![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Jamoat salomatligi. marketing, menejment.
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910200 - Davolash ishi | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 6 | Semestr | 6 | ||
| Fan nomi | Jamoat salomatligi. marketing, menejment. | Fan kodi | JSMM 1606 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 6 | Baholash shakli |
oraliq: yozma joriy: amaliy topshiriq yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 180 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | |
|
90 (aud) |
90 (must) |
18 | 72 | ||
2. Fan maqsadi
Talabalarga jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish fani haqida tushuncha, fanining vazifalari, profilaktik tibbiy koʻriklar oʻtkazish, stomatologik patologiyasi boʻlgan bemorlarni dispanserizatsiya nazoratiga olish, kasalliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tibbiy-statistik tahlil qilishning ijtimoiy-gigiyenik usullaridan foydalana olishi, davolash-profilaktika muassasalari faoliyatining asosiy koʻrsatgichlarini tahlil qilishni shakllantirishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya (GHGTE1406)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- - inson salomatligiga salbiy taʼsir etuvchi xavf omillari va ularni bartarf etishni;
- - statistik tadqiqot va uni oʻtkazish bosichlarini;
- - tibbiyot statistikasi asoslarini, koʻrsatgichlarni xisoblab, ularga baho berishni bilishlari lozim;
- - nisbiy miqdorlar, oʻrtacha miqdorlar, grafik tasvirlar, korrelyatsiya, dinamik qatorlar, standartlashtirish haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- - davolash profilaktika muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
- - kasalliklar koʻrsatgichlarini xisoblash va statistik tahlil qilishni bilishi kerak. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- - Aholi salomatligi,davolash-profilaktika muassasalari faoliyatining asosiy koʻrsatgichlarini tahlil qilish, ularni taqqosiy baholash;
- - Aholiga davolash –profilaktika yordamini tashkil qilish;
- - Mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish;
- - Sogʻliqni saqlash va tibbiy yordamning sifatini nazorat qilishni;
- - Aholini gigiyenik tarbiyalash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish ishlarini oʻtkazish;
- - Kasalliklarni erta diagnostikasi, kelib chiqishini va tarqalishini oldini olish;
- - Profilaktik tibbiy koʻrikalar oʻtkazish, sogʻlom va surunkali kasalliklari boʻlgan aholini dispanserizatsiyasi va dispanser kuzatishni amalga oshirishga tayyor boʻlish malakasiga ega boʻlishi kerak. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
“Jamoat salomatligi. Marketing, menejment” faniga kirish. Tibbiyot statistikasi asoslari
|
2 |
| 2. |
Aholi orasida demografik jarayonlarni o‘rganish usullari.
|
2 |
| 3. |
Aholi kasallanishi va uni o‘rganish usullari, ijtimoiy-tibbiy qirralari. Sog‘lom turmush tarzi va uni shakllantirish usullari. Vrach etikasi va tibbiyot deontologiyasi
|
2 |
| 4. |
Sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy sanitariya yordamni tashkil etish
|
2 |
| 5. |
Shahar va qishloq aholisiga tibbiy yordamni tashkil etish
|
2 |
| 6. |
Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish.
|
2 |
| 7. |
Mehnat qobiliyatini aniqlash bo‘yicha vrachlik ekspertizasi. Sanitariya epidemiologiya xizmatini tashkil etish
|
2 |
| 8. |
Sog`liqni saqlashdada marketing.
|
2 |
| 9. |
Sog`liqni saqlashda menejment. Sog`liqni saqlash muassasalarida xodimlarni boshqarish
|
2 |
| Jami | 18 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Jamoat salomatligi va sog‘likni saqlashni tashkil etish fanni,Tibbiyot statistikasi, uning sog‘liqni saqlashdagi ahamiyati, tibbiyot statistikasi turlari va ularning asosiy vazifalari
|
2 |
| 2. |
Statistik tadqiqotlarni tashkil etish bosqichlari
|
2 |
| 3. |
Nisbiy miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi
|
2 |
| 4. |
O‘rtacha miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, tibbiyotda qo‘llanilishi.
|
2 |
| 5. |
Statistik tadqiqotlar xaqoniyligini baholashning parametrik usullari
|
2 |
| 6. |
Standartlash usuli statistik taxlilda qo`llanilishi
|
2 |
| 7. |
Xodisalar va belgilar orasidagi bog`lanishni baholash-korrelyatsiya koeffitsienti, uning baholash usullari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi.
|
2 |
| 8. |
Dinamik qatorlar, turlari, ko‘rsatkichlari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi.
|
2 |
| 9. |
Grafik tasvirlar, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi
|
2 |
| 10. |
Demografik jarayonlarning tibbiy va ijtimoiy jihatlari.
|
2 |
| 11. |
Aholi kasallanishlari ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash. Halqaro kasalliklar tasnifi.
|
2 |
| 12. |
Sog`lom turmush tarzi va uni shakllantirish.
