Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Operatsion tizimlar

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300 - Kompyuter injiniringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 6
Fan nomi Operatsion tizimlar Fan kodi OSYS16MBK
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
22
(aud)
158
(must)
12 10
 

2. Fan maqsadi

Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga kompyuter tizimlarining asosiy qismi boʻlgan operatsion tizimlarning tuzilishi, funksiyalari va ishlash tamoyillari haqida chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish. Bu fan orqali talabalar quyidagilarni tushunadi: Operatsion tizim nima va uning vazifalari — resurslarni boshqarish (protsessor, xotira, qurilmalar). Foydalanuvchi bilan tizim oʻrtasida vositachi sifatida ishlashi. Protsesslar va ularning holatlari — bir vaqtda ishlash (multitasking), navbatlar (queue), scheduling. Xotirani boshqarish usullari — segmentatsiya, paging, virtual xotira. Fayl tizimlari — fayllarni saqlash va ularga kirish mexanizmlari. Xavfsizlik va himoya — foydalanuvchi huquqlari, autentifikatsiya. Mashhur operatsion tizimlar bilan tanishish (Windows, Linux, Android va h.k.).

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Kompyuterni operatsion tizimlari. (CORG16MBK)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • - operatsion tizimlarning asosiy tushunchalari, vazifalari va arxitekturasi, jarayonlar, oqimlar (threads), fayl tizimi, xotira boshqaruvi, qurilmalar bilan ishlash, har xil operatsion tizimlar (masalan, Windows, Linux, Unix) oʻrtasidagi farq va umumiyliklarni, amaliy koʻnikmalar, operatsion tizim buyruqlari bilan ishlash (masalan, Linux terminali buyruqlari) haqida bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • – maxsus fanlarni oʻzlashtirishda, ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak boʻladigan operatsion va mobil tizimlardan foydalanish;
  • – operatsion tizimlarni loyihalashni istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Operatsion tizimlar va ularning ahamiyati. Jarayonlar va oqimlar

  1. Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati.
  2. Operatsion tizimlarning rivojlanish davrlari.
  3. Operatsion tizimlarning tuzilishi va asosiy komponentlari.
  4. Kompyuter tizimlari, ularning tuzilishi va ahamiyati.
  5. Jarayonlar va oqimlar haqida tushuncha.
  6. Jarayonni boshqarish: yaratish, rejalashtirish, yakunlash.
  7. Jarayonlarning sinxronlashuvi va oʻzaro bogʻliqligi. asosiy yoʻnalishi
2
2.

Xotirani tashkil etish va boshqarish usullari. Kiritish/chiqarish va qurilmalar

  1. Kompyuter xotirasi turlari va ularning tashkil etilishi.
  2. Xotirani boshqarish va undan umumiy foydalanish mexanizmi.
  3. Xotirani taqsimlash, qayta taqsimlash va jamlash usullari.
  4. Xotirani tartiblash va kengaytirish, virtual xotira.
  5. Uzilishlar va kiritish-chiqarish bilan ishlash.
  6. Operatsion tizimlarda qurilmalarni boshqarish.
  7. Kiritish/chiqarishda buferlash va keshlash.
2
3.

Fayl tizimi va fayllarni boshqarish jarayoni

  1. Operatsion tizimlar fayl tizimi, tuzilishi va tashkil etilishi.
  2. Fayllarni fizik tashkil etish, ularni oʻqish va yozish usullari.
  3. Fayllar, ularning turlari va atributlari.
  4. Fayllarni boshqarish va ular ustida amallar bajarish.
  5. Fayllarni himoyalash va ularga murojaatlarni boshqarish.
2
4.

Ko‘p oqimlilik va parallel dasturlash. Virtualizatsiya va bulutli texnologiyalar

  1. Jarayonlar va oqimlar oʻrtasidagi farqlar.
  2. Dasturlash tillaridagi oqimlar.
  3. Multithreading boshqaruvi va sinxronizatsiya muammolari.
  4. Virtualizatsiyaga kirish.
  5. Virtualizatsiya turlari: toʻliq va paravirtualizatsiya.
  6. Bulutli texnologiyalar va bulutli hisoblashlar.
2
5.

