Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Jahon adabiyoti

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Jahon adabiyoti Fan kodi JA2-310
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop, loyiha ishi vazifa/topshiriqlar, davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
60
(must)
30 16 0
 

2. Fan maqsadi

Jahon adabiyoti haqida umumiy tushunchalarga ega boʻlish, jahon adabiyoti namunalari bilan tanishish; Jahon adabiyoti asarlarini davr jihatdan tahlil qila olish, mustaqil fikr bildirish va badiiy asar haqida umumiy xulosa bera olish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • jahon adabiyoti asarlarini qiyosiy-tipologik tahlil qila olish;
  • jahon adabiyotini oʻrganishning millat hamda jamiyat ravnaqidagi oʻrnini talabalarga tushuntirish, ularda badiiy asarni mukammal tushunish, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish;
  • jamoatchilikni jahon adabiyotidagi mazmun va shakl, mavzu va gʻoyaning mohiyati bilan tanishtirishga koʻmaklashish;
  • ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotga qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllaydi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • jamiyatning maʼnaviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali aks ettirish, jahon adabiyoti durdonalarini mukammal oʻrganish orqali talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish;
  • “Jahon adabiyoti” fani barcha boʻlimlariga oid koʻnikmalarni amalda qoʻllay oladi;
  • adabiyot darslarida oʻquvchilar bilan xalqaro baholash dasturlari asosida ishlay oladi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Ma’rifatchilik adabiyoti

  1. Maʼrifatchilik adabiyotining ijtimoiy-falsafiy asoslari.
  2. Angliya adabiyoti: a) D.Defo ijodi; b) J.Svift ijodi.
  3. Fransuz maʼrifatchilik adabiyoti: a) Volter ijodi; b) Bomarshe ijodi;
  4. Nemis adabiyoti: a) Shiller ijodi; b) Gyote ijodi.
4
2.

Romantizm adabiyoti

  1. Nemis romantizmi.
  2. Fransuz romantizmi.
  3. XIX asr Daniya romantizmi.
  4. Angliya romantizm adabiyoti.
4
3.

Realizm va tanqidiy realizm adabiyoti

  1. Adabiyotda realizm tushunchasi: Tanqidiy realizm.
  2. Fransuz realizm adabiyoti: а) F.Stendal ijodi; b) O.Balzak ijodi; d)G.Floberning “Bovari xonim” romanida romantizm adabiyotiga munosabat.
  3. Ingliz tanqidiy realizmi: a) Ch.Dikkens ijodi; b) U.Tekkerey ijodi.
  4. Nemis realizm adabiyoti. H.Hayne ijodi.
4
4.

XIX asr oxiri XX asr Jahon adabiyoti

  1. XIX asrning oxirgi choragi Parij Kommunasining (1871) olamshumul shuhrati bilan boshlanganligi.
  2. Mustamlaka oʻlkalarida milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi.
  3. Urushga qarshi fikrlarning adabiyotda aks etishi.
  4. Jahon adabiyotida yangi mavzular, janrlar, adabiy oqimlarning maydonga kelishi.
  5. Tanqidiy realizm, naturalizm (tabiat), impressionizm (taassurot), simvolizm (ramziylik), ekspressionizm (maʼnodor qilib aniq ifodalash), syurrealizm (oʻta realizm), modernizm (zamonaviy) adabiy oqimlari va dekadentlik (tushkunlik) adabiyotining paydo boʻlish sabablari hamda oʻziga xos xususiyatlari.
  6. Emil Zolya, Gi de Mopassan, Romen Rollan, Genrix Mann, Anna Zegers, Jorj Bernard Shou, Gerbert Jorj Uelss va Gerbert Uelss ijodi.
4
5.

Modernizm

  1. Modernizm va dekadans.
  2. Modernizmning paydo boʻlishi va tarixi.
  3. Modernizmning oʻziga xos xususiyatlari, yoʻnalishlari.
  4. Modernizm haqida Gʻarb va oʻzbek olimlarining qarashlari. 5.Modernizmning uch buyuk namoyandasi: Joys, Kafka, Kamyu. 6.Ekzistensializm adabiyotining oʻziga xos xususiyatlari. Jan-Pol Sartr ijodi. 7.Frans Kafka ijodining dunyo adabiyotida tutgan oʻrni.
  5. Modernizm va oʻzbek adabiyoti.
4
6.

