Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300 - Kompyuter injiniringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 3
Fan nomi Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash Fan kodi DAT201
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Taʼlim tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
18
(aud)
132
(must)
6 12
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi dasturlashda qoʻllaniladigan obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash paradigmasini chuqur oʻrgatish, C++ dasturlash tilida sinf, obyekt, inkapsulyatsiya, merosxoʻrlik, polimorfizm, operatorlarni qayta yuklash, abstrakt sinflar kabi konseptlarni tahlil qilish va amalda qoʻllash boʻyicha zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. OOP prinsiplariga asoslangan tizimlarni loyihalash va kod yozish qobiliyatini rivojlantiradi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Dasturlash asoslari (DAT101)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • - Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalari haqida tasavvurga ega boʻladi va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi.
  • - Sinflar, obyektlar boʻyicha bilimlarga ega boʻladi.
  • - inkapsulyatsiya, merosxoʻrlik, polimorfizm, operatorlarni qayta yuklash, abstrakt sinflar kabi tushunchalarni tadbiq qilish usullarini qoʻllashni oʻrganadi.
  • - C++ dasturlash tili OOP prinsiplariga asoslangan tizimlarni loyihalash va kod yozish
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • - Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalarini tushunadi (desktop, tizim dasturlari, oʻyinlar, apparat bilan bogʻliq tizimlar).Mantiqiy fikrlash, algoritmik tafakkur va ketma-ketlikda kod yozish malakasi rivojlanadi. Amaliy muammoni bosqichma-bosqich hal qilish uchun strukturaviy yondashuvni shakllantiradi.
  • - Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash konsepsiyalarini chuqur tushunish va tadbiq qilish
  • - Amaliy dastur loyihalash va sinovdan oʻtkazish koʻnikmalari
  • - Loyiha asosida ishlash va jamoaviy hamkorlik (teamwork) koʻnikmalari
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

C++ dasturlash tilida massiv, funksiya va protseduralarni yaratish va ulardan foydalanish.

  1. Arifmetik va mantiqiy amallari.
  2. C++ tilida tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlar.
  3. Massiv tushunchasi. Bir oʻlchovli va koʻp oʻlchovli massivlar
2
2.

OYD asoslari: sinf, obyekt, konstruktor, destruktor, inkapsulyatsiya, vorislik, polimorfizm tushunchalari. Interfeys, abstrakt sinflar.

  1. OYD asoslari. Sinf haqida tushuncha.
  2. Obyektlarni yaratish va ulardan foydalanish.
  3. Inkapsulyatsiya, Vorislik va polimorfizm
2
3.

Operatorlar, xotirani bosqarish va istisnolar bilan ishlash

  1. Operatorlar va ular bilan ishlash
  2. Statik va dinamik xotira hamda uni boshqarish
  3. Exception tushunchasi. try, catch, throw kalit soʻzlari..
2
Jami 6

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

C++ dasturlash tilida birinchi dastur. Massivlar. Funksiyalar va protseduralar.

  1. Oʻzgaruvchilar,maʼlumot turlari, ifodalarni tuzish va tahlil qilish
  2. Bir va koʻp oʻlchamli massivlar
  3. Dasturlash tilida funksiyalar va ularing turlari
2
2.

Konstruktorlar va destruktorlar

  1. Oddiy class yaratish va unga konstruktor/destruktor yozish.
  2. Parametrli konstruktor orqali obyekt yaratish.
  3. Copy konstruktorni sinab koʻrish.
2
3.

Inkapsulyatsiya, Vorislik va Polimorfizm.

  1. private xossalari. getter/setter metodlari bilan ishlovchi class yozish.
  2. Asosiy class va undan voris class yaratish.
  3. Overload qilingan bir nechta funksiya yaratish.
2
4.

Interfeys va Abstrakt sinflar

  1. Abstrakt class yaratish.
  2. Pure virtual metodni hosila classda yozish.
  3. 2-3 classda interfeysga oʻxshash struktura qilish.
2
5.