Multiprotsessorli tizimlar. Tarmoq protokollari va aloqa

  1. Multiprotsessorli tizimlar: apparat taʼminoti, turlari.
  2. Multikompyuterlar apparat taʼminoti.
  3. Multikompyuterlar turlari, ishlash prinsiplari.
  4. Tarmoq turlari va asosiy tushunchalar.
  5. Tarmoq arxitekturasi va aloqa protokollari.
  6. Maʼlumotlar kommutatsiyasi va marshrutlash mexanizmi.
2
6.

Tarmoq kompyuterlarini tashkil etish. Foydalanuvchilar bilan ishlash.

  1. Tarmoq kompyuterlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari.
  2. Tarmoq operatsion tizimlari va ularning asosiy tarmoq xizmatlari.
  3. Tarmoq fayllarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari.
  4. Grafik foydalanuvchi interfeyslari.
  5. Buyruqlar orqali buyruq qatori va tizimni boshqarish.
  6. Xatolarga chidamlilik, zaxiralash va tiklash tizimlari.
  7. Nosozliklarni tuzatish va muammolarni bartaraf etish.
2
7.

Operatsion tizimlar: Asosiy tushunchalar va zamonaviy arxitektura. Jarayonlar va oqimlar boshqaruvi. Jarayonlar orasidagi sinxronizatsiya va o‘zaro bog‘liqlik.

  1. Operatsion tizimlarning vazifalari va ahamiyati
  2. Zamonaviy operatsion tizimlar arxitekturasi (monolitik, mikrokernel va boshqalar)
  3. Virtual mashinalar konsepsiyasi
  4. Jarayonlarning yaratilishi, holatlari va boshqaruvi
  5. Oqimlar (threads) tushunchasi, sinxronizatsiya va boshqarish
  6. POSIX threads va amaliy kod namunalariga kirish
  7. Sinxronlashuv muammolari: deadlock, livelock, starvation
  8. Mutex, semaphore, monitorlar va ularning dasturiy amaliyoti
2
8.

Xotira boshqaruvi: Fizik va virtual xotira. Kiritish-chiqarish tizimi va qurilmalarni boshqarish. Fayl tizimlari va ularning tashkil etilishi. Tizim chaqiruvlari va API interfeysi.

  1. Asosiy xotira turlari va boshqaruv mexanizmlari
  2. Virtual xotira, sahifalash va segmentatsiya prinsiplari
  3. Swap fayllari, sahifa almashtirish algoritmlari
  4. Kiritish-chiqarish tizimi arxitekturasi
  5. Qurilma drayverlari tuzilishi, interrupt va DMA boshqaruvi
  6. Linux uchun oddiy character device driver yozish amaliyoti
  7. Fayl tizimining ichki tuzilishi (inode, directory)
  8. Fayl atributlari, huquqlar va xavfsizlik
  9. Ext4 va boshqa Linux fayl tizimlari xususiyatlari4. Oʻqituvchining komunikativ qobiliyatini rivojlantirish yoʻllari.
  10. Tizim chaqiruvlari modeli va dasturlash interfeysi
  11. Linux va Windows tizim chaqiruvlari misollari
  12. Kernel modullarida tizim chaqiruvlarini qoʻllash
2
9.

Ko‘p oqimlilik va parallel dasturlash. Virtualizatsiya va bulutli hisoblashlar. Multiprotsessorli va ko‘p yadroli tizimlar. Tarmoq operatsion tizimlari va protokollari.

  1. Multithreadingning nazariy va amaliy jihatlari
  2. Oqimlarni boshqarish va sinxronizatsiya muammolari
  3. Deadlock holatlari va ularni oldini olish amaliyoti
  4. Virtualizatsiya texnologiyalarining asoslari
  5. Toʻliq va paravirtualizatsiya farqlari
  6. Bulutli hisoblash arxitekturasi va OS roli
  7. Multiprotsessor arxitekturalari va OS boshqaruvi
  8. Paralel ishlashda resurslarni boshqarish
  9. Multikompyuter tizimlarining asosiy printsiplari
  10. Tarmoq protokollari va OS integratsiyasi
  11. TCP/IP stack, socket dasturlash amaliyoti
  12. Tarmoq xavfsizligi va boshqaruv usullari
2
10.

Foydalanuvchi interfeyslari va tizim boshqaruvi. Operatsion tizim xavfsizligi va himoyasi. Unix/Linux tizimlari: Tarix, arxitektura va amaliyot.

