![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Tarixiy geografiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi – talabalarda tarixiy geografiya fanining shakllanishi va taraqqiyoti, uning tarixiy fanlarni oʻrganishdagi oʻrni, mintaqamizning boy tarixiy geografiyasi haqida tarixiy-geografik bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishdir
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
Boshlangʻich bilimlar uchun fan qoʻshish
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- tarixiy geografiya va kartografiyaning vazifalari, tarixiy geografiyaning asosiy boʻlimlari, tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti, tarixiy kartografiya va uning asosiy yoʻnalishlari, tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyotini bilishi kerak;
- talaba Oʻrta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi, Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar va XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy geografiyasi, mintaqaning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi hamda Turkistonning 1917–1924-yillarda tarixiy geografiyasi va ushbu davrlarga oid kartografik tadqiqotlar haqida koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- talaba Oʻzbekistonning 1924–1991-yillardagi tarixiy geografiyasi, mustaqil Oʻzbekistonda tarixiy kartografiya va geografiyaning muammolari va taraqqiyot vazifalari, hozirgi sharoitda Oʻzbekiston Respublikasi tarixiy geografiyasining xususiyatli jihatlarini ilmiy jihatdan oʻrganish malakalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi | Pos | |
|---|---|---|---|---|
| Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||||
| 1. |
Tarixiy geografiya fanining maqsad va vazifalari. Asosiy bo‘limlari.
|
2 |
7927 |
|
| 2. |
Tarixiy geografiyani o‘rganishda yordamchi fanlar. O‘rta Osiyo olimlarining tarixiy-geografik merosi.
|
2 |
7928 |
|
| 3. |
Тarixiy kartografiyaning asosiy yo‘nalishlari, shakllanishi va taraqqiyoti.
|
2 |
7929 |
|
| 4. |
O‘rta Osiyo olimlarining kartografik tadqiqotlari. O‘ra Osiyo hududi aks etgan xaritalar.
|
2 |
7930 |
|
| 5. |
O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa davri tarixiy geografiyasi.
|
2 |
7931 |
|
| 6. |
Аntik davr O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi.
|
2 |
7932 |
|
| 7. |
O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar va arab xalifaligi boshqaruvi davri tarixiy geografiyasi.
|
2 |
7933 |
|
| 8. |
IX–XIV asr o‘rtalarida O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi.
|
2 |
7934 |
|
| 9. |
Amir Temur va temuriylar davri tarixiy geografiyasi.
|
2 |
7953 |
|
| 10. |
XVI–XVIII asr birinchi yarmida O’rta Osiyodagi tarixiy geografik jarayonlar.
|
2 |
7954 |
|
| 11. |
O’rta Osiyo xonliklari tarixiy geografiyasi (XVIII asr ikkinchi yarmi-XIX asr birinchi yarmi).
|
2 |
7955 |
|
| 12. |
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi.
|
2 |
7956 |
|
| 13. |
1917-1924 yillarda Turkiston o’lkasi tarixiy geografiyasi.
|
2 |
7957 |
|
| 14. |
O‘zbekistonning tarixiy geografiyasi (1924-1991-yillar).
|
2 |
7958 |
|
| 15. |
O‘zbekiston Respublikasi tarixiy geografiyasi
|
2 |
7959 |
|
| Jami | 30 | |||
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Talaba berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻrinishida himoya qiladi. Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Ilhomov Z.A. “Tarixiy geografiya” darslik Toshkent: "METODIST NASHRIYOTI" 2023.
- Tarixiy geografiya va kartografiya. O‘quv qo‘llanma. – T.: Shafoat Nur Fayz, 2020.
- Saidboboyev Z. Tarixiy geografiya. Darslik. – T.: Noshir, 2010.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Тошкент: “O‘zbekiston” нашриёти, 2021. 464 бет.
- Саидбобоев З. Европада Ўрта Осиёга оид тарихий-картографик маълумотлар (ХVI–XIX асрлар). – Т.: “Фан”, 2008.
- Миpзиёeв Ш.М. Xaлқимиз poзилиги бизнинг фaoлиятимизгa бepилгaн энг oлий бaҳoдиp. 2-жилд. – Т.: «Ўзбeкистoн», 2018.
- Миpзиёeв Ш.М. Нияти улуғ xaлқнинг иши ҳaм улуғ, ҳaёти ёpуғ вa кeлaжaги фapoвoн бўлaди. 3-жилд. – Т.: «Ўзбeкистoн», 2019.
- Миpзиёeв Ш.М. Миллий тиклaнишдaн – миллий юксaлиш сapи. 4 – жилд. - Тoшкeнт: Ўзбeкистoн, 2020. - 567 б.
- Mirziyoyev Shavkat Miromonovich Yangi Oʻzbekistonda erkin va faravon yashaylik. 5-jild. Toshkent: “Oʻzbekiston” nashriyoti, Oʻzbekiston 2023. -408 b.
- Миpзиёeв Ш.М. Янги Ўзбекистонда тараққиёт стратегияси асосида демократик ислоҳотлар йўлини қатъий давом эттирамиз. 6-жилд. Тошкент: “Oʻzbekiston” нашриёти, 2023. – 536 б.
- . Миpзиёeв Ш.М. Ҳозирги замон ва Янги Ўзбекистон. “Oʻzbekiston” нашриёти, 2024. – 560 б.
- Ҳасанов Ҳ. Сайёҳ олимлар. – T.: “Ўзбекистон”, 1981.
- Абулғозихон. Шажараи турк. – Т., 1992
- Амир Темур жаҳон тарихида. – Т., 1996
- Иброҳимов Н. Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиёга саёҳати. – Т., 1993
- Ртвеладзе Э.В. Великий Шелковий путь. – Т., 1999.
- Пидаев Ш. Сирли кушонлар давлати. – Т., 1990.
7.3. Axborot manbaalari
- http://www.ziyo.net
- http://www.maphistory.info/
- http://www.history.ru
- http://academic.emporia.edu/aberjame/map/h_map/h_map.htm
- https://www.geography.wisc.edu/histcart/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) | |
|---|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | |||||
| Kuzgi semestr | |||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida | |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida | |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida | |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida | |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | |||||
| Jami | 40 | ||||
| Oraliq imtihon (OI) | |||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta | |
| Jami | 20 | ||||
| Yakuniy imtihon (YI) | |||||
| 1. | Ogʻzaki | Fanga oid | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng | |
| Jami | 40 | ||||
| Jami | 100 | ||||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Mamajanov Azizbek Alisher oʻgʻli, KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD) Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
azizbekmamajonov90g mail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
S.Xoshimov - Andijon davlat universiteti professori, t.f.d. (DSc) , --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- R.Ataxanov - KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | seshanba-chorshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) B.Tojibayev Kafedra mudiri |
(imzo) A.Mamajanov Fan oʻqituvchisi |
