My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
539
Update
Update Fandastur: Falsafa
4.1. Bilimlar jihatidan
dunyo haqidagi qadimgi va zamonaviy falsafiy bilimlarni oʻrganish asosida professional faoliyatni toʻgʻri tashkil etish, ijtimoiy masʼuliyatni oshirish, davlat siyosatiga dahldorlik tuygʻusini shakllantirish, ijtimoiy jarayonlarni mustaqil tahlil qilish, Qadimgi, Oʻrta asrlar, Yangi va eng Yangi davr Sharq va Gʻarb falsafasining asosiy gʻoyalari, Gʻarb renessansi shakllanishiga Oʻrta asr Sharq falsafasining taʼsiri, Yangi va eng yangi davr falsafasining muhim xususiyatlari boʻyicha tasavvurga ega boʻlishi; ontologiyaning yoʻnalishlari, gen ontologiyasi, bioontologiya, tibbiyot ontologiyasining ijtimoiy ahamiyati, fizik va falsafiy ontologiyaning oʻzaro aloqasi va farqlari, axborotlashgan jamiyatda texnologiyalardan foydalanishda inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, tabiat ontologiyasida biosfera va noosferaning oʻrni, ong ontologiyasining transformasiyasi, ijtimoiy ekologiya, ekologik taʼlim va tarbiya haqida bilishi va ulardan foydalana olishi;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
Internet ijtimoiy tarmoqlarida axborotni tanlash va ulardan foydalanish usullarini egallash; oʻzining kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilish, bakalavriatning mos yoʻnalishi boʻyicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega boʻlish, kiberterrorizm, kiberzoʻravonlik (cyberbullying)ga qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan boʻlishi, globallashuv va barqaror taraqqiyotning omillari, korrupsiyaning global maʼnaviy inqiroz oqibati sifatida barqaror taraqqiyotga salbiy taʼsirini bilish, unga qarshi kurashda dahldorlik tuygʻusi shakllantirish, ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtirish, jismoniy va ruhiy sogʻlik, tafakkur xavfsizligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, tanqidiy tafakkur imkoniyatlaridan jamiyat barqarorligini taʼminlash, ijtimoiy nazorat va shaxsiy masʼuliyatni oshirish maqsadlarida foydalanish bʼoyicha malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
Saqlash