My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
598
Update
Update Fandastur: Odam anatomiyasi
4.1. Bilimlar jihatidan
boshqa fundamental va klinik modullarni oʻzlashtirishi uchun anatomiya modulining zarurligi; barcha kasalliklarning asosida aʼzolarning anatomo-fiziologik funktsiyalarining buzilishi; organizmning bir butunligini, organizmni tashkil etgan tizimlarning (tayanch-harakat, ichki aʼzolar, qon tomirlar,nerv va sezgi aʼzolar tizimlari) ahamiyati; organizmning oʻsishi, shakllanishi, rivojlanishining asosiy qonuniyatlarining mohiyati, ularning tashqi muhit bilan munosabatini taʼminlayotgan tizimlar hamda ularning yoshga nisbatan oʻzgarishi; kalla suyagi va tayanch-xarakat apparati (suyak, boʻgʻimlar va mushaklar) taraqqiyotining asoslarida koʻp uchraydigan nuqsonlar, ularning umumiy tuzilishi va funtsional anatomiyasi; periodont, paradont, tish-jagʻ segmentlari va prikus turlari, ularda uchraydigan anomialiyalari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
koʻz kosasining ostki teshigi, engak teshigi, soʻrgʻichsimon oʻsimta sohasi; yuz sohasidagi kontroforslarni teri orqali, rentgen taʼsvirida, boʻgʻim boʻshliqlari va shakllarini rentgen taʼsvirida; qoʻl, oyoq, orqa, koʻkrak va qorin sohalarining asosiy yirik mushaklarning teri orqali relefini; mimika va chaynov mushaklarini proektsiyasini; boʻyin sohasidagi mushaklar, uchburchaklar, kletchatka boʻshliqlar va fastsiyalarni koʻrsatish; qoʻltiq osti va tirsak chuqurchalari, chov kanali, son uchburchagi va kanali, taqim osti chuqurcha, boldir sohasidagi kanallarning proektsiyasini teri orqali topa olish; oʻpka ekskursiyasini aniqlash; yurak topografiyasini aniqlash; uyqu, bilak, son va boldir arteriyalarida pulsni; teri osti venalarini, limfa tugunlarini topa olishi kabi malakalariga (shu jumladan amaliy koʻnikmalariga) ega boʻlishi kerak. suyaklarni tuzilmalarni, kalla suyagi asosidagi teshiklar, kanallar va yoriqlarni koʻrsata olishni; tana har bir boʻgʻimdagi harakat oʻqlarini koʻrsata olishni; bosh (mimika va chaynov) va boʻyin sohasidagi mushkalarning oʻziga xos harakat xususiyatlarini koʻrsata olishni; ogʻiz boʻshligʻi devorlarini; tishlarni formulasini; Pirogov–Velder halqasini; meʼda topografiyasini; ingichka ichakni yoʻgʻon ichakdan farqini; jigar tuzilishi va topografiyasini; plevra qismlarini; koʻks oraligʻi qismlarini; buyraklar topografiyasini, erkaklar tanosil aʼzolari; ayollar tanosil aʼzolarini koʻrsata olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
Saqlash