatsevtika sanoati uchun qo‘llaniladigan xomashyolar va katalizatorlar
|
2 |
| 2. |
Aromatik uglevodorodlar. Galogenli birikmalar
|
2 |
| 3. |
Gidroliz, gidratatsiya va degidratatsiya reaksiyalari
|
2 |
| 4. |
Eterifikatsiya, kondensatsiya, oksidlanish jarayonlari. Uglerod (II) oksidi asosidagi sintezlar
|
2 |
| 5. |
Alkillash jarayonlari
|
2 |
| 6. |
Nitrolash jarayonlari
|
2 |
| 7. |
Sulfolash jarayonlari
|
2 |
| 8. |
Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar
|
2 |
| 9. |
YUMB sintezi va ular asosida kimyoviy va xirurgik tolalar olish
|
2 |
| Jami | 18 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Fanga kirish. Organik sintez sanoatining muhim xomashyolari
|
2 |
| 2. |
Organik sintezda katalizatorlar va ularning roli
|
2 |
| 3. |
Aromatik uglevodorodlar
|
2 |
| 4. |
Galogenli birikmalar
|
2 |
| 5. |
Gidroliz jarayonlari
|
2 |
| 6. |
Gidratatsiya jarayonlari
|
2 |
| 7. |
Degidratatsiya jarayonlari
|
2 |
| 8. |
Eterifikatsiya jarayonlari
|
2 |
| 9. |
Oksidlanish jarayonlari
|
2 |
| 10. |
Oksidlanish mahsulotlari
|
2 |
| 11. |
Uglerod (II) oksidi asosidagi sintezlar
|
2 |
| 12. |
Kondensatsiya jarayonlari
|
2 |
| 13. |
Kondensatsiya jarayonlari.
|
2 |
| 14. |
Alkillash jarayonlari
|
2 |
| 15. |
Alkillash jarayonlari
|
2 |
| 16. |
Nitrolash jarayonlari
|
2 |
| 17. |
Nitrolash jarayonlari.
|
2 |
| 18. |
Sulfolash jarayonlari
|
2 |
| 19. |
Sulfobirikmalar asosida biofaol moddalar va dori preparatlarining olinishi
|
2 |
| 20. |
Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar sintezi
|
2 |
| 21. |
Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar asosida olingan dori preparatlarining turlari va tuzilishi
|
2 |
| 22. |
YUMB sintezi
|
2 |
| 23. |
YUMB asosida kimyoviy va xirurgik tolalar olish.
|
2 |
| 24. |
Suyuq agregat holatdagi organik moddalarni tozalash usullari
|
2 |
| 25. |
Qattiq agregat holatdagi organik moddalarni tozalash usullari
|
2 |
| 26. |
Organik moddalarni yupqa qatlamli xromotagrafiya usulida ajratish
|
2 |
| Jami | 52 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Organik sintez texnika havfsizligi qoidalari Organik sintez texnika havfsizligi qoidalari
|
2 |
| 2. |
Etil bromid sintezi Etil bromid sintezi
|
2 |
| 3. |
Benzolyodid sintezi. Benzolyodid sintezi.
