My Application
Bosh sahifa
Hujjatlar
About
Contact
Login
Asosiy
Fandasturs
84
Update
Update Fandastur: Ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasi
4.1. Bilimlar jihatidan
.1. Bilimlar jihatidan: ichki kasalliklar klinikasi, tasnifi, klinik koʻrinishlari, qiyosiy tashxislash, asoratlari, davosi va profilaktikasi boʻyicha bilimlarni shakllantirish; sistema boʻyicha kasallardan anamnez yigish va tekshirishlar oʻtkazish malakasini rivojlantirish; kasallik asosiy klinik mezonlarini aniqlashni oʻrgatish; dastlabki va klinik tashxis qoʻyishni oʻrgatish; tekshirish rejasi, vrach taktikasini tuzish va kompleks davo buyurishga oʻrgatish; laborator va instrumental tekshirish usullari natijalarini interpritatsiya qilishga oʻrgatish; ayrim shoshilinch holatlarda tez yordam berish malakasini rivojlantirish;asosiy tibbiy xujjatlarni oʻrgatish; kasb kasalliklarining nazariy etio-patogenetik asoslari, kasb kasalliklarining barvaqt koʻrinishlarini aniqlash usullari va diagnostik мезонlari, koʻp uchraydigan kasbiy kasalliklarning asosiy klinik sindromlari, kasbiy zaharlanishlarda antidot davolash va boshqa davolash usullari, kasb kasalliklarida mehnat ekspertizasining alohidalik tomonlari haqida bilimlarini egallashi; harbiy dala terapiyasi fani maksad va vazifalarini; taraqqiyoti tarixi; harbiy dala sharoitida kelib chiquvchi kasalliklar va ularning turlari; oshqozon - ichak tizimi kasalliklari va shikastlanishlarini davolashning zamonaviy prinsiplari; nurlanish kasalligi; nurlanish kasalligining turlari va tasnifi; jangovor xolatlarda shikastlanishlari va kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini oʻrganishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan
Koʻnikmalar jihatidan: bemorlardan anamnestik maʼlumotlarni yigʻa bilish (kasallik va hayot tarixi), .aʼzolar boʻyicha umumiy koʻrikdan oʻtkazish, taxminiy tashxisni asoslash: bemorni tekshirish rejasini tuzish, umumiy klinik laborator tekshiruvlar natijalarini va qon, siydik, balgʻam, axlatning bakteriologik ekma natijalarini interpretatsiya qila olish; Koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT va rentgenologik tekshiruvlari natijalarini interpretatsiya qila olish; EKG ni olish va oʻqishni bilish; QVP/OP sharoitida OSH kasb kasalliklarini erta tashxislashi; kerakli xujjatlarni tayyorlashi va tashxisni tasdiqlash uchun ixtisoslashgan kasb kasalliklari klinikasiga yuborishnii bilishi; QVP/OP da ishlab chiqarishning zararli va noxush omillari taʼsirida ishlaydigan ishlovchilarning profilaktik tibbiy koʻriklarini oʻtkazish; bemor shikast olgan harakterini, ogʻirlik darajasini, somatik statusini aniqlash; bemorlarni soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish va klinik tekshirish; birlamchi tibbiy va shifokor yordamni, asosan shoshilinch sharoitda toʻgʻri bajarish; tibbiy evakuatsiya bosqichlarida bemorlarni navbatma-navbat oʻtkazish rejasini tuzish; darmonlar bilan shoshilinch terapevtik davolash muolajalarini oʻtkazish; jaroxat olgan va harbiy sharoitda kasallangan bemorlarni tekshirish, nurlanishlarni klinik belgilari boʻyicha aniqlash, jangovor shikastlarda tibbiy yordamni tibbiy evakuatsiya bosqichlarida yordam berish, gemogramma va boshqa tekshiruvlarni tahlil qila olish, tashxisni toʻgʻri ifodalash, kasallik tarixini yozish malakasiga ega boʻlishi kerak.
Saqlash