Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Analitik kimyo

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910800 - Farmatsiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 3,4
Fan nomi Analitik kimyo Fan kodi АК13411
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    11    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriq
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 330 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr lab
164
(aud)
166
(must)
60 0
 

2. Fan maqsadi

Analitik kimyo barcha kimyo fanlarining yakunlovchisi boʻlib, farmatsеvt mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fanning obʼеktlari noorganik, organik, biologik va yuqori molеkulali birikmalar boʻlishi mumkin. Analitik kimyoning nazariyasi laboratoriya tajribalariga tayanadi. Farmatsеvtika mutaxassisligi boʻyicha talabalarga analitik kimyoni oʻqitishdan maqsad, ularning umumiy, anorganik, organik, va fizika fanlaridan olgan bilimlarini mustahkamlash hamda biologik, farmatsеvtik, toksikologik kimyo, farmakognoziya, dori turlari tеxnologiyasi, farmakologiya kabi fanlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishlari uchun nazariy zamin tayyorlashdir. Undan tashqari, bu fan farmatsiyada kеng qoʻllaniladigan fizik-kimyoviy tahlil usullarining nazariy asosini bеradi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. 1. Noarganik kimyo ((NK11212))

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  •  talabalarda farmatsevtika fanidan bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, turli tahlil usullari, bajarish usullari, eritmalar tayyorlash, tayyorlangan eritmaning konsentratsiyasini aniqlash, dori vositalarining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashda qoʻllaniladigan usullar..
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • turli xil analitik usullarni bilish, analitik masalalarni yechish koʻnikmalari, tahlil natijalarini tabiiy fanlar va maxsus fanlar asoslari bilan matematik qayta ishlash, maxsus fanlarni tahlil qilishning fizik-kimyoviy va kimyoviy usullari, tegishli mutaxassislik boʻyicha chuqur bilimlar bazasini yaratish, tahliliy koʻnikma va titrlash koʻnikmalari, zamonaviy asbob-uskunalar yordamida tahlil qilish, laboratoriya tadqiqot materiallaridan olingan axborotni yigʻish, saqlash va qayta ishlashning kompyuter usullari

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Analitik kimyo faniga kirish.

  1. 1. Analitik kimyo faning rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari.
  2. 2. Analitik kimyoning asosiy boʻlimlari.
  3. 3. Sifat tahlili va miqdoriy tahlil..
  4. 4. Analitik reaksiyalar sezgirligi.
  5. 5. Farmatsevtik tahlil turlari
2
2.

Analitik kimyoning metrologik asoslari.

  1. 1. Analitik kimyoning metrologik asoslari.
  2. 2. Moddani analiz qilishda uning asosiy bosqichlari.
  3. 3. Analiz usuli va sxemasini tanlash.
  4. 4. Miqdoriy analizdagi xatoliklar.
  5. 5. Sistematik xatolar.
2
3.

Eritmalar va kimyoviy reaksiyalar analitik tahlil ob’ekti.

  1. 1. Kimyoviy reaksiyalar tahlil jarayonining asosi.
  2. 2. Eritmadagi ionlar holati.
  3. 3. Erituvchilar tasnifi.
  4. 4. Eritmа аnаlitik rеаktsiyalаr oʻtkaziladigan muhit.
  5. Suvning iоn koʻpаytmаsi vа pH.
  6. 5. ACC (asetilsistein inektsiya uchun 10% eritma, deksametazon (inektsiya uchun 0,4% eritma), gentamicin (inektsiya uchun gentamicin sulfatning 4% eritmasi)
2
4.

Kimyoviy muvozanat. Geterogen muvozanatning analitik kimyoga tadbiqi.

  1. 1. Geterogen muvozanat.
  2. 2. Eruvchanlik. Eruvchanlik koeffisenti.
  3. 3. Kationning toʻliq choʻkishiga taʼsir etuvchi omillar
  4. 4. Choʻkmaning erishiga taʼsir etuvchi omillar.
  5. 5. Qiyin eruvchan choʻkmalarni oson eruvchan choʻkmaga oʻtkazish
  6. 6. Soʻdali soʻrim.
  7. 7. Eritmalar shaklida ishlab chiqariladigan dori vositalar.
2
5.

Kislota-asos muvozanatning tahlilda qo`llanilishi.

  1. 1. Protolitik muvozanatlar, kislota va asoslarning protolitik nazariyasi haqida tushuncha.
  2. 2. Brensted-Louri, Lyuʼs va Usanovich nazariyalari.
  3. 3. Kislotalik va asoslik doimiylari va ularning koʻrsatkichlari.
2
6.

Gidroliz. Bufer eritmalar va kompleks birikmalarning tahlildagi ahamiyati.

  1. 1. Gidroliz. Gidroliz darajasi va doimiysi.
  2. 2. Gidrolizlanuvchi tuzlarining pH qiymatini keltirib chiqarish..
  3. 3. Bufer eritma, turlari. Bufer tizimidagi protolitik muvozanat
  4. 4. Organizmning kislota-ishqor muvozanatiga taʼsir qiluvchi farmatsevtika preparatlari:natriy gidrokarbonat NaHCO3,kaltsiy karbonat CaCO3, aluminiy gidroksid Al(OH)3,natriy sitrat Na3C6H5O7
2
7.

Kimyoviy tizimda oksidlanish-qaytarilish muvozanati va unga ta`sir etuvchi omillar.

  1. 1. Oksidlanish-qaytarilish tizimlari.
  2. 2. Oksidlanish-qaytarilish tizimlarida elektr yurituvchi kuch.
  3. 3. Oksidlanish-qaytarilish tizimlari.
  4. 4. Redoks juftlar potensialini aniqlash.myoviy siljishlar
  5. 5. Antioksidantlar: vitamin C (askobin kislata), E vitamini (tokoferon), provitamin A, glutation, alfa lipoik kislata.
2
8.

