My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
189
Update
Update Fandastur: Patologik fiziologiya
4.1. Bilimlar jihatidan
umumiy nozologiyani tashkil etuvchi asosiy tushunchalarni; organizmda kasallikning kelib chiqishida etiologik omil, ichki va tashqi shart-sharoitlarning ahamiyatini; tipik patologik jarayonlarning rivojlanish mexanizmlarini, ularning patologiyadagi ahamiyatini; patologiyani oʻrganishda tajribaviy modellashtirish uslubning ahamiyatini; amaliy tibbiyotda patofiziologiyaning tutgan oʻrnini, uning tashhis, davolash va asoratlar profilaktikasidagi ahamiyatini; patofiziologiya sohasi boʻyicha dunyo va oʻzbekiston olimlari tomonidan kashf etilgan yangiliklarni bilishi kerak;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
kasallik rivojida mavjud simptom, metabolik va funksional oʻzgarishlarga toʻgʻri baho berish va oʻzaro bogʻliq xolda talqin etish; kasallikka birlamchi tashxis qoʻyish, davolash tamoillarini belgilash toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi; patologik jarayonlar sabablarini va rivojlanish mexanizmlarini; normani patologiyadan farqlashi, yorugʻlik mikroskopi darajasida hujayraning patologik oʻzgarishini tahlil qila olishni; turli kasalliklarda ichki organlardagi morfofunksional oʻzgarishlarning mohiyatlarini; kasallikning etiologiyasi, patogenezi, morfogenezi, kasalliklar klassifikatsiyasi, morfologik asoslari, va ularni kliniko-anatomik tahlil qilishni; tipik patologik jarayonlar bilan kechuvchi kasalliklar patogenezining asosiy va umumiy bosqichlarini ajratishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
Saqlash