My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
776
Update
Update Fandastur: Fiziologiya-yuz jagʻ sohasi fiziologiyasi
4.1. Bilimlar jihatidan
Endokrin bezlarning tuzilishi va joylashuvini aniqlash. Gormonlarning sintezi, sekretsiyasi va taʼsir mexanizmlarini tushuntirish. Gipotalamo-gipofizar tizim, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezi gormonlari faoliyatini tahlil qilish. Gormonlar darajasining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan fiziologik holatlarni tushuntirish (masalan, giperglikemiya, gipotireoz). Laboratoriya tekshiruv usullarida gormonlar darajasini baholashni oʻrganish. Endokrin kasalliklar patogenezini asosiy misollarda tushuntirish (diabet, Basedov kasalligi, Kuşhing sindromi). Hazm tizimining morfologik qismlarini ajrata olish (ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach, oshqozon, ingichka va yoʻgʻon ichak, jigʻildon, jigar, oshqozon osti bezi). Ovqat hazm boʻlish bosqichlarini tahlil qilish (ogʻizda – mexanik, kimyoviy; oshqozonda – proteoliz; ichaklarda – fermentativ hazm). Ovqat tarkibidagi asosiy moddalar (oqsil, yogʻ, uglevod) parchalanishini va soʻrilishini izohlash. Hazm jarayonini boshqaruvchi nerv va gormonal mexanizmlarni tushuntirish. Ovqatlanish rejimining sogʻlom fiziologiyadagi ahamiyatini asoslab bera olish. Klinik koʻnikma sifatida: oshqozon shirasining kislotaliligini, fermentativ faolligini baholash usullarini bilish. Buyrakning tuzilishi (nefron) va uning funksiyalarini tahlil qilish. Siydik hosil boʻlish jarayonlarini tushuntirish (filtratsiya, reabsorbsiya, sekretsiya). Buyrak orqali suyuqlik-elektrolit muvozanatini saqlash mexanizmlarini bilish. Gormonlar (ADG, aldosteron, ANP)ning buyrak faoliyatidagi rolini tushuntirish. Siydik ajralishini oʻlchash va tahlil qilish usullarini (siydik umumiy tahlili, Zimnitskiy, Nechiporenko) bilish. Buyrak kasalliklari (nefrit, buyrak yetishmovchiligi, tosh kasalligi)ning asosiy fiziologik mexanizmlarini tushuntira olish. Organ tizimlarining tuzilishi va faoliyatini bogʻliq holda tahlil qilish. Patologik oʻzgarishlarni fiziologik mexanizmlar asosida izohlash. Laboratoriya va amaliy tajriba metodlaridan foydalanish. Olingan maʼlumotlarni ilmiy asosda tahlil qilib, xulosa chiqara olish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
usullar: spirometriya, shaxsning individual tipologik xususiyatlarini tekshirish, pulsni palpatsiya qilish, Korotkov usuli yordamida qon bosimini oʻlchash, umumiy qon tekshiruvi natijalarini baholash. Soʻrov, fizik tekshiruv, klinik tekshiruv, zamonaviy laboratoriya va instrumental tadqiqotlar natijalari, biopsiya, jarrohlik va kesma materialning morfologik tahlilini oʻtkazish va sharhlash, ambulator va statsionar bemorning tibbiy kartasini yozish ;
Saqlash