  1. Buyruq qatori va GUI asoslari
  2. Tizim monitoringi va diagnostika vositalari
  3. Tizim xatolarini aniqlash va tiklash
  4. Xavfsizlik tahdidlari va himoya mexanizmlari
  5. Autentifikatsiya va ruxsatnomalar boshqaruvi
  6. Linux xavfsizlik modullari va xavfsizlikni mustahkamlash
  7. Unix/Linux asoslari va tizim arxitekturasi
  8. Kernel va foydalanuvchi makonlari
2
11.

Windows operatsion tizimlari asoslari. Android operatsion tizimi: Arxitektura va ilovalar. Linux qurilma drayverlarini chuqur o‘rganish va amaliy yaratish.

  1. Windows OS tarixi va asosiy komponentlari
  2. Kernel rejim va foydalanuvchi rejimlari
  3. Windows drayverlari va tizim xavfsizligi
  4. Android OS arxitekturasi va komponentlari
  5. Ilovalar ishlashi va xavfsizlik modeli
  6. Android qurilma drayverlari va tizim interfeysi
  7. Drayver yozish uchun zarur Linux kernel modullari
  8. IRQ, DMA va kiritish-chiqarish rejimlari amaliyoti
  9. Real hayotdagi qurilma drayverlarini yaratish boʻyicha loyihalar
2
Jami 22

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Operatsion tizimlar: Asosiy tushunchalar va zamonaviy arxitektura. Jarayonlar va oqimlar boshqaruvi. Jarayonlar orasidagi sinxronizatsiya va o‘zaro bog‘liqlik.

  1. Operatsion tizimlarning vazifalari va ahamiyati
  2. Zamonaviy operatsion tizimlar arxitekturasi (monolitik, mikrokernel va boshqalar)
  3. Virtual mashinalar konsepsiyasi
  4. Jarayonlarning yaratilishi, holatlari va boshqaruvi
  5. Oqimlar (threads) tushunchasi, sinxronizatsiya va boshqarish
  6. POSIX threads va amaliy kod namunalariga kirish
  7. Sinxronlashuv muammolari: deadlock, livelock, starvation
  8. Mutex, semaphore, monitorlar va ularning dasturiy amaliyoti
2
2.

Xotira boshqaruvi: Fizik va virtual xotira. Kiritish-chiqarish tizimi va qurilmalarni boshqarish. Fayl tizimlari va ularning tashkil etilishi. Tizim chaqiruvlari va API interfeysi.

  1. Asosiy xotira turlari va boshqaruv mexanizmlari
  2. Virtual xotira, sahifalash va segmentatsiya prinsiplari
  3. Swap fayllari, sahifa almashtirish algoritmlari
  4. Kiritish-chiqarish tizimi arxitekturasi
  5. Qurilma drayverlari tuzilishi, interrupt va DMA boshqaruvi
  6. Linux uchun oddiy character device driver yozish amaliyoti
  7. Fayl tizimining ichki tuzilishi (inode, directory)
  8. Fayl atributlari, huquqlar va xavfsizlik
  9. Ext4 va boshqa Linux fayl tizimlari xususiyatlari4. Oʻqituvchining komunikativ qobiliyatini rivojlantirish yoʻllari.
  10. Tizim chaqiruvlari modeli va dasturlash interfeysi
  11. Linux va Windows tizim chaqiruvlari misollari
  12. Kernel modullarida tizim chaqiruvlarini qoʻllash
2
3.

Ko‘p oqimlilik va parallel dasturlash. Virtualizatsiya va bulutli hisoblashlar. Multiprotsessorli va ko‘p yadroli tizimlar. Tarmoq operatsion tizimlari va protokollari.

  1. Multithreadingning nazariy va amaliy jihatlari
  2. Oqimlarni boshqarish va sinxronizatsiya muammolari
  3. Deadlock holatlari va ularni oldini olish amaliyoti
  4. Virtualizatsiya texnologiyalarining asoslari
  5. Toʻliq va paravirtualizatsiya farqlari
  6. Bulutli hisoblash arxitekturasi va OS roli
  7. Multiprotsessor arxitekturalari va OS boshqaruvi
  8. Paralel ishlashda resurslarni boshqarish
  9. Multikompyuter tizimlarining asosiy printsiplari
  10. Tarmoq protokollari va OS integratsiyasi
  11. TCP/IP stack, socket dasturlash amaliyoti
  12. Tarmoq xavfsizligi va boshqaruv usullari
2
4.

Foydalanuvchi interfeyslari va tizim boshqaruvi. Operatsion tizim xavfsizligi va himoyasi. Unix/Linux tizimlari: Tarix, arxitektura va amaliyot.