Organik reagentlarning tahlilda qo’llanilishi.

  1. 1. Organik reagentlar. Ularning ochilish tarixi.
  2. 2. Organik reagentlar avzalliklari.
  3. 3. Funksional faol guruhlar – FFG va analitik faol guruhlar – AFG.
  4. 4. Tahlilda qoʻllaniladigan organik reagentlarga qoʻyiladigan talablar.
  5. 5. Tabletkalar mavjud boʻlgan organic paratsetamolni aniqlash va oʻrganish.
2
9.

Namuna olish va namuna tayyorlash nazariyasi va amaliyoti.

  1. 1. Analiz uchun oʻrtacha namunani olish.
  2. 2. Oʻrtacha namunani olishning usullari.
  3. 3. Namunani analizga tayyorlash.
  4. 4. Namunadagi namlikni aniqlash.
  5. 5. Miqdoriy analiz.
2
10.

Moddalarni ajratish va konsentrlash ussullari. Ekstraksiya.

  1. 1. Moddalarni ajratish va konsentrlash ussullari.
  2. 2. Ajratish va konsentrlash usullarining tasnifi.
  3. 3. Ekstraksiya va uni analitik kimyoda qoʻllanishi.
  4. 4. Ekstraksiya va uning turlari.
  5. 5. Adsorbsiyalanib taʼsir etuvchi dori vositalari.
  6. 6. Ekstraksiyaning farmatsevtikada qoʻllanilishi. Kontseptsiya: dekoatsiyalar, infuziyalar, oʻsimliklar.
2
11.

Miqdoriy taxlil.

  1. 1. Miqdoriy taxlil, maqsadi va vazifalari.
  2. 2. Tasnifi. Miqdoriy tahlilning asosiy tamoyillari..
  3. 3. Miqdoriy tahlil xatoliklari natijalarini toʻgʻriligi va takrorliligi
  4. 4. Dori vositalaridagi kationlarni (Ca2+, Mg2+, Fe2+, Fe3+) miqdoriy aniqlash.
2
12.

Miqdoriy tahlilni xromatografik usullari. Yupqa qavat va ion almashinish xromatografiyalari. Elak xromatografiyasi.

  1. 1.Taxlilni xromatografik usullari. Ion almashinish xromatografiyasi .
  2. 2.Yupqa qavat xromatografiyasini sifat va miqdoriy tahlilda qoʻllanishi.
  3. 3.Gel xromatografiyasi.
2
13.

Analitik tarozilar

  1. 1. Tarozi turlari.
  2. 2. Analitik tarozida ishlash.
  3. 3. Tarozi toshlari.
2
14.

Titrimetrik tahlil.

  1. 1.Titrimetrik tahlil mohiyati . Tasnifi. Qʼllanadigan reaksiyalarga qoʻyilgan talablar.
  2. 2.Titrantlarni (ishchi eritmalarni) tayyorlash va ularni standartlash (standart moddalarga qoʻyilgan talablar).
  3. 3.Kislota – asos boʻyicha titrlash.
  4. 4.Askorbin kislotani titrimetrik aniqlash.
2
15.

Kislota-asosli indikatorlar. Indikatorlarning ion, xromofor va ion-xromofor nazariyalari .

  1. 1. 1. Kislota-asos indikatorlari.
  2. 2. 2. Indikatorlarni ion, xromofor va ion-xromofor nazariyalari.
  3. 3. 3. Indikatorlarni rang oʻzgartirish oraligʻi.
2
16.

Suvsiz muhitda kislota-asosli titrlash.

  1. 1. Кirish. Suvli eritmada titrlash imkoniyatlarini cheklanganligi.
  2. 2. Suvsiz muhitda kislota-asosli titrlash usulining mohiyati.Erituvchilarni tasnifi.
  3. 3. Erituvchi tabiatining undagi protolit kuchiga taʼsiri.
2
17.

Gravimetrik tahlil. Cho`ktirish usuli.

  1. 1. Gravimetrik tahlil, tasnifi.
  2. 2. Ximiogravimetriya, elektrogravimetriya, termogravimetriya.
  3. 3. Gravimetriyada ajratish, choʻktirish va haydash usullari.
  4. 4. Choʻktirish usuli. Choʻktiruvchi moddalar va ularga qoʻyiladigan talablar.
  5. raksiyonel distillash orqali sof asetonni aralashmalardan ajratish.
2
18.

Elektrokimyoviy analiz metodlari. Elektrogravimetrik analiz usullari

  1. 1. Metodning universalligi hamda afzalliklari.
  2. 2. Elektrochoʻktirish metodi, mrohiyati, turlari, doimiy qoʻllanilishdagi elektroliz.
  3. 3. Katod potensialining doimiy qiymatidagi elektroliz, pHni doimiy holda ushlab turish, sharoitlari .
  4. 4. Katod qutbsizlantiruvchilari.
  5. 5. Ichki elektroliz.
2
19.

Oksidometrik titrlash usullari.

  1. 1. Titrlashni oksidlanish-qaytarilish usullarini mohiya
  2. 2. Titrlashni oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan usullarning tasnifi.
  3. 3. Titrlashni oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga qoʻyiladigan talablar.
  4. 4. Titrlash turlari.
  5. 5. Ekvivalent nuqtadagi muvozanat potensialini hisoblash.
  6. 6. Kaliy permanganat yordamida farmatsevtik preparatdagi temir (II) sulfat kontsentratsiyasini aniqlash.
2
20.

Permanganatometrik titrlash.