|
2 |
| 13. |
Vrach etikasi va tibbiyot deontologiyasi
|
2 |
| 14. |
Muhim noepidemik kasalliklar va ularning profilaktikasi
|
2 |
| 15. |
O`zbekiston Respublikasida Sog`liqni saqlash tizimi faoliyatining me`yoriy xuquqiy asoslari .
|
2 |
| 16. |
Aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamni tashkil etish.
|
2 |
| 17. |
Shaxar aholiga davolash-profilaktika yordamini tashkil etish. Poliklinika ishini tashkil etish.
|
2 |
| 18. |
Qishloq aholisiga davolash-profilaktika yordamini tashkil etish. Qishloq shifokorlik punkti (QShP) ishini tashkil etish
|
2 |
| 19. |
Aholini dispanserizatsiyadan o`tkazish, asosiy vazifasi. Dispanser guruhlari.
|
2 |
| 20. |
Aholiga statsionar-kasalxona xizmatini tashkil etish
|
2 |
| 21. |
Sanoat korxonasi ishchilariga tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish. TSQ ning asosiy vazifalari.
|
2 |
| 22. |
Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish.
|
2 |
| 23. |
Vaqtinchalik va turg`un mehnatga layoqatsizlik qobiliyatini aniqlash bo‘yicha vrachlik ekspertizasi.
|
2 |
| 24. |
Sanitariya-epidemiologiya xizmatini tashkil etish
|
2 |
| 25. |
Sog`liqni saqlashda marketing.
|
2 |
| 26. |
Marketing muhitlari. Tibbiy xizmat tushunchasi.
|
2 |
| 27. |
Menejment asoslari.
|
2 |
| 28. |
Boshqaruv maqsadi, turlari. Menejment funktsiyalari.
|
2 |
| 29. |
Boshqaruv usullari va uslublari.
|
2 |
| 30. |
Menejmentda motivlashtirish.
|
2 |
| 31. |
Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish usullari.
|
2 |
| 32. |
Sog`liqni saqlash muassasalarida menejment.
|
2 |
| 33. |
Boshqarish ob`yekti va sub`yekti.
|
2 |
| 34. |
Xodimlarni boshqarish.
|
2 |
| 35. |
Xodimlarni boshqaruv jarayonlarining asosiy bosqichlari.
|
2 |
| 36. |
Rahbarning xodimlar bilan o`zaro munosabati.
|
2 |
| Jami | 72 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|---|
| 1. |
Nisbiy miqdorlar, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi |
| 2. |
O‘rtacha miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, tibbiyotda qo‘llanilishi |
| 3. |
Grafik tasvirlar, ularning qo‘llanilishi |
| 4. |
Korelyatsiya koefitsenti, uning baholash usullari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi |
| 5. |
Dinamik qatorlar, turlari, ko‘rsatkichlari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi |
| 6. |
Aholi orasida demografik jarayon va demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari |
| 7. |
Ijtimoiy-gigienik ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish, ularni kamaytirish borasida oilaviy shifokorning roli |
| 8. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining ish faoliyatini tashkil qilish. Dispaserizatsiya |
| 9. |
OP, OShP va statsionar (kasalxona) ish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish usullari |
| 10. |
Shoshilinch tibbiy xizmat va ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati. Tez tibbiy yordam stansiyalarining ish faoliyatining mazmuni, asosiy vazifalari, ish faoliyatini tahlili. |
| 11. |
Sog‘liqni saqlash tizimida marketing asoslari. |
| 12. |
Zamonaviy menejment. Sog‘liqni saqlash tizimida sifat menejmenti |
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari.
- Iskandarova SH.T., Maxmudova N.M., Djalilova G.A. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilishning asosiy masalalari, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2011 y
- Global Health 101.Richard Skolnik, USA, 2015 y.
- Iskandarov T.I., Abdufattaev A.A. Jamoatchilik salomatligi va sog‘liqni saqlash, Darslik. Toshkent. 2008 y.
7.3. Axborot manbaalari
- https://yandex.ru/search/?text=mamtqulov+jamoat+salomatligi&clid=2411726
- - https://yandex.ru/search/?text=tibbiyot+statistikasi+mamatqulov&clid=2411726
- https://tipme.uz/oz/pages/the_documents/orders_ministry/
- iskandarova sh tibbiyot statistikasi —
- jamoat salomatligi iskandarova —
- richard skolnick global health —
- iskandarov jamoatchilik salomatligi kitob —
- www.minzdrav.uz- O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi buyruqlari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
|
|---|---|
| Elektron pochta: |
|
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
Babich S.M - ADTI Ijtimoiy gigiyena va SSB kafedrasi mudiri, dotsent. Saliyeva M.Yu - KUAF , Anatomiya, klinik va patologik anatomiya kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, B bino, 303-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi” kafedrasining 2025 yil 1 - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F. Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) A. Sh. Mamatyusupov Kafedra mudiri |
(imzo) Sh.Hasanova Fan oʻqituvchisi |
