My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
165
Update
Update Fandastur: Farmakologiya
4.1. Bilimlar jihatidan
Bilimlar jihatidan: dori vositalarining tasnif guruhlari, guruhlarga kiradigan dori vositalarining nomlari, taʼsir mexanizmi, taʼsir turlari, yoshga nisbatan alohida koʻrsatmalari, dori vositalaridan zaharlanganda koʻrsatiladigan yordam chora-tadbirlari va usullari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi; umumiy retsepturaning asosiy qonun-qoidalarini, har xil shakldagi (suyuq, yumshoq, qattiq va ingalyasion) dori shakllariga retsept yoza olish, dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi asoslarini, dori vositalarining qoʻllashga oid koʻrsatmalari, nojoʻya taʼsirlari va qoʻllashga qarshi koʻrsatmalarini, dori vositalarining yangi analoglarini, dori vositalar bilan oʻtkir zaharlanish belgilari, dori vositalarini tasniflash, periferik nerv sistemasiga taʼsir etuvchi dori vositalarining oʻziga xos xususiyatlari, tasnifi, qoʻllash uchun koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar, ularga retsept yozish qoidalarini bilish, markaziy nerv sistemasiga taʼsir etuvchi dori vositalarining oʻziga xos xususiyatlari, tasnifi, qoʻllash uchun koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar, ularga retsept yozish qoidalarini bilish, farmakoterapevtik guruh preparatlarini qiyosiy baholash hamda nojoʻya taʼsirlarining oldini olish tadbirlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; dori moddalarning faolligini, ularning farmakologik xususiyatlari, taʼsir mexanizmini hisobga olgan holda tahlil qila olishi, dori vositalarning guruhlarini toʻgʻri aniqlash, dori vositalarini bemorning yoshiga qarab dozalash, dori vositalarini kiritish yoʻllarini aniqlash, vaziyatli masalalarda dori vositalarni toʻgʻri tanlash va terapevtik taʼsirini aniqlay bilish, retsept yozishning qonun-qoidalarini oʻzlashtirish, har xil dori vositalarining turli shakllariga retsept yoza bilish va ularni tayyorlash kabi malakalariga ega boʻlishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
ijrochi aʼzolarga, metabolizmga taʼsir etuvchi, mikroorganizmlarga va oʻsmalarga qarshi boʻlgan moddalar farmakologiyasini oʻrgatishdir. Dori vositalar bilan zaharlanishlarda yordam choralarini qoʻllay bilishni va amaliyotda ulardan foydalana olishni haqida tasavvurga ega boʻlishi; ijrochi aʼzolarga, metabolizmga taʼsir etuvchi, mikroorganizmlarga va oʻsmalarga qarshi boʻlgan moddalarni bilishi va ulardan foydalana olishi; umumiy retsepturaning asosiy qonun-qoidalarini, har xil shakldagi (suyuq, quyuq, yumshoq, qattiq va inʼeksiyalar) dori vositalarini bemorning yoshiga qarab miqdorlash, dori moddalarning yuborish yoʻllarini aniqlash, vaziyatli masalalarda dori moddalarni toʻgʻri tanlash va terapevtik taʼsirini aniqlash, retsept yozishning qonun-qoidalarini bilish, har xil dori vositalarining turli shakllariga retsept yoza olish va ularni tayyorlash kabi amaliy koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Saqlash