  1. 1. Permanganatometriyani mohiyati.
  2. 2. Titrlashni oʻtkazish shart-sharoitlari.
  3. 3. Boshlangʻich modda va ishchi eritmalarni tayyorlash va standartlash.
  4. 4. Usul titranti. Titrlash turlari.
  5. 5. Askorbin kislota (vitamin С) ni permanganatometrik titrlash orqali tahlil qilish.
2
21.

Analitik kimyoda fizik usullar.

  1. 1. Analitik kimyoda fizik usullarning turlari. Farmatsevtika sanoatida spektroskopiya.
  2. 2. Dori vositalarining sifat tarkibini fizik-kimyoviy usullar bilan aniqlash.
  3. 3. Dori vositalarining miqdoriy tarkibini fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlash
2
22.

Galogenlar tutgan eritmalar yordamida titrlash.

  1. 1. Kirish.
  2. 2. Yodimetriyani mohiyati, oʻtkazish shart-sharoitlari.
  3. 3. Akvametriya.
  4. 4. Yodometriyani mohiyati, qoʻllanishi
  5. 5. Titrlash oxirgi nuqtasini aniqlash.
  6. 6. Usulda oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlash.
2
23.

Yodimetriya. yodometriya. usul titrantlari. titrlash oxirgi nuqtasini aniqlash. usulda oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlash.

  1. 1. Kirish.
  2. 2. Yodimetriyani mohiyati, oʻtkazish shart-sharoitlari. Akvametriya.
  3. 3. Yodometriyani mohiyati, qoʻllanishi
  4. 4. Titrlash oxirgi nuqtasini aniqlash.
  5. 5. Usulda oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlash.
  6. 6. faol birikmalarni tahlil qilishda nitritometriya usulini qoʻllash.
2
24.

Titrlashning cho‘ktirish usullari.

  1. 1. Titrlashni choʻktirish usullarini mohiyati, tasnifi, reaksiyalariga quyiladigan talablar.
  2. 2. Usul indikatorlari.
  3. 3. Choʻktirish usulida titrlash egriligini chizish va tahlil qilish.
  4. 4. Titrlash egriligini eritma konsentratsiyasi va choʻkmaning EK ga bogʻliqligi.
  5. 5. Titrlash sakramasiga taʼsir etuchi omillar.
2
25.

Argentometriya, tiotsianometriya va merkurometriya titrlash usullari.

  1. 1. Argentometriyani mohiyati. Usul titranti. Usulda TON ni aniqlash usullari (Gey-Lyussak, Mor, Fayans, Folgard).
  2. 2. Titrant eritmasini tayyorlash va standartlash.
  3. 3. Argentometriyani qoʻllanishi.
  4. 4. Merkurometryani mohiyati, Usul titranti.
  5. 5. Merkurometryani qoʻllanilishi.
  6. 6. Choʻkma titrlash yoʻli bilan tarkibida galogen boʻlgan farmatsevtik preparatlar miqdorini aniqlash usullari.
2
26.

Kompleksimetrik titrlash usuli. Merkuriymetriya.

  1. 1. Kompleksimetriyani mohiyati, Usulda reaksiyalariga qoʻyiladigan talablar.
  2. 2. Usul tasnifi. Kompleksonlar va ularning tahlilda qoʻllanishi.
  3. 3. Kompleksonometriya.
  4. 4. Usul titranti.
  5. 5. Usulni avzalligi va kamchiligi.
  6. 6. Titrant tiosiyanat bilan temir xlorid ishtirokida hosil boʻlgan kompleks birikmalardagi temir (III) ionlarini aniqlash.
2
27.

Dispers sistemalar. Kolloid eritmalar. Koagulyatsiya

  1. 1. Dispers sistemalar. Dispers biosuyuqliklarda boradigan jarayonlar.
  2. 2. Kolloid eritmalar biologik suyuqliklar sifatida.
  3. 3. Zollarning biologik ahamiyati. Koagulyant va antikoagulyant
2
28.

Uskunaviy tahlil usullari. Optik tahlil.

  1. 1. Uskunaviy taxlilni mohiyati.
  2. 2. Modda miqdorini uning fizik xossasi hamda titrlash jarayonida ekvivalent nuqtani eritmaning fizik xossasining oʻzgarishini oʻlchash orqali aniqlashuv - efir sistеmasidagi suv qatlamida qolgan sirka kislotaning
  3. kontsеntratsiyalari aniqlash.
  4. 3. Olingan natijalarni xisoblash hamda xulosalash.
2
29.

Elektrokimyoviy tahlil usullari. Potensiometriya, konduktometriya, voltamperometriya, polyarografiya, amperometriya, kulonometriya usullari.

  1. 1. Elektrokimyoviy tahlil usullari mohiyati.
  2. 2. Elektrokimyoviy tahlil usullarida qoʻllaniladigan elektrodlar.
  3. 3. Nernst qonuni..
  4. 4. Om qonuni. Elektr oʻtkazuvchanlikka taʼsir etuvchi omillar..
  5. 5. Dori vositalarining kimyoviy tarkibini oʻrganishda potensiometriya va konduktometriya usullaridan foydalanish.
2
30.

Dori vositalarining haqiqiyligi .Tahlil hatosi.Farmatsevtik tahlili.

  1. 1. Dori vositalarining haqiqiyligining ahamiyati.
  2. 2. Dori vositalarining sifatini taʼminlashda farmatsevtik tahlilni oʻrni.
  3. 3. Farmatsevtik tahlilni oʻtkazishda xatoliklarning manbalari va turlarini tahlil qilish.
  4. 4. Dori vositalarni sifati, xavfsizligi va samaradorligini taʼminlash.
2
Jami 60

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.2. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kimyoviy laboratoriyada ishlashda texnik xavfsizlik qoidalari. Na+, K+, NH4+ I guruh kationlarining analitik reaksiyalari. Kimyoviy laboratoriyada ishlashda texnik xavfsizlik qoidalari. Na+, K+, NH4+ I guruh kationlarining analitik reaksiyalari.

