![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Web dasturlashga kirish
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
| Akademik daraja | bakalavr | Taʼlim yoʻnalishi | 60610300 - Kompyuter injiniringi | ||
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 | Semestr | 3 | ||
| Fan nomi | Web dasturlashga kirish | Fan kodi | VDK2305 | ||
| Taʼlim shakli | kunduzgi | Fan turi | tanlov | ||
| Taʼlim tili | Oʻzbek | Modulning davomiyligi | 15 hafta | ||
| Fanga ajratilgan kredit | ECTS: 5 | Baholash shakli |
oraliq: yozma joriy: amaliy mashgʻulot yakuniy: test |
||
| Ajratilgan akademik soat hajmi | 150 | Auditoriya soatlari taqsimoti | maʼr | amal | |
|
60 (aud) |
90 (must) |
30 | 30 | ||
2. Fan maqsadi
“Web dasturlashga kirish” fanidan barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr tayyorlashga moʻljallangan hamda mazkur sohadagi mutaxassislar tayyorlash uchun oʻquv standarti boʻlib hisoblanadi. Kurs oʻz ichiga fanni egallash boʻyicha talabalarni, zamonaviy web dasturlashni nazariy asoslari, frontend va backend texnologiyalari, sayt arxitekturasi tuzish, foydalanuvchi interfeysini yaratish hamda ularni boshqarishni oʻrgatish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Dasturlash (PROG16MBK)
2. Ma’lumotlar bazasi (DTBS16MBK)
3. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (DTSA16MBK)
4. Kompyuterni tashkil etish (CORG16MBK)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- - Zamonaviy veb dasturlashning nazariy asoslari, xususan, foydalanuvchi interfeysi (UI) va foydalanuvchi tajribasi (UX) tamoyillari boʻyicha chuqur bilimlarga ega boʻladi;
- - Frontend (HTML5, CSS3, JavaScript, jQuery) va backend (PHP, MySQL) texnologiyalarining oʻzaro bogʻliqligi, ishlash tamoyillari va ular yordamida veb-ilovalar yaratish mexanizmlari haqida tasavvur hosil qiladi;
- - Web arxitektura, mijoz-server modeli, HTTP protokoli, veb-sayt xavfsizligi va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizimlar haqida tizimli bilimga ega boʻladi;
- - PHP dasturlash tili, server tomonli skriptlash, fayllar bilan ishlash, formalarni qayta ishlash, sessiyalar va cookieʼlar kabi backend funksiyalarini tushunadi. Yangi ro'yxat saqlandi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- - Web-sahifalar yaratishda HTML5, CSS3 va JavaScript yordamida foydalanuvchi interfeyslarini loyihalash, ularga estetik koʻrinish va interaktivlik qoʻshish koʻnikmalariga ega boʻladi;
- - PHP tilida backend logikani ishlab chiqish, foydalanuvchi soʻrovlarini qayta ishlash, maʼlumotlarni saqlash va chiqarish, xatoliklarni boshqarish kabi texnik koʻnikmalarni egallaydi;
- - MySQL maʼlumotlar bazasini yaratish, jadvallar bilan ishlash, SQL soʻrovlarini tuzish va ularni veb-ilovaga integratsiyalashni oʻrganadi;
- - Dinamik, foydalanuvchiga qulay va xavfsiz ishlovchi saytlar yaratish, ularni testlash va sinovdan oʻtkazish boʻyicha amaliy malakaga ega boʻladi;
- - Frontend va backend texnologiyalarini birlashtirish orqali toʻliq funksional veb-ilovalarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va sintez qilish koʻnikmalarini shakllantiradi;
- - Zamonaviy veb dasturlash muhitlaridan (masalan, VS Code, XAMPP, phpMyAdmin) foydalanish, loyiha kodlarini boshqarish (Git asosida) va hujjatlashtirish boʻyicha amaliy koʻnikmalar hosil qiladi;
- - Web-loyihalarda foydalaniladigan dizayn vositalari va responsiv interfeyslar yaratish boʻyicha zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yechimlar ishlab chiqadi. Yangi ro'yxat saqlandi
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Web dasturlashga kirish
|
2 |
| 2. |
HTML xujjatining umumiy strukturasi va uning asosiy teglari.
