![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Tibbiyot kasbiga kirish
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60910300 - Pediatriya ishi |
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 6 | Semestr | 1 |
| Fan nomi | Tibbiyot kasbiga kirish | Fan kodi | TKK1104 |
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | majburiy |
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta |
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 4 | Baholash shakli |
oraliq: Ogʻzaki joriy: workshop/ talaba mustaqil ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat yakuniy: Test |
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 120 | Auditoriya soatlari taqsimoti | |
|
60 (aud) |
60 (must) |
||
2. Fan maqsadi
Talabalarga turli yoshdagi bemorlarni parvarish qilishni, kasb etikasi va deontologik tamoyillarni, bemor xamda kasalxona xodimlarining shaxsiy gigiena qoidalari haqida bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir. Bu fan orqali talabalar: tibbiyotning mazmuni, tarixi va rivojlanish bosqichlari bilan tanishadi, shifokorlik kasbining mohiyati, axloqiy va maʼnaviy tamoyillarini oʻrganadi, bemorga nisbatan toʻgʻri munosabat va kasbiy etikani egallaydi, tibbiy sir saqlash, tibbiy hujjat yuritish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish kabi amaliy koʻnikmalarga ega boʻladi. Talabalarni kelgusida malakali, halol, insonparvar va masʼuliyatli tibbiyot xodimi sifatida shakllantirish uchun kasbga yoʻnaltirish va motivatsiya berish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- 1.Bilimlar jihatidan:
- deontologiya va etika tamoyillarini talabalar ongiga singdirish;
- klinikaning qabul boʻlimi, bemorlar davolanadigan boʻlimi, reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari tuzilmalari, ularning ishini tashkil qilish asoslari bilan tanishtirish;
- bemorlarni qabul qilish qoidalarini oʻrgatish;
- bolalar va oʻsmirlarni statsionar davolash tizimida parvarish qilishni oʻrgatish;
- davolash muassasalaridagi tizimni oʻrgatish;
- kasalxona boʻlimlariga yotadigan va yotgan bemorlarga sanitar ishlov berish qoidalarini oʻrgatish;
- kasalxona ichi infeksiyasi toʻgʻrisida tushuncha berish va uni oldini olish qoidalari bilan tanishtirish;
- kasallik turi va ogʻirlik darajasi, bemorning yoshiga qarab ovqatlantirishni oʻrgatish;
- dori vositalarini qabul qilish usullari va kiritish yoʻllarini oʻrgatish;
- bemorlarni tezkor va rejali operatsiyalarga tayyorlashni oʻrgatish;
- jonlantirish boʻlimida davolanayotgan va jonlantirish boʻlimidan chiqqan bemorlarni parvarish qilishni oʻrgatish;
- hayot uchun havfli xolatlarda (yurakning toʻxtashi, nafas olishning buzililshi, qon ketishi, zaxarlanish, kuyish, sovuq qotish, aspiratsiya) bemorlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatishni oʻrgatish;
- laborator tekshiruv uchun biologik materiallarni toʻplashni oʻrgatish;
- bemorlarni parvarish qilishning zamonaviy usullari toʻgʻrisidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni oʻrgatish. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- 2. Koʻnikmalar jihatidan:
- birlamchi tibbiy muolajalarni bajarish (termometriya, antropometriya, nafas olish soni, yurak urish sonini aniqlash, arterial qon bosimini oʻlchash);
- joriy va yakuniy dezinfeksiya oʻtkazish;
- dori vositalarini yuborish yoʻllari va davo muolajalarini oʻtkazish;
- ogʻir yotgan bemorga tuvak (sudna) tutish texnikasi;
- hayot uchun xafvli holatlarda birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish;
- nafas va yurak toʻxtaganda shoshilinch birinchi yordam (sunʼiy nafas berish, yurakni bilvosita uqalash) berish.
- ogʻir yotgan turli yoshdagi bemorlarning choyshabini, kiyimini (koʻylagini) almashtirish texnikasi;
- ogʻir yotgan bemor quloqlariga, burniga, sochlariga va ogʻiz boʻshligʻiga gigienik ishlov berish va taxorat kilish (oraliq soxasini yuvish) texnikasi;
- ogʻir yotgan bemorlarda yotoq yaralar profilaktikasini oʻtkazish;
- turli yoshdagi bemorlarni ovqatlantirish;
- bemorlarni transportirovka qilish. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: | |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, 410-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Kilinik fanlar” kafedrasining 2025____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F. Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) G. M. Qutlikova Kafedra mudiri |
(imzo) Kiritilmagan Fan oʻqituvchisi |