  1. 1.Kimyoviy laboratoriyada ishlashda xavfsizlik qoidalari bilan tanishish.
  2. 2.Kimyoviy asbob-uskunalar bilan tanishtirish.
  3. 3.Baxtsiz hodisa yuz berganda birinchi yordam ko'rsatish.
  4. 4. Farmatsevtik tahlilda kimyoviy usullardan foydalanish.
4
2.

II guruh Ag+, Pb2+, Hg2+ kationlarining analitik reaksiyalari. Reaksiya sezuvchanligiga oid savollarni yechish. II guruh Ag+, Pb2+, Hg2+ kationlarining analitik reaksiyalari. Reaksiya sezuvchanligiga oid savollarni yechish.

  1. 1.Analitik reaksiyalarning farmatsevtik tahlildagi ahamiyati.
  2. 2.II guruh kationlarining (Ag+, Pb2+, Hg2+) analitik reaksiyalarini ko‘rib chiqish, hamda ularning sezgirligini baholash.
  3. 3. Kalomelning hosil bo’lish reaksiyasi (farmakopeya usuli),
  4. 5.Dori vositalaridagi Ag+, Pb2+, Hg2+ miqdorini aniqlash (protolgol, Teymur pastasi).
2
3.

III guruh kationlarining Ba2+, Ca2+, Sr2+ analitik reaksiyalari. Ion kuchi va eruvchanligiga oid masalalar yechish. III guruh kationlarining Ba2+, Ca2+, Sr2+ analitik reaksiyalari. Ion kuchi va eruvchanligiga oid masalalar yechish.

  1. 1.III guruhga kiruvchi kationlar (Ba²⁺, Ca²⁺, Sr²⁺).
  2. 2.Bu kationlarning fizik-kimyoviy xossalari.
  3. 3.Kalsiy kationning ammoniy oksalat bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli).
  4. 4.Gipsli suv bilan reaksiyasi
  5. 5.Eritmalarning ion kuchi va uning cho’ktirishga ta’sirini hisoblashga oid masalalar.
  6. 6.Dorivor preparatlar (askarpam) tarkibidagi Ba2+, Ca2+, Sr2+ miqdorini aniqlash.
2
4.

I-III guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish. (dars-1). Eruvchanlik koeffitsientiga oid masalalar yechish. I-III guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish. (dars-1). Eruvchanlik koeffitsientiga oid masalalar yechish.

  1. 1. I-III guruh kationlarining umumiy tavsifi.
  2. 2. I-III guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish usullari.
  3. 3.Analitik preparatlar tarkibidagi I-III guruh kationlarini aniqlash.
  4. 4. Dori vositalari (natriy xlorid, kaliy xlorid, furadonin) tarkibidagi I-III guruh kationlarining miqdorini aniqlash.
4
5.

I-III guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish. (dars-2) Hisobot taqdimoti. I-III guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish. (dars-2) Hisobot taqdimoti.

  1. 1.I-III guruh kationlarining farmatsevtika preparatlaridagi o‘rni va ularning terapevtik ta’siriga ta’siri.
  2. 2.Dori vositalarini ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilishda kationlarni sifat tahlilining ahamiyati.
  3. 3.I-III guruh kationlarining farmatsevtikadagi o‘rni va ularning terapevtik ta’siriga ta’siri.
  4. 4.Dori vositalari (kaltsiy glyukonat, kalsiy D3, bariy sulfat) tarkibidagi I-III guruh kationlarining miqdorini aniqlash.
2
6.

IV guruh kationlarining Al3+, Cr3+, Zn2+ analitik reaksiyalari. IV guruh kationlarining Al3+, Cr3+, Zn2+ analitik reaksiyalari.

  1. 1.Al³⁺, Cr³⁺, Zn²⁺ kationlarining kimyoviy xossalari
  2. 2.Alyuminiyni ishqor va ammiak eritmasi bilan reaksiyasi.
  3. 3.Nadxrom kislotasining xosil bo’lishi.
  4. 4.Rinman ko’kini xosil bo’lishi.
  5. 5.Dori vositalar tarkibidagi Al³⁺, Cr³⁺, Zn²⁺ miqdorini aniqlash (De-Nol, multi-tab, duovit).
2
7.

V guruh kationlarining Mg2+, Fe2+, Fe3+, Bi3+ analitik reaksiyalari. V guruh kationlarining Mg2+, Fe2+, Fe3+, Bi3+ analitik reaksiyalari.

  1. 1.Guruhning umumiy tavsifi.
  2. 2.Mg²⁺ kationoning natriy gidrofosfat bilan mikrokristalloskopik reaksiyasi (farmakopeya usuli).
  3. 3.Vismut kationini qaytarilish reaksiyasi
  4. 4.Dorivor preparatlar tarkibidagi Mg²⁺, Fe²⁺, Fe³⁺, Bi³⁺ miqdorini aniqlash (magne B6, ferrum lek, vertex).
2
8.

VI guruh kationlarining Cu2+, Co2+, Ni2+, Hg2+ analitik reaksiyalari. VI guruh kationlarining Cu2+, Co2+, Ni2+, Hg2+ analitik reaksiyalari.

  1. 1.Cu²⁺, Co²⁺, Ni²⁺, Hg²⁺ kationlarining asosiy fizik-kimyoviy xossalari.
  2. 2.VI guruh ayrim kationlarining ishqoriy metallarni gidroksidlari va ammiak bilan ta’siri .
  3. 3. Alanga rangini bo’yash (Belshteyn namunasi).
  4. 4. VI guruh kationlarining tuzlar bilan reaksiyalari.
  5. 5. Dorivor preparatlar tarkibidagi (komplivit, monte-vit, vitrum) Cu2+, Co2+, Ni2+, Hg2+ kationlarining miqdorini aniqlash.
2
9.