Postmodernizm

  1. Postmodernizm va uning paydo boʻlish omillari.
  2. Postmodern adabiyotning mazmun mohiyati, namoyandalari.
  3. Postmodernizmning modernizmdan farqi.
  4. Universal gumanizm (jami tirik mavjudodga teng qarash).
  5. Ikkiyoqlama kodlashtirish tamoyili (xos va avom adabiyoti oʻrtasidagi chegaraning olib tashlanishi).
  6. Janrlar mutatsiyasi, ijodda individ rolini inkor qilish, “muallif oʻlimi” konsepsiyasi, intertekstuallik.
  7. U. Ekoning “Atirgul ismi” romani – postmodernizmning manifesti.
  8. Postmodernizm va bugungi oʻzbek adabiyoti manzarasi.
2
7.

XX asr AQSH adabiyoti

  1. XX asr Lotin Amerikasi adabiyoti vakillari ijodi: P.Neruda, G.Markes.
  2. Lotin Amerikasi adabiyotida “Sehrli realizm” istilohi. Kortasar, Borxes, Onetti ijodi.
  3. XX asr Amerika adabiyotining taraqqiyot bosqichlari. E.Xeminguey ijodi. 4.T.Dreyzer va J.London ijodi.
  4. Kanada adabiyotining oʻziga xos xususiyatlari. XX asr Kanada adabiyoti haqida.
2
8.

Slavyan xalqlar adabiyoti

  1. Mazkur adabiyotning oʻziga xos jihatlari, jahon adabiyoti tarixida tutgan oʻrni.
  2. Shota Rustaveli ijodi. Nodar Dumbadze hayoti va ijodi.
  3. Rus adabiyoti: A.Pushkin, L.Tolstoy, M.Bulgakov ijodi.
4
9.

Jahon adabiyotining zamonaviy muammolari

  1. Jahon adabiyotshunosligida yangilanib borayotgan shakl va gʻoyalar, janrlardagi oʻzgarishlar.
2
Jami 30

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Ma’rifatchilik adabiyoti

  1. Maʼrifatchilik adabiyotining ijtimoiy-falsafiy asoslari.
  2. Angliya adabiyoti: D.Defo ijodi.
  3. Nemis adabiyoti. Gyotening“Faust” asari tahlili.
4
2.

Romantizm adabiyoti. V.Gyugo ijodi misolida

  1. Romantizm adabiyotining ijtimoiy va nazariy asoslari, asosiy хususiyatlari.
  2. Fransuz romantizmi: Bayron ijodi.
  3. V.Gyugo “Byug Jargal” asar tahlili.
4
3.

Realizm va tanqidiy realizm adabiyoti. Fransuz realizm adabiyoti misolida

  1. Adabiyotda realizm tushunchasi: Tanqidiy realizm.
  2. O.Balzak ijodi. “Gori ota” asari tahlili.
  3. G.Floberning “Bovari xonim” romanida romantizm adabiyotiga munosabat.
4
4.

XIX asr oxiri va XX asr jahon adabiyoti

  1. Geografiyasi, muammolari va oʻziga xosligi: a)Adabiyotda yangi ijtimoiy muammolalarning paydo boʻlishi.
  2. E.Zolya va aka-uka Gonkurlar naturalizmi: a)Dekadentlik adabiyoti. Impressionizm. Simvolizm va uning vakillari; b)B.Shou ijtimoiy dramalari.
2
5.

