My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
276
Update
Update Fandastur: Sharq tillari (arab tili)
4.1. Bilimlar jihatidan
arab yozuvi va uning tarqalishi, arab harflarining oʻziga xos xususiyatlari, arab tili fonetikasi, morfologiyasi, punktuatsiyasi, arab tili lugʻati, arab tiliga xos qisqa va choʻziq unlilar va boshqa belgilar, arab va eski oʻzbek yozuvidagi oʻzaro farqlar haqida tasavvurga ega boʻlishi; arab tilida imlo qoidalarini, arab tilida soʻz yasalishini, arab tilida oʻzak va u orqali soʻzlarni topa bilishni, arab imlosidagi matnlarni qiyinchiliksiz mutolaa qilib tabdil qila olishni, oʻzbek tili tarkibidagi arab soʻzlarni tahlil qila olishni.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
arab imlosining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash, arab tilida soʻz yasalishi va grammatik qoidalarini aniqlash, arab yozuvidagi manbalarni farqlash, arab alifbosidagi matnlarni oʻqish, arab imlosidagi matnlarini transkripsiya qilish, arab imlosida yozishni bilish, arab tilidagi soʻz va iboralarini tarjima qilishda lugʻatdan foydalana bilish, arab imlosida xatosiz yoza bilishi va ulardan foydalana olishi; ilmiy axborot bilan ishlash, oʻqish, yozish, arab imlosidagi qoʻlyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlami oʻqish, ulardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olish va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Saqlash