  1. Buyruq qatori va GUI asoslari
  2. Tizim monitoringi va diagnostika vositalari
  3. Tizim xatolarini aniqlash va tiklash
  4. Xavfsizlik tahdidlari va himoya mexanizmlari
  5. Autentifikatsiya va ruxsatnomalar boshqaruvi
  6. Linux xavfsizlik modullari va xavfsizlikni mustahkamlash
  7. Unix/Linux asoslari va tizim arxitekturasi
  8. Kernel va foydalanuvchi makonlari
2
5.

Windows operatsion tizimlari asoslari. Android operatsion tizimi: Arxitektura va ilovalar. Linux qurilma drayverlarini chuqur o‘rganish va amaliy yaratish.

  1. Windows OS tarixi va asosiy komponentlari
  2. Kernel rejim va foydalanuvchi rejimlari
  3. Windows drayverlari va tizim xavfsizligi
  4. Android OS arxitekturasi va komponentlari
  5. Ilovalar ishlashi va xavfsizlik modeli
  6. Android qurilma drayverlari va tizim interfeysi
  7. Drayver yozish uchun zarur Linux kernel modullari
  8. IRQ, DMA va kiritish-chiqarish rejimlari amaliyoti
  9. Real hayotdagi qurilma drayverlarini yaratish boʻyicha loyihalar
2
Jami 10

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Operatsion tizimlarning vazifalari va tuzilmasi

2.

Operatsion tizimlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari

3.

OT arxitekturasi: monolitik, mikroyadro, qatlamli yondashuv

4.

Jarayon tushunchasi va ularning holatlari

5.

Jarayonlarni rejalashtirish algoritmlari

6.

Jarayonlar sinxronizatsiyasi: muammo va yechimlar

7.

Oqimlar (threads) va ko‘p oqimli dasturlash

8.

Multithreading boshqaruvi va sinxronizatsiya

9.

Xotira tashkiloti: asosiy tushunchalar

10.

Xotirani ajratish usullari: statik, dinamik, sahifalash

11.

Segmentlash va virtual xotira

12.

Xotira boshqaruvi strategiyalari

13.

Kiruvchi/chiqaruvchi (I/O) tizimi asoslari

14.

Drayverlar va qurilma boshqaruvi

15.

Buferlash, keshlash va I/O samaradorligi

16.

Fayl tizimining tuzilishi va fayl turlari

17.

Fayllarni boshqarish: o‘qish, yozish, ochish, yopish

18.

Fayllarni tashkil etish va himoyalash usullari

19.

Virtualizatsiyaga kirish va asosiy tushunchalar

20.

Virtualizatsiya turlari: to‘liq, paravirtualizatsiya

21.

Bulutli texnologiyalar va ularning asoslari

22.

Multiprotsessorli OT va ularning sinxron ishlashi

23.

Tarmoq operatsion tizimlari va asosiy xizmatlar

24.

Tarmoq orqali fayllarni boshqarish va uzatish

25.

Foydalanuvchi interfeyslari va tizim xatolarini tiklash

26.

Linux xavfsizlik modullari va xavfsizlikni mustahkamlash

27.

Unix/Linux asoslari va tizim arxitekturasi

28.

Android OS arxitekturasi va komponentlari

29.

Ilovalar ishlashi va xavfsizlik modeli

30.

Android qurilma drayverlari va tizim interfeysi

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Andrew S. Tanenbaum. Modern Operating Systems, 5th edition. Pearson, 2023. 1185-p.
  2. John Madieu. Mastering Linux Device Driver Development: Write custom device drivers to support computer peripherals in Linux operating systems. Packt Publishing, 2021. 647-p.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Xamdamov U.R., Sultonov J.B., Operatsion tizimlar Toshkent –2021. 419-p.
  2. Jean Andrews, Joy Dark, Jill West. CompTIA A+ Core 2 Exam: Guide to Operating Systems and Security. Cengage Learning, 2020. 739-p

7.3. Axborot manbaalari

  • https://csc-knu.github.io/sys-prog/books
  • https://electronicworkbenchewb.com/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:
Vaxidov I I
Elektron pochta:
inomjonvaxidov0@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar
Taqrizchilar:

N.M.Alimqulov - dotsent

D.P.Muhiddinov - Toshkent davlat texnika universiteti, “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi, texnika fanlari doktori, professor.

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N. A. Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Kabulov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

I.I.Vaxidov

Fan oʻqituvchisi