IV-VI guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish (I dars). Eritmaning pH qiymatini va oksidlanish-qaytarilish IV-VI guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish (I dars). Eritmaning pH qiymatini va oksidlanish-qaytarilish

  1. 1. IV-VI guruh kationlarini tahlil qilish usullarini o'rganish.
  2. 2. Eritmaning pH qiymatini hisoblashga oid masalalar yechish.
  3. 3. IV-VI guruh kationlarini aniqlash va ajratish reaksiyalariga misollar.
  4. 4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida kontsentratsiyalarning o‘zgarishini hisoblash masalalariga misollar.
  5. 5. Muvozanat holatlari va ularga pH o'zgarishlarining ta'sirini hisoblash masalalarini yechish.
  6. 6. Dori vositalarining tarkibini aniqlash, IV-VI guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish (ruxli malham, zinerit, supradin).
4
10.

IV-VI guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish (II dars). Hisobot. IV-VI guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish (II dars). Hisobot.

  1. 1. Birinchi darsda muhokama qilingan tahlil va hisoblash usullarini qisqacha takrorlash.
  2. 2. PH va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga oid amaliy masalalar natijalarini muhokama qilish.
  3. 3. Kationlar aralashmasini tahlil qilishda yuzaga keladigan tipik masalalarni muhokama qilish va yechish.
  4. 4. Dori vositalarining tarkibini aniqlash, IV-VI guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish (tardiferon, ferrotab).
2
11.

Anionlarning tasnifi. I guruh anionlarining SO42-, SO32-, S2O32- , PO43-, CO32-, C2O42- analitik reaksiyalari. Anionlarning tasnifi. I guruh anionlarining SO42-, SO32-, S2O32- , PO43-, CO32-, C2O42- analitik reaksiyalari.

  1. 1. IV-VI guruh kationlari tahlilining kimyo va farmatsevtikadagi ahamiyati.
  2. 2. I analitik guruh anionlarining xos reaksiyalari.
  3. 3. Dori vositalari (magniy sulfat, elevit) tarkibidagi SO42-, SO32-, S2O32-, PO43-, CO32-, C2 O42- miqdorini aniqlash.
2
12.

II-III guruh anionlarining Cl-, Br-, J-, S2-, NO3,- NO2-, CH3COO- analitik reaksiyalari. II-III guruh anionlarining Cl-, Br-, J-, S2-, NO3,- NO2-, CH3COO- analitik reaksiyalari.

  1. 1. II-III guruh anionlarining bariy va stronsiy ionlari bilan reaksiyalari.
  2. 2. Cho`kmaga tushgan kumush tuzlarining ammiak eritmasiga nisbati.
  3. 3. II analitik guruh anionlarining xos reaksiyalari.
  4. 4. Dori vositalari (ringer, yodomarin, mukaltin) tarkibidagi Cl-, Br-, J-,S2-, NO3-, NO2-, CH3COO- larning miqdorini aniqlash.
4
13.

I-III guruh anionlari aralashmasini tahlil qilish. (1 dars). Murakkab ulanishlar bilan bog'liq muammolarni hal qilish. I-III guruh anionlari aralashmasini tahlil qilish. (1 dars). Murakkab ulanishlar bilan bog'liq muammolarni hal qilish.

  1. 1.I-III guruh anionlari aralashmasini tahlil qilish usullarini o'rganish.
  2. 2. Aralashmalardagi anionlarni aniqlash va ajratish.
  3. 3. Cho`ktiruvchi va kompleks hosil qiluvchi reagentlarni qo`llash.
  4. 4. Konsentratsiyalarni hisoblash va aralash eritmalardagi anionlarni aniqlash masalalari.
  5. 5. Dori vositalar tarkibidsagi(antistrumin, betadin, sulfanilamidlar) tarkibidagi I-III guruh anionlarining miqdorini aniqlash.
4
14.

Tarkibi noma'lum quruq tuzni tahlil qilish. Tarkibi noma'lum quruq tuzni tahlil qilish.

  1. 1.Suvda eruvchan moddalarni eritmaga o’tkazish va taxlil qilish.
  2. 2.Suvda erimaydigan moddalarni suyultirilgan kislotalarda eritib, eritmalarga o’tkazish.
  3. 3.Kislotalarda erimaydigan moddalarni eritmaga o’tkazib, taxlil qilish
  4. 4.Kukun shaklida ishlab chiqariladigan dori vositalarining (seftraksion, penitsillin, sefazolin) tarkibini tahlil qilish.
4
15.

Gravimetriya. CuSO4•5H2O dagi kristallanish suvining massa ulushini aniqlash. Muammoni hal qilish. Gravimetriya. CuSO4•5H2O dagi kristallanish suvining massa ulushini aniqlash. Muammoni hal qilish.

  1. 1.Gravimetriya tamoyillarini o'rganish va uning farmatsevtik tahlilda qo'llanilishi.
  2. 2.Kristallanish suvining CuSO₄•5H₂O dagi massa ulushini aniqlash.
  3. 3.Dori vositalarining tozaligi va tarkibini aniqlashda gravimetriyani qo‘llash.
  4. 4.Kristal gidratlardan farmatsevtika sanoatida foydalanish
4
16.

Titrimetriya. O'lchov idishlarining sig'imini tekshirish. H2C2O4 ∙ 2H2O standart eritmasini tayyorlash. Titrimetriya. O'lchov idishlarining sig'imini tekshirish. H2C2O4 ∙ 2H2O standart eritmasini tayyorlash.