|
2 |
| 4. |
Etil spirti sintezi Etil spirti sintezi
|
2 |
| 5. |
Etilatsetat sintezi Etilatsetat sintezi
|
2 |
| 6. |
Aspirin sintezi Aspirin sintezi
|
2 |
| 7. |
Paratsetamol sintezi Paratsetamol sintezi
|
2 |
| 8. |
Anestezin sintezi Anestezin sintezi
|
2 |
| 9. |
Adipin kislota sintezi Adipin kislota sintezi
|
2 |
| 10. |
Barbitur kislota sintezi Barbitur kislota sintezi
|
2 |
| Jami | 20 | |
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|---|
| 1. |
Suyuq va qattiq orgаnik mоddаlаrning tоzаlаsh usullari – ekstrаksiya, xromatografiya |
| 2. |
Alifatik moddalar asosida olinadigan dori preparatlari |
| 3. |
Sulfаnil kislоtа vа sulfаnilаmid prеpаrаtlаri |
| 4. |
Salitsil kislоtа, аspirin, fеnilsalitsilаt, fеnоl – bir-biridаn fаrqlаsh reaksiyalаri |
| 5. |
Pirаzоlоn-5 vа uning hоsilаlаri: аntipirin, аnаlgin, аmidоpirin. Bеnzimidаzоl. |
| 6. |
Оlti а’zоli bittа gеtеrоаtоm tutgаn gеtеrоhаlqаli birikmаlаrning оlinish usullari piridin-N-oksid. |
| 7. |
Bаrbitur kislоtа vа uning аsоsidа оlingаn dоri vоsitаlаri |
| 8. |
Tibbiyotdа dоri vоsitаsi sifаtidа ishlаtilаdigаn bеsh vа оlti а’zоli gеtеrоhаlqаli birikmаlаrning hоsilаlаri |
| 9. |
Gеtеrоpоlisахаridlаr - giаlurоn kislоtа, gеpаrin, хоndrоitinsulfаtlаr |
| 10. |
Glikоzidlаrning оlinish usullаri, ulаrning gidrоlizgа munоsаbаti |
| 11. |
Aromatik uglevodorodlar asosida olinadigan dori preparatlari |
| 12. |
Nitrolash asosida olinadigan dori preparatlari |
| 13. |
Antibiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish |
| 14. |
Geterobirikmalar asosida olinadigan dori preparatlari |
| 15. |
Uglevodlar asosida olinadigan dori preparatlari |
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Maksumova O.S. Organik moddalar sintezi. Darslik. T. “Navro‘z”. –2019. –443 b.
- Великородов А.В. Органический синтез. Учебное пособие. Изд. Кно Рус. Москва. –2016. –349 стр.
- Вартаян Р.С. Синтез основных лекарственных средств. М. Mед. Информ. Aгенсво. –2004. –845 стр.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Razzakov N.A. Organik sintez fanidan laboratoriya mashg‘ulotlar o‘quv qo‘llanma. Andijon. –2023 y
- Производство продукции тонкого органического синтеза. И нформационно-технический справочник. Бюро НДТ. Москва. –2017. –174 стр. 3. Юнникова Л.П., Горохов В.Ю., Акентьева Т.А. Органический синтез. Учебное пособие. Изд. ИГ1Ц Прокрость. –2017. –127 стр.
- Юнникова Л.П., Горохов В.Ю., Акентьева Т.А. Органический синтез. Учебное пособие. Изд. ИГ1Ц Прокрость. –2017. –127 стр.
- Смит В.А., Дильман А.Д. Основы современного органического синтеза. Учебник. Изд. БИНОМ Лаборатория знаний. Москва. –2015. –735 стр.
- Maksumova О., Turobjonov S. Organik sintez mahsulotlari texnologiyasi. Darslik. Т. Fan va texnologiya, –2010. –232 b.
- Пулатова Ф.А., Мамадалиева А.А., Абзалова З.Ж. Методическое пособие для лабораторных работ по органическому синтезу. –2021 й.
- Пулатова Ф.А., Мамадалиева А.А., Абзалова З.Ж. Методическое пособие для лабораторных работ по органическому синтезу. 2021й.
7.3. Axborot manbaalari
- http://w ww .orgchem .professoriournal.ru
- http://www.orgchem .ru
- www.xim ia-nefti.ru
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Chalaboyeva Zilolaxon Mirzakarim qizi |
|---|---|
| Elektron pochta: |
z.m.chalaboyeva@kuaf.uz |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Umumiy kimyo kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Sershanba-Chorshanba, soat 15:00 – 16:00, D-bino 308 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Umumiy kimyo” kafedrasining 2025 yil 25.08. 1 - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F. Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) S. G. Usmonova Kafedra mudiri |
(imzo) Z.M.Chalaboyeva Fan oʻqituvchisi |