|
2 |
| 3. |
HTML xujjatining umumiy strukturasi va uning asosiy teglari.
|
2 |
| 4. |
CSS imkoniyatlari.
|
2 |
| 5. |
CSS3 asoslari.
|
2 |
| 6. |
JavaScript asoslari
|
2 |
| 7. |
JQuery ga kirish.
|
2 |
| 8. |
Mijoz – server texnologiyasi.
|
2 |
| 9. |
PHP asoslari.
|
2 |
| 10. |
PHP da shart va takrorlanuvchi operatorlar.
|
2 |
| 11. |
PHP da massivlar
|
2 |
| 12. |
PHP da HTML formalar bilan ishlash
|
2 |
| 13. |
PHP da obyektga yo‘naltirilgan dasturlash.
|
2 |
| 14. |
PHP da MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bilan ishlash.
|
2 |
| 15. |
PHP da CRUD amallari
|
2 |
| Jami | 30 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Web dasturlashda foydalaniladigan dasturlar
|
2 |
| 2. |
HTML5 umumiy strukturasi.
|
2 |
| 3. |
HTML5 teglari bilan ishlash
|
2 |
| 4. |
CSS xususiyatlari
|
2 |
| 5. |
CSS3 asoslari: Effektlar, tranformatsiya, animatsiya. CSS3: @media orqali moslashuvchanlik
|
2 |
| 6. |
JavaScript funksiyalari va obyektlari
|
2 |
| 7. |
JQuery selektorlar
|
2 |
| 8. |
Mijoz – server texnologiyasi
|
2 |
| 9. |
PHP asoslari
|
2 |
| 10. |
PHP shart va takrorlanuvchi operatorlar
|
2 |
| 11. |
PHP massivlar
|
2 |
| 12. |
PHP da HTML formalar bilan ishlash
|
2 |
| 13. |
PHP da obyektga yo‘naltirilgan dasturlash
|
2 |
| 14. |
PHP + MySQL: Bazaga ulanish
|
2 |
| 15. |
PHP da CRUD amallari
|
2 |
| Jami | 30 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Mavzu |
|---|
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Прохоренок П. А. HTML, JavaScript, РНР и MySQL. Джентльменский набор Web-мастера. — 5-е изд., перераб. и доп. / Н. А. Прохоренок, В. А. Дронов.— СПб.:БХВ-Петербург, 2019. — 912 с.: ил. — (Профессиональное программирование)
- Маклафлин Б. PHP и MySQL. Исчерпывающее руководство. 2-е изд. — СПб.: Питер, 2014. — 544 с.: ил. — (Серия «Бестселлеры O’Reilly»).
- Кузнецов, М. В. Самоучитель РНР 7 / М.В.Кузнецов, И.В.Симдянов. - СПб.:БХВ-Петербург, 2018. -448 с.: ил. - (Самоучитель)
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Манн Эрик А. Рецепты PHP. Для профессиональных разработчиков. — Астана: «Спринт Бук», 2025. — 432 с.: ил.
- Никсон Робин Создаем динамические веб-сайты с помощью PHP, MySQL, JavaScript, CSS и HTML5. 6-е изд. — СПб.: Питер, 2023. — 832 с.: ил. — (Серия «Бестселлеры O’Reilly»).
7.3. Axborot manbaalari
- www.php.net.
- www.phpframewrok.com
- https://www.w3schools.com/php/default.asp
- www.tutorialspoint.com/php
- www.yiiframework.com/
- https://metanit.com/php/
- https://code.mu/ru/php/book/oop/
- https://www.guru99.com/ru/php-mvc-frameworks.html
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13-hafta(lar) davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-hafta(lar) davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Hammmasi | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Olimov Muslimbek Ulugʻbek oʻgʻli Abdumalikov Abduqodir Abdugʻaffor oʻgʻli |
|---|---|
| Elektron pochta: |
ochilov92@list.ru abduqodircoder@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar |
| Taqrizchilar: |
N...O‘rinov - Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri dotsenti N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Dushanba - Chorshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ. Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S. Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) N. A. Kabulov Kafedra mudiri |
(imzo) M.Olimov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) A.Abdumalikov Fan oʻqituvchisi |
