Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Yozish va taqdimot qilish koʻnikmalari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310300 - Psixologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Yozish va taqdimot qilish koʻnikmalari Fan kodi COMM102
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
30
(aud)
30
(must)
30
 

2. Fan maqsadi

Talabalarga akademik, ilmiy va rasmiy yozuv asoslari, ularning turlari, amalga oshirish shakllari, esse va referat yozish, ilmiy tezis va maqola yozish, oʻz ilmiy gʻoya va loyihalari bilan tanlovlarda qatnashish, oʻquv, uslubiy nashrlar bilan tanishish, ilmiy ishlar va ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlar haqida tushunchaga egan boʻlish, ish jarayonida foydalaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni tayyorlash, turli taqdimotlar, videotaqdimotlar va infografikalar tayyorlash, videokonferensiyalarda qatnashish va tashkillash koʻnikmalarini hosil qilishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  •  akademik yozuv, ilmiy yozuv, rasmiy yozuv haqida haqida tushunchaga ega boʻlishi va ularni farqli jihatlari haqida;
  •  esse va referat hamda ularni turlari, qoʻllanish sohalari haqida;
  •  ilmiy tezis, maqola va ilmiy ishlar haqida;
  •  ilmiy gʻoya, ilmiy loyiha va start-uplar, grant dasturlari va ularda ishtirok etish haqida;
  •  maʼlumot-axborot hujjatlarini tayyorlash va xizmat yozishmalarini amalga oshirish hamda ularni tayyorlovchi dasturlar haqida;
  •  taqdimot, videotaqdimot va infografika tayyorlovchi hamda videokonferensiya oʻtkazish uchun dasturiy taʼminotlar haqida
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  •  esse yozish va referat tayyorlashni bilishi;
  •  ilmiy tezis va maqolalar yozish va ularni tegishli nashrlarda chop etishni bilishi;
  •  ilmiy gʻoyalar tanlovlari uchun gʻoyalar ishlab chiqish va qatnashish;
  •  ish jarayonida foydalanadigan rasmiy hujjatlarni tayyorlash va tegishli tartibda rasmiylashtirishni bilishi;
  •  taqdimot, videotaqdimot, infografika materiallarini tayyorlash hamda videokonferensiyada qatnashish va uni tashkil etish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Akademik yozuv va axborot. Esse yozish, referat tayyorlash va ularni rasmiylashtirish.

  1. Ilmiy matn va akademik yozuv tushunchalari.
  2. Akademik yozuv mohiyati va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati
  3. Esse, Referat tarkibi va tuzilishi va tayyorlash talablari
2
2.

Ilmiy anjumanlarda ishtirok etish ko‘nikmalari.

  1. Tezis tushunchasi va mohiyati.
  2. Tezisning tarkibiy qismlari. Toʻgʻri tezis yozish qoidlari.
  3. Konferensiylarda doklad qilish talabalari.
2
3.

Xalqaro talablar asosida maqolalar tayyorlash ko‘nikmasi.

  1. Ilmiy ishlarni chop etishning jamiyat hayotidagi ahamiyati.
  2. Ilmiy maqolalarning tarkibiy qismlari. IMRAD talabi asosida maqola yozish.
  3. Ilmiy maqolalarni chop etish uchun platformalardan foydalanish tartibi. Ilmiy etika qoidalari
4
4.

Ilmiy g’oya, ilmiy loyiha va start-uplarni tayyorlash. Grant dasturlari uchun hujjatlar tayyorlash.

  1. Ilmiy gʻoya tushunchasi va uni rasmiylashtirish tartibi
  2. Start-uplarni tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi.
  3. Respublika va xalqaro grant dasturlari uchun hujjatlarni tayyorlash tartibi
2
5.

Ma’lumot-axborot hujjatlarini tayyorlash va xizmat yozishmalarini amalga oshirish.

  1. Maʼlumot-axborot hujjatlarini tayyorlash va yozish boʻyicha tushunchalar.
  2. Tashkilotlarda eng koʻp qoʻllaniladigan rasmiy hujjatlar va ularni tayyorlash tartibi.
  3. Xizmat yozishmalarini amalga oshirish. Elektron pochta….
4
6.

Hujjatlar tayyorlash uchun dasturiy vositalari va ulardan foydalanish tartibi.

  1. Rasmiy hujjatlar tayyorlovchi dasturiy taʼminotlar.
  2. Microsoft Publisher dasturi imkoniyatlari bilan tanishish.
  3. Dastur interfeysi bilan tanishish va hujjatlarni tayyorlash bosqichlari.
4
7.

Elektron taqdimotlarini tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi.

  1. Elektron taqdimotlarni tayyorlovchi dasturiy taʼminotlar
  2. Power Point dasturi va uning imkoniyatlari. Power Point dasturida uskunalar panelidan foydalanish, grafikli maʼlumotlar bilan ishlash, slaydlarda oʻtishlardan foydalanish.
  3. Animatsiyalar bilan ishlash va sozlash amaliyoti.
4
8.

Infografik ma`lumotlarni tayyorlash tartibi.

  1. Infografika haqida maʼlumot. va Infografik maʼlumotlar tayyorlovchi dasturlar.
  2. Infografik maʼlumotlar tayyorlovchi dasturlar imkoniyatlari bilan tanishuv.
  3. Infografik hujjatlarni tayyorlash bosqichlari.
  4. Tayyorlangan hujjatlarni chop etish.
2
9.