Modernizm va Kafka ijodi

  1. Modernizm. Modernizm tarixi va taraqqiyot bosqichlari, yoʻnalishlari.
  2. Modernizm va Kafka ijodi.
  3. “Evrilish” asari tahlili.
2
Jami 16

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

A.Kamyu va absurd falsafasi

  1. A.Kamyu va absurd falsafasi.
  2. A.Kamyu ijodi. “Begona” asari tahlili.
  3. Kamyu “Vabo” asari tahlili.
4
2.

XX asr AQSH va Lotin Amerikasi adabiyoti

  1. AQSH adabiyoti.
  2. Jek London ijodi. “Martin Iden” asari tahlili.
  3. E.Xeminguey ijodi. “Alvido qurol” asari tahlili.
4
3.

Slavyan xalqlar adabiyoti

  1. Rus adabiyoti:
  2. A.Pushkin ijodi. “Yevgeniy Onegin” asari.
  3. L.Tolstoy “Tirilish” romani tahlili.
4
4.

Jahon adabiyotining zamonaviy muammolari

  1. Adabiyotning kelajagi masalasi.
  2. Internet adabiyoti.
  3. Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi.
2
Jami 14

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Quronov D., Rahmonov B. “G‘arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari”.

2.

Lev Tolstoy “Shekspir va drama to‘g‘risida” maqolasi asosida esse yozish.

3.

Nazar Eshonqul “Kitob bandasi” kitobidagi maqolalar bilan ishlash.

4.

“Janrlar mutatsiyasi, ijodda individ rolini inkor qilish, “muallif o‘limi” konsepsiyasi, intertekstuallik” mavzusida esse yozish.

5.

Adiblarning Nobel nutqlari.

6.

Yunon teatrining xususiyatlari.

7.

Qadimgi Sharq adabiyoti.

8.

“Shekspir tragediyalarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusi bo‘yicha esse yozish.

9.

Sharq xaqlari adabiyotining jahon adabiyotidagi о‘rni.

10.

Jahon adabiyotining Sharq va G‘arb adabiyotiga ta’siri.

11.

“Dramaning paydo bо‘lishi. Yunon teatri” mavzusi asosida material yig‘ish.

12.

Uyg‘onish davri Sharq va G‘arb adabiy aloqalari.

13.

Shumer adabiyoti – jahon adabiyotining ibtidosi.

14.

Yunon adabiyotida bashoratlarning ahamiyati.

15.

Mif va jahon adabiyoti.

16.

“Jahon adabiyoti” jurnalini o‘qish (1997-yildan boshlab).

17.

Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari.

18.

Lev Tolstoy. Asl qahramonlarim haqiqat…

19.

“Tafakkur” jurnali.

20.

Alber Kamyu esselari.

21.

Ozod Sharafiddinov “Modernizm jo‘n hodisa emas”.

22.

Modernizm haqida G‘arb va o‘zbek olimlarining qarashlari.

23.

“Jahon adiblari adabiyot haqida” kitobi.

24.

O‘rta asrlar adabiyotining asosiy hususiyatlari.

25.

Lessing “Donishmand Natan”.

26.

T.Drayzer “Amerika fojeasi”.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Hamdamov U., Qosimov A. Jahon adabiyoti. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Akademnashr”, 2024. – 316 b.
  2. Hamdamov U. Jahon adabiyoti:modernizm va postmodernizm. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Akademnashr”. 2020. – 288 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Quronov D., Rahmonov B. G‘arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari. O‘quv qo‘llanma-xrestomatiya. – Toshkent, 2008. – 316 b.
  2. Берковский Н. Я. Б 48. Романтизм в Германии. Монография. – СПб.: Азбука-классика,. 2001.- 512 с.
  3. Йўлдошев С. ва б. Янги ва энг янги давр Ғарбий Европа фалсафаси. Ўқув қўлланма. – Т., “Шарқ”, 2002. – 336 б.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz/
  • https://inlibrary.uz/
  • https://arxiv.uz
  • https://mutolaa.com/uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Maxmudov Sardorbek Esonali o'g'li
Elektron pochta: sardorbekmahmudov998@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

N.N.Azizov - Taqrizchi

F.K.Xabibullayeva - PhD, Dotsent

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba - juma, soat 15:00 – 18:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 2025-yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F. K. Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

S.E.Maxmudov

Fan oʻqituvchisi