My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
688
Update
Update Fandastur: Ichki kasalliklar propedevtikasi 6
4.1. Bilimlar jihatidan
Bilimlar jihatidan: Aʼzolar va tizimlar boʻyicha bemorlardan anamnez toʻplash, klinik tekshirish (soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya koʻnikmalarini egallash) qobiliyatlarini ishlab chiqish; Talabalarda shifokorlik deontologiyasining asosiy koʻnikmalarini ishlab chiqish; Talabalarda kasallik, tashxis, tashxis tamoyillari, simptomlar va sindromlarning kelib chiqish mexanizmlari haqida zamonaviy tasavvurni shakllantirish; Zamonaviy ichki kasalliklar klinikasida foydalaniladigan funksional, labarator va instrumental tekshiruv natijalarini interpretatsiyasini oʻrgatish; Kasalliklarning asosiy klinik sindromlarini aniqlashni oʻrganishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
Koʻnikmalar jihatidan: Bemorlardan anamnestik maʼlumotlarni yigʻa bilish (kasallik va hayot tarixi); Shifokorlik deontologiyasi koʻnikmasini xosil qilish; Bemorni organlar boʻyicha umumiy koʻrikdan oʻtkazish (soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya); Taxminiy tashxisni asoslash va bemorni tekshirish rejasini tuzish; Umumiy klinik laborator tekshiruvlar natijalari va qon, siydik, balgʻam, axlatning bakteriologik ekish natijalarini interpretatsiya qila olish. Qonning bioximik tekshiruvlari natijalarini tahlil qila olish; Koʻkrak qafasi aʼzolari, oshqozon-ichak trakti va siydik yoʻllari rentgenologik tekshiruvlari natijalarini interpretatsiya qila olish; EKGni olish va oʻqishni bilish. Yurak va qon tomirlari, qorin boʻshligʻi aʼzolari va buyraklar UTT tekshiruvlari natijalarini tahlil qila olish; Klinik tashxisni asoslash. Qiyosiy taqqoslash. Yakuniy tashxisni asoslash; Ichki kasalliklarda bemorlarga parxez stoli va rejali davolashni tavsiya etish va foydalana olish malakasiga ega boʻlishi kerak.
Saqlash