  1. 1.Titrimetrik tahlil usullarining tasnifi.
  2. 2.Titrimetriya asoslarini o'rganish va o'lchash idishlari sig'imini tekshirish.
  3. 3.H₂C₂O₄ ∙ 2H₂O (oksalat kislota) ning standart eritmasini tayyorlash va uni farmatsevtik tahlilda qo‘llash.
  4. 4.Kislota-asos titrlash usuli (neytrallash usuli).
  5. 5.Olingan natijalarni hisoblash va xulosalar
4
17.

Alkalimetriya. NaOH ishchi eritmasini tayyorlash va standartlashtirish. Alkalimetriya. NaOH ishchi eritmasini tayyorlash va standartlashtirish.

  1. 1.Alkalimetriyaning ta'rifi va uning tamoyillari.
  2. 2.NaOH ning vazn hosil bo'lishi va distillangan suvda erishi.
  3. 3.Xlorid kislotaning ishchi eritmasi bilan titrlash orqali natriy gidroksid eritmasining titri va normalligini aniqlash.
  4. 4.Tekshiriluvchi eritmadagi KOH ning massasini aniqlash.
  5. 5.Analitik kimyo va farmatsevtikada ishqoriymetriyaning ahamiyati.
4
18.

Nazorat eritmasidagi H2SO4 va H3BO3 ning massalarini ishqoriymetriya usulida aniqlash. Muammoni hal qilish. Nazorat eritmasidagi H2SO4 va H3BO3 ning massalarini ishqoriymetriya usulida aniqlash. Muammoni hal qilish.

  1. 1.H₂SO₄ va H₃BO₃ konsentrasiyalarini aniqlashning alkalimetriya usullarini o’rganish.
  2. 2.Nazorat eritmasidagi H₂SO₄ va H₃BO₃ ning massalarini alkalimetriya usulida aniqlash.
  3. 3.Farmatsevtik tahlilda ishqoriymetriya usullarini qo‘llash.
4
19.

Quruq tuzdagi NH4Cl ning massa ulushini alkalimetriya usulida aniqlash. Natijaning ishonch chegarasini hisoblang. Quruq tuzdagi NH4Cl ning massa ulushini alkalimetriya usulida aniqlash. Natijaning ishonch chegarasini hisoblang.

  1. 1.Quruq tuzdagi NH₄Cl ning massa ulushini aniqlashning alkalimetriya usullarini o'rganish.
  2. 2.Ishqoriymetriyaning analitik kimyo va farmatsevtikadagi o‘rni.
  3. 3.Dori vositalarining sifati va xavfsizligini nazorat qilishda NH₄Cl ning massa ulushini aniqlashning ahamiyati.
4
20.

Asidometriya. H2SO4 ishchi eritmasini tayyorlash va standartlashtirish. Asidometriya. H2SO4 ishchi eritmasini tayyorlash va standartlashtirish.

  1. 1. Atsidometriyaning ta’rifi va uning analitik kimyodagi ahamiyati.
  2. 2. Dori vositalarining farmatsevtik tahlili va sifatini nazorat qilishda atsidometriyani qo‘llash.
  3. 3. Farmatsevtika mahsulotlarini tahlil qilish va standartlashtirishda H₂SO₄ ishchi eritmasidan foydalanishga misollar.
4
21.

Nazorat eritmasidagi Na2CO3 va NaHCO3 ning massasini atsidometriya usulida aniqlash Nazorat eritmasidagi Na2CO3 va NaHCO3 ning massasini atsidometriya usulida aniqlash

  1. 1. Atsidometriyaning ta’rifi va tamoyillari.
  2. 2. Na₂CO₃ va NaHCO₃ ning nazorat eritmasidagi massasini aniqlashning atsidometriya usulini o’rganish.
  3. 3. Dori vositalari sifatini nazorat qilish uchun farmatsevtik tahlilda atsidometriyani qo‘llash.
4
22.

Redoksimetriya. Permanganatometriya. KMnO4 eritmasini tayyorlash va standartlashtirish. Muammoni hal qilish. Redoksimetriya. Permanganatometriya. KMnO4 eritmasini tayyorlash va standartlashtirish. Muammoni hal qilish.

  1. 1. Redoksimetriyaning ta’rifi va tamoyillari.
  2. 2. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining analitik kimyodagi ahamiyati.
  3. 3. Farmatsevtika mahsulotlari tarkibidagi moddalarni (masalan, askorbin kislotasi, peroksidlar) miqdoriy aniqlash uchun KMnO₄ ni qo'llash.
4
23.

Nazorat eritmalaridagi H2O2 ning massa ulushini va Fe(II) ning massasini permanganatometriya usulida aniqlash. Nazorat eritmalaridagi H2O2 ning massa ulushini va Fe(II) ning massasini permanganatometriya usulida aniqlash.

  1. 1. H₂O₂ va Fe(II) ning massa ulushini aniqlashning permanganatometriya usullarini o’rganish.
  2. 2. Ma’lum hajmdagi Fe2+ ionlarini aniqlash
  3. tahlil qilingan FeSO4 eritmasi.
  4. 3. Vodorod peroksid miqdorini aniqlash
  5. permanganatometrik usul yordamida eritmada
  6. 4. Farmatsevtik tahlilda permanganatometriyani qo'llash.
4
24.

Bromatometriya. KBrO3 eritmasini tayyorlash. Natriy salitsilatining nazorat eritmasidagi massasini aniqlash. Bromatometriya. KBrO3 eritmasini tayyorlash. Natriy salitsilatining nazorat eritmasidagi massasini aniqlash.