Operatorlarni qayta yuklash

  1. +, == va != operatorini class uchun overload qilish.
  2. *, / operatorini classda overload qilish.
  3. <<, >> operatorlari yordamida obyektni ekranga chiqarish va qaytarish
2
6.

Istisnolar bilan ishlash (Exceptions).

  1. Oddiy try-catch bloki yozish.
  2. 0 ga boʻlish xatoligini ushlash.
  3. Custom exception class yaratish
2
Jami 12

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Mavzu
1.

Konstruktorlar va ularning turlari

2.

Destruktorlar va resurslarni tozalash

3.

Inkapsulyatsiya va private/public aʼzolar

4.

Asosiy vorislik (inheritance)

5.

Koʻp martalik vorislik (multiple inheritance)

6.

Gibrid merosxoʻrlik

7.

Polimorfizm: Funksiyani qayta yuklash (overloading)

8.

Virtual funksiyalar va kechiktirilgan bogʻlanish

9.

Abstrakt sinflar va interfeysga oʻxshash struktura

10.

Operatorlarni oddiy qayta yuklash

11.

Murakkab operatorlarni qayta yuklash

12.

Memory management (new/delete, pointerlar)

13.

Doʻst funksiyalar (friend functions)

14.

Doʻst sinflar (friend class)

15.

Funksiya shablonlari (Function templates)

16.

Klass shablonlari (Class templates)

17.

Istisnolarni ushlash (try-catch)

18.

Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan istisnolar.

19.

C++ da static aʼzolar (static variables va static functions)

20.

C++ da const aʼzolar va const funksiyalar

21.

C++ da virtual destruktorlar va ularning ahamiyati

22.

C++ da sof virtual funksiyalar (pure virtual functions)

23.

C++ da interfeyslarni yaratish va ishlatish usullari

24.

C++ da multiple polymorphism va virtual inheritance

25.

C++ da RTTI (Run Time Type Information)

26.

C++ da this koʻrsatkichi va uning qoʻllanilishi

27.

C++ da self-referential classlar (oʻz-oʻziga ishora qiluvchi sinflar)

28.

C++ da copy constructor va assignment operator

29.

C++ da move semantics va rvalue reference

30.

C++ da smart pointerlar (unique_ptr, shared_ptr, weak_ptr)

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Васильев А. Н. Самоучитель С++ с примерами и задачами. 2-е издание (переработанное). Книга + CD. — СПб.: Наука и Техника, 2012. — 480 с.: ил. (+CD)
  2. Rao, S. (2018). Sams teach yourself C++ in one hour a day (7th ed.). SAMS Publishing

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Stroustrup, B. (2018). A tour of C++ (2nd ed.). Addison-Wesley.
  2. Мариус Бансила Решение задач на современном C++ / пер. с англ. А. Н. Киселева – М.: ДМК Пресс, 2019. – 302 с.: ил.
  3. Марапулец, Юрий Валентинович Программирование на языке высокого уровня: Учебное пособие / Ю.В. Марапулец. – Петропавловск-Камчатский: КамчатГТУ, 2008. – 189 с.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://metanit.com/cpp/
  • https://www.w3schools.com/cpp/cpp_intro.asp
  • https://ravesli.com/uroki-cpp/
  • https://purecodecpp.com/
  • https://code-live.ru/tag/cpp-manual/
  • https://code.visualstudio.com/docs/languages/cpp
  • http://cppstudio.com/post/213/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI)

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13-hafta(lar) davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13-hafta(lar) davomida
4. Davomat Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. 15 1-13-hafta(lar) davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan. 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan testlar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Hammmasi 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Abduvoxidov Murodjon Komilovich
Olimov Muslimbek Ulugʻbek oʻgʻli
Elektron pochta: info@murodjon.uz
ochilov92@list.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar
Taqrizchilar:

N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori

S.Ibragimov - Andijon davlat texnika instituti “Axborot texnologiya” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori.

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-Chorshanba, soat 15.00 – 17.00, ______-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil __________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus “Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 202____ yil ______________________ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

       

(imzo)

Gʻ. Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S. Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N. A. Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Abduvoxidov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Olimov

Fan oʻqituvchisi