My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
684
Update
Update Fandastur: Ona tili
4.1. Bilimlar jihatidan
tilning ijtimoiy mohiyati va uning tarkibiy qismlarini, dunyo tillarining tasnifini, oʻzbek tilining qaysi til oilasiga va turkumiga kirishini; nutq aʼzolarini, oʻzbek tiliga xos unli va undosh tovushlarni, boʻgʻin va urgʻuni, tovush oʻzgarishlarini, oʻzbek tili grafikasini, imlo va talaffuz qoidalarini; hozirgi oʻzbek adabiy tilining lugʻat tarkibini, maʼno koʻchish usullarini, soʻzlarning shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlarini, faol va nofaol, oʻz va oʻzlashgan qatlamni, oʻzbek tili frazeologiyasini, milliy til tarkibiga kirgan guruhlarni (sheva, atama, eskirgan va yangi soʻzlarni, jargon va argolarni, uyadosh va olinma soʻzlarni); oʻzbek tilidagi soʻz yasalish usullarini, morfemik tarkibni, mustaqil va yordamchi soʻzlarni, modal, undov va taqlid soʻzlarni bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
unli va undosh tovushlarni tasniflay bilish; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajrata bilish va urgʻularini toʻgʻri qoʻya olish; oʻzlashtirilgan qoidalarga asoslangan holda maʼnosi koʻchgan soʻzlarning maʼnolarini, omonim, sinonim, antonim va paronimlik xususiyatlariga ega boʻlgan soʻzlarning maʼnolarini, atama, sheva, eskirgan va yangi soʻzlarning maʼnolarini izohlay bilish; gap ichidagi yasama soʻzlarni aniqlay bilish; soʻz turkumlarining xususiyatlarini farqlay olish; gap tarkibidagi soʻz birikmalari va gap boʻlaklarini aniqlay bilish; tinish belgilarining qoʻyilish sabablarini anglay olish; muayyan gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini farqlay olishi kerak.
Saqlash