  1. 1. Oksidlanish-qaytarilish titrlash usuli sifatida bromatometriya asoslari bilan tanishtirish.
  2. 2. Bromatometriyaning farmatsevtik tahlilda qo‘llanilishi.
  3. 3. Titrlash uchun KBrO₃ eritmasining kerakli konsentratsiyasini aniqlash.
  4. 4. Standart qaytaruvchi moddalar, masalan, natriy arsenit (NaAsO₂) yordamida KBrO₃ eritmasini standartlashtirish.
  5. 5. Aspirindagi natriy salitsilatining massasini aniqlash.
4
25.

Nitritometriya. NaNO2 eritmasini tayyorlash. Streptotsidning nazorat eritmasidagi massasini aniqlash. Nitritometriya. NaNO2 eritmasini tayyorlash. Streptotsidning nazorat eritmasidagi massasini aniqlash.

  1. 1. Nitritometriya asoslarini miqdoriy tahlil usuli sifatida o‘rganish.
  2. 2. Titrimetriya uchun NaNO₂ eritmasini tayyorlash.
  3. 3. Streptotsidning nazorat eritmasidagi massasini nitritometriya yordamida aniqlash.
  4. 4. Dori vositalaridagi ta’sir etuvchi moddalar miqdorini aniqlashda nitritometriyani qo‘llash.
  5. 5. Dori vositalaridagi ta’sir etuvchi moddalar miqdorini aniqlashda nitritometriyani qo‘llash.
4
26.

Cho'kmalarni titrlash usullari. Argentometriya. NaCl va AgNO3, NH4NCS titrantlarining standart eritmalarini tayyorlash, standartlashtirish. Volxard usuli yordamida nazorat eritmasidagi KBr ning massasini aniqlash. Cho'kmalarni titrlash usullari. Argentometriya. NaCl va AgNO3, NH4NCS titrantlarining standart eritmalarini tayyorlash, standartlashtirish. Volxard usuli yordamida nazorat eritmasidagi KBr ning massasini aniqlash.

  1. 1. Argentometriyaga urg‘u berilgan holda cho‘kmalarni titrlash usullari bilan tanishtirish.
  2. 2. NaCl, AgNO₃, NH₄NCS standart eritmalarini tayyorlash va standartlashtirish protseduralarini o'rganish.
  3. 3. Tarkibida galogenidlar bo‘lgan preparatlarni tahlil qilishda argentometriyadan foydalanishga misollar.
  4. 4. Volxard usulida nazorat eritmasidagi KBr massasini aniqlash.
  5. 5. Tarkibida galogenidlar (noshpa)
4
27.

Kompleksometriya. MgSO4∙7H2O va Trilon “B” titrantining standart eritmalarini tayyorlash va standartlashtirish. Kompleksometriya. MgSO4∙7H2O va Trilon “B” titrantining standart eritmalarini tayyorlash va standartlashtirish.

  1. 1. Kompleksometriyaning nazariy asoslari.
  2. 2. Kompleksometriya usullarining tasnifi.
  3. 3. Kompleksometriyada titrantlarni standartlashtirish.
  4. 4. Kompleksometriya ko'rsatkichlari, ularning ishlash printsipi
  5. harakatlar.
  6. 5. Kompleksometriyadagi hisoblar.
  7. 6. Trilon B dan dori vositalarida metall ionlarini aniqlashda foydalanish (vitrum, komplivit).
4
28.

Nazorat eritmasidagi Pb(II) ning suvning qattiqligi va massasini kompleksometriya yordamida aniqlash. Muammoni hal qilish. Nazorat eritmasidagi Pb(II) ning suvning qattiqligi va massasini kompleksometriya yordamida aniqlash. Muammoni hal qilish.

  1. 1. Suvning qattiqligi va eritmalardagi Pb(II) miqdorini aniqlashning kompleksometriya usuli bilan tanishtirish.
  2. 2. Qo'rg'oshinning organizmga ta'siri va uni farmatsevtika mahsulotlarida nazorat qilishning ahamiyati.
  3. 3. Suvning qattiqligi va Pb(II) tarkibini aniqlash masalalari.
  4. 4. Preparatlardagi og'ir metallar miqdorini aniqlash va nazorat qilish uchun kompleksometriyani qo'llash.
  5. 5. Dori vositalaridagi og‘ir metallar miqdorini aniqlash va nazorat qilish uchun kompleksometriyani qo‘llash (pikovit, duovit).
4
29.

Kationlarni ajratish va ochishni ekstraktsion va xromatografik usullari. Cho`ktirish xromatografiyasi. Kationlarni ajratish va ochishni ekstraktsion va xromatografik usullari. Cho`ktirish xromatografiyasi.

  1. 1. Asosiy tamoyillar va tushunchalar.
  2. 2. Spektroskopik usullarda konsentratsiyani aniqlashning asosiy usullari.
  3. 3. Usullarning tasnifi.
  4. 4. Dori (fukorsin) tarkibidagi rezorsinning massa ulushini aniqlash..
4
30.

Xromatografik tahlil usullari. Kaliy permanganatni ustunli xromatografiya yordamida nazorat eritmasida tozalash. Xromatografik tahlil usullari. Kaliy permanganatni ustunli xromatografiya yordamida nazorat eritmasida tozalash.

  1. 1. Farmatsevtik tahlilda xromatografik usullarning ahamiyati.
  2. 2. Ko'chma va statsionar fazalar bilan o'zaro ta'siri asosida komponentlarni ajratishning asosiy tamoyillari.
  3. 3. Kaliy permanganatni kolonkali xromatografiya yordamida nazorat eritmasida tozalash.
  4. 4. Kaliy permanganatning farmatsevtikadagi ahamiyati.
4
Jami 104

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Kationlarni analitik guruhlar bo‘yicha tasniflash va ularni solishtirish (vodorod sulfidi, kislota-ishqor va ammoniy fosfat tasnifi).

