My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
304
Update
Update Fandastur: Kompyuter lingvistikasi
4.1. Bilimlar jihatidan
“Kompyuter lingvistikasi” fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr: fan orqali fani boʻyicha tinglovchi matematik lingvistika predmeti, vazifalari, matematik lingvistikaning ijtimoiy va tabiiy fanlar orasidagi oʻrni va mohiyati, kompyuter lingvistikasiga doir tadqiqotlar, aksiomatik nazariyaning tilshunoslikka tatbiqi, matematik mantiq elementlari, til oʻrgatish jarayonini avtomatlashtirish; tabiiy tillarni qayta ishlash, tillarning matematik modelini yaratish, avtomatik tahrir haqida bilishi kerak; talaba filologiya fanlari orasida “Kompyuter lingvistikasi” fanining tutgan oʻrnini oʻrganishi lozim; matematik mantiq asoslarini, matematik mantiq asoslarining tilshunoslikka tatbiqini; avtomatik tarjima algoritmini; avtomatik tahrir dasturining ishlash tamoyilini; tilning matematik modellarini; tilning kompyuter uslubini; til grammatikasi taʼlimi, bilimlarni baholash dasturlariga oid meʼyoriy va amaliy maʼlumotlarni yigʻishni; til grammatikasining formallashadigan qismi uchun model tuzishni bilishi kerak; matematik mantiq asoslari, tabiiy tillarning matematik modeli, oʻzbek tilining matematik modeliga doir masalalarni yoritish; axborot uslubi, oʻzbek tilining kompyuter uslubi xususiyatlarini farqlash, til grammatikasining maʼlumotlar bazasini yaratish; matnni avtomatik tarjima qilish, matnni avtomatik tahrir qilish, matematik lingvistikaga oid tadqiqotlar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish; nazariy maʼlumotlarni umumlashtirish, matematik lingvistika fanining istiqboli, dolzarb masalalariga doir fikrlar bildirish va tadqiqot olib kompetensiyalariga ega boʻlishi lozim;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
“Kompyuter lingvistikasi” fanini oʻqitishda zamonaviy texnik vositalar, oʻqitish metodlari va axborot texnologiyalaridan foydalana olish; “Kompyuter lingvistikasi” fani boʻyicha oʻquvchilarga mehr uygʻota olish; “Kompyuter lingvistikasi” fanini oʻqitishning nazariy asoslari; talaba til materiallaridan foydalana olish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak; olgan nazariy bilimlarini amalda tadbiq etish; turli oʻquv yurtlarida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar olib borish malakalariga ega boʻlishi kerak.; talabalar kelgusi faoliyatlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish; olgan nazariy bilimlarini amalda tadbiq etish.
Saqlash