Infografik ma`lumotlarni tayyorlash tartibi.

  1. Infografika haqida maʼlumot. va Infografik maʼlumotlar tayyorlovchi dasturlar.
  2. Infografik maʼlumotlar tayyorlovchi dasturlar imkoniyatlari bilan tanishuv.
  3. Infografik hujjatlarni tayyorlash bosqichlari.
  4. Tayyorlangan hujjatlarni chop etish.
2
10.

Video taqdimotlarni tayyorlash va rasmiylashtirish.

  1. Video taqdimotlar haqida tushuncha va video taqdimotlar tayyorlovchi dasturlar.
  2. Video taqdimotlar rasmiylashtirish bosqichlari.
  3. Video taqdimot tayyorlovchi dastur ishchi muhiti va imkoniyatlari, dasturda oʻtishlardan foydalanish, ovozli fayllar bilan ishlash, titrlar bilan ishlash.
4
11.

Videokonferensiya o‘tkazish tartibi va uni rasmiylashtirish.

  1. Videokonferensiya haqida tushuncha. Videokonferensiya oʻtkazish uchun texnik qurilmalar tavsifi.
  2. Videokonferensiya oʻtkazish uchun platformalar va rasmiylashtirish.
  3. Videokonferensiyalarda chiqish qilish. Doklad. Ilmiy maqola tayyorlash.
2
Jami 32

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Amaliy mashg‘ulotlarda berilgan topshiriqlarni bajarish

2.

Berilgan manbalarni tarjima qilish

3.

Anjumanga tezis tayyorlash

4.

Fan yuzasidan loyiha ishini bajarish

5.

Inovatsion g’oyalarni yozma shaklda ifodalash va loyihani taqdim etish

6.

Nutqni audio yoki video yozib, o‘zini tahlil qilish.

7.

Taqdimot uchun storytelling (hikoya qilish) texnikasidan foydalanish.

8.

Plagiatni oldini olish va matnni qayta ishlash ko‘nikmasi.

9.

Rasmiy va norasmiy xatlar yozish (email etiketi).

10.

Ilmiy manbalar bilan ishlash va bibliografiya tuzish.

11.

Shaxsiy rezyume (CV) va motivatsion xat yozish.

12.

Ilmiy maqola uchun annotatsiya tuzish.

13.

PowerPoint yordamida taqdimot tayyorlash.

14.

Referat yozish qoidalari va amaliy mashq.

15.

Grafik va jadval asosida ma’lumot taqdim etish.

16.

O‘z nutqini strukturaviy rejalashtirish (kirish, asosiy qism, xulosa).

17.

Iqtibos va havolalarni to‘g‘ri keltirish.

18.

Taqdimot davomida tinglovchilar e’tiborini jalb qilish usullari.

19.

Mavzuga oid slaydlarni minimalizm asosida tayyorlash.

20.

Ma’lumotlarni vizual (diagramma, infografika) ko‘rinishda berish.

21.

Rasmiy hujjatlar (ariza, ma’lumotnoma, buyruq) yozish.

22.

Ilmiy konferensiya uchun qisqa nutq tayyorlash.

23.

Intervyu (savol-javob) uchun savollarni tuzish va taqdim etish.

24.

Jamoa oldida nutq so‘zlash ko‘nikmasini mashq qilish.

25.

Onlayn taqdimot (Zoom, Google Meet) qilish usullari.

26.

Muammoli savol asosida insho yozish.

27.

Poster taqdimot (ilmiy loyiha uchun) tayyorlash.

28.

Biror mavzuni 3 daqiqada qisqa va lo‘nda bayon qilish.

29.

Nutqda noto‘g‘ri gapirish odatlarini aniqlash va tuzatish.

30.

Taqqoslash asosida yozma matn tayyorlash (masalan, ikki texnologiya yoki ikki

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Ziyamuxamedova Sh. Davlat tilida ish yuritish / Akademik yozuv. Toshkent, 2023. ‒ 176 b
  2. Siew Hean Read. Academic Writing Skills for International Students. Second edition. Bloomsbury academic, 2024. ‒ 217 p.
  3. Кувшинская Ю.М., Зевахина Н.А., Ахапкина Я.Э., Гордиенко Е.И. Академическое письмо. От исследования к тексту : учебник и практикум для вузов. ‒ Москва : Издательство Юрайт, 2023. ‒ 284 с.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Aminov M. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. ‒ 8-nashr. ‒ Toshkent, 2020. ‒ 455 b.
  2. Madvaliyev A., Mahkamov N., Ko‘chimov Sh., Miraxmedova Z. va b.t. Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati. “Sahhof”. ‒ Toshkent, 2021. – 304 bet.
  3. David Starkey. Academic Writing Now - with Readings: A Brief Guide for Busy Students. Broadview Press, 2024. 322 p.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz/
  • https://digital.uz/
  • https://stat.uz/
  • https://en.wikipedia.org/wiki/Academic_writing

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Sodikjanov Jaxongirbek Shuxratbek o'g'li
Ubaydullaeva Gullola G
Elektron pochta: jsodikjanov@gmail.com
gubaydullayeva2019@gamil.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar
Taqrizchilar:

A.Medatov - Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlar nomzodi.

N.N.Alimqulov - QUAF KI va RT kafedrasi dotsenti

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N. A. Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

J.S.Sodikjanov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

G.G.Ubaydullaeva

Fan oʻqituvchisi