2.

Li+ kationning tibbiyotda qo‘llanilishi va analitik reaksiyalar va dori vositalari tarkibida sifat va miqdorni aniqlash (ekvakarta).

3.

IV guruh Sn2+, Sn4+, As3+, As5+ kationlarining tibbiyotda qo‘llanilishi va analitik reaksiyalari va dori vositalari tarkibidagi miqdorlari (trizenoks)

4.

V guruh kationlarining tibbiyotda qo‘llanilishi va analitik reaksiyalari (Diknostik).

5.

Fe2+ va Fe3+ kationlarining organizmdagi ahamiyatini aniqlash, tibbiyotda qo‘llanilishi va dori vositalari (ferrum-lek, tardiferon) tarkibidagi sifat va miqdorini aniqlash.

6.

Bi3+ kationining tibbiyotda va dori vositalari tarkibida (vertex, De-Nol) sifati va miqdorini aniqlash.

7.

Mg2+ kationining organizmdagi qiymatini aniqlash, uni tibbiyotda qo‘llash, dorivor mahsulotlar tarkibidagi sifati va miqdorini aniqlash (mange B6, komplivit).

8.

Co2+ kationining organizmdagi qiymatini aniqlash, tibbiyotda qo‘llanilishi, dori vositalari (befungin) tarkibidagi sifat va miqdorini aniqlash.

9.

Zn2+ kationining organizmdagi qiymatini aniqlash, tibbiyotda qo‘llanilishi, dori vositalari (multitabs) tarkibidagi sifati va miqdorini aniqlash.

10.

Cu2+ kationining organizmdagi qiymatini aniqlash, tibbiyotda qo‘llanilishi, dori vositalari (elevit, vitrum) tarkibidagi sifati va miqdorini aniqlash.

11.

Ni2+ kationining organizmdagi qiymatini aniqlash, tibbiyotda ishlatilishi, dori vositalarining sifati va miqdori (vitrum).

12.

Ca2+ kationining organizmdagi qiymatini aniqlash, tibbiyotda qo‘llanilishi, dori vositalari tarkibidagi sifati va miqdorini aniqlash (kaltsiy glyukanat, kalsiy D3).

13.

Mn2+ kationining organizmdagi qiymatini aniqlash, uni tibbiyotda qo‘llash, dori vositalarining (duovit, supervit) tarkibidagi sifat va miqdorini aniqlash.

14.

Farmatsevtik tahlilda xelat va ichki kompleks birikmakarning tarkibi

15.

Farmatsevtik tahlilda ekstraksiya jarayonining saqlanishi.

16.

Kislota-asos titrlash orqali geksamin va ammiak miqdorini aniqlash usullar

17.

Kislota-asos titrlash usulida NaOH va Na2CO3 ning birgalikdagi ishtirokida ularning miqdorini aniqlash

18.

Kislota-asos titrlash yo'li bilan azotli organik birikmalarni aniqlash.

19.

Yod titrlash orqali qaytaruvchi moddalar va farmatsevtik preparatlar miqdorini aniqlash usullari

20.

Xlorodimetrik titrlash yo'li bilan qaytaruvchi moddalar va farmatsevtik preparatlar miqdorini aniqlash usullari

21.

Yodometrik titrlash orqali qaytaruvchi moddalar va farmatsevtik preparatlar miqdorini aniqlash usullari

22.

Farmatsevtik preparatlar miqdorini bromometrik titrlash orqali aniqlash usullari.

23.

Nitritometrik titrlash orqali qaytaruvchi moddalar va farmatsevtik preparatlar miqdorini aniqlash usullari.

24.

Galogen saqlovchi noorganik va farmatsevtik preparatlar miqdorini cho`kma titrlash yo`li bilan aniqlash usullari.

25.

Kompleks ionometrik titrlash usuli yordamida metall ionlari bo'lgan noorganik va farmatsevtik preparatlar miqdorini aniqlash usullari.

26.

Chetdan tashqari tahlil. Neflometriya, turbidimetriya usullari. Farmatsevtik tahlilda qo'llanilishi.

27.

Optik tahlil usullari. Temir (III) ionlari miqdorini fotoelektrokolorimetriya yordamida aniqlash.

28.

Spektrofotometriya. Dori vositalarining sifat va miqdoriy tahlilida foydalanish.

29.

Dori vositalarining sifati va miqdorini aniqlashda yupqa qatlamli xromatografiyadan foydalanish.

30.

Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, tuzilishi, qo'llanilishi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. 1.Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo». Darslik. Fan. T. 2008 , 1 том; 2. M. Mirkomilova «Analitik kimyo». Darslik. Toshkеnt, «O’zbekiston», 2010. .

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. 1. Fayzullaеv O. Analitik kimyo. Toshkеnt, «Yangi asr avlodi», 2006. 2. Gulamova M.T., Norov Sh., Turabov N.T. Analitik kimyo. Toshkеnt, «Voris - nashriyot», 2009.

7.3. Axborot manbaalari

  • Http://old.ziyonet.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Jalilov Ma'rufjon Jumanazarovich
Abdullayev Sharofiddin Shaxobiddin o'g'li
Elektron pochta: abdullayevsharofiddin67@gmail.com
abdullayevsharofiddin67@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Umumiy kimyo kafedrasi
Taqrizchilar:

M.M.Mo'minjonov - O'qituvchi

Tojidinov Mashhurbek Baxodirovich - v.b. dotsent

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 18.00, D 308-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Umumiy kimyo” kafedrasining 2025 yil 29-avgustdagi 1- sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F. Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

S. G. Usmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

M.J.Jalilov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

S.S.Abdullayev

Fan oʻqituvchisi