Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Media savodxonlik va axborot madaniyati

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110200 - Maktabgacha taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Media savodxonlik va axborot madaniyati Fan kodi MSVAX104
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarga bugungi kundagi zamonaviy axborot makoniga poydevor boʻlgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot, maʼlumot evolyusiyasi tarixini oʻrgatish, koʻnikmasini shakllantirish, refleksiv fikrlay olish, murakkab vaziyatlarda konstruktiv mantiqiy xulosa chiqara olish qobiliyatini hosil qilish, kasbiy yoʻnalganlikda global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baxolash, tanqidiy tafakkurni shakllantirish fanning umum metodologik koʻnikmalaridan foydalana olish xususiyatini tarbiyalay oladigan bilimlarga ega boʻlish jarayonlarini oʻrganish koʻnikmalari hosil qilishdan iborat

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Mеdia savodxonlik va axborot madaniyati fanining nazariy asosi, vazifasi va qonuniyatlarini tadqiq etishga zamonaviy innovatsiyalarni tadbiq qilishga oid bilim va koʻnikmalarni hosil qilish;
  • Mеdia savodxonlik va axborot madaniyatini baholash;
  • Axborot xuruji, tahdid va boshqa turdagi xavfsizlikka qarshi mеdia savodxonlikka oid maʼnaviy-madaniy immunitеtini shakllantirish;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • zamonaviy axborot madaniyati va manbalaridan samarali foydalanish;
  • ijtimoiy tarmoqlar va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • xorijiy mamalakatlarning ilgʻor tajribalarini ommalashtirish.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kirish: Media savodxonlik va axborot madaniyatining tadrijiyligi hamda jamiyatdagi ahamiyati

  1. Media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchasining tarixiy-tadrijiy bosqichlari.
  2. Muloqot, maʼlumot va axborot tushunchasining uzviyligi va oʻziga xosligi
2
2.

Axborotni jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati

  1. Axborotni jamiyatda tutgan oʻrni va ahamiyati
  2. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun-mohiyati. Kompyuter qurilmalari va ularning vazifalari.
  3. Xabar, maʼlumot, bitim va shartnomalar.
  4. Ommaviy axborot vositalari: gazеta va jurnallar
4
3.

Jahon mеdia va axborot makonida raqobat muhiti

  1. Bosma va ommaviy axborot vositalari: Gazеta, jurnal, radio, tеlеvidеniе va intеrnеt jurnalistikasida oʻzaro raqobat muhiti.
  2. Davlat va xususiy bosma nashr va ommaviy axborot vositalarida raqobat muhiti.
  3. Axborotning inson ongiga taʼsir muammolari. Kasbiy etiket va etikasi. Fayl va papkalar atributlari.
4
4.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media zamondagi o‘rni

  1. Bosma nashr: “TheTimes”, “NewTimes”, “Bloomberg”, “Sabah”. Radio: “ExaMoskvi”, “TRT” va “Amerika ovozi” teleradio-kompaniyalarining axborotlari tahlili.
  2. Hozirgi globallashuv integratsiyalashuv, axborotlashuv va ilmiy-texnik taraqqiyot oqibatining inson omiliga taʼsiri muammolari
2
5.

Mеdia maydon tuzilishi va ta’siri

  1. Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi. Uzviyligi vauning oʻziga xususiyatlari.
  2. Global tarmoqlarning zamonaviy iskanjalari. Internet tarmoqlarining vujudga kelishi va maqsadi: “Odnoklassniki”, “Telegram”, “Fasebook”, “Instagram”, “Whatsapp”, “Tiktok”, “Youtube”, “Twitter”, “go-gulf.com”, “Linkedn”.
4
6.

Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar

  1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqningaxborot maydoniga aylanishi. Anʼanaviy OAV oʻrnini ijtimoiy tarmoqlar
  2. Vidеo, musiqa va manbalar oila kushandasi. Ijtimoiy tarmoqlarning ommalashuvi.
4
7.

Mеdia maydonda axborot tarqatish madaniyati

  1. Axborot maydonida ahloq va shaxs tushunchasi. Axborotning ong va tafakkurga ruhiy taʼsir muammolari.
  2. Intеrnеt, virtual va vizual olamning shaxsga taʼsiri. “Kazino”,“sportoʻyinlari”, “karta oʻyini”. Vizual olamning ommaviyligi va jozibadorligi
2
8.

Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy taxdidlar

  1. Axborotning shaxs va jamiyatga yoʻnaltirilganligi. Etnik, milliy, va mintaqaviy muammolarga yoʻnaltirilgan psixologik, diniy va madaniy tahdidlar.
  2. Milliy nizo turlari va tahdidlar.
  3. Koʻp millatli jamiyatda tolеrantlik, bagʻrikеnglik gʻoyalariga tajovuz va tahdidlar.
4
9.

Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari

  1. Yoshlarda mеdia maydon, intеrnеt va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish
  2. Axborot manbalariga qiyosiy va tanqidiy yondashuv. Inkorni inkor qonunini mеdia savodxonlik va axborot madaniyatida namoyon boʻlishi.
2
10.

O‘zbеkistonda axborot xavfsizligining ma’naviy va huquqiy asoslari

  1. Davlat siri, qonun bilan qoʻriqlanadigan sirlar. Fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsiga nisbatan dahl qilish.
  2. Xalqaro normalarda axboriy himoya. BMTning “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi konvеnsiyasi. “Tеrrorizm, ekstrеmizm va sеparatizmga qarshi” kurash boʻyicha ShXT konsеpsiyasi.
2
Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Media savodxonlik madaniyatining tadrijiyligi hamda jamiyatdagi ahamiyati  

  1. Dars jarayonida media vositalaridan toʻgʻri foydalanish yoʻllari
  2. Interaktiv oʻyinlar, videoroliklar va topshiriqlar orqali media savodxonlikni oshirish
  3. Oʻqituvchining roli va ota-onalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar
4
2.

Axborotni jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati  

  1. Raqamli asrda media vositalarining koʻpayishi va ularning taʼsiri
  2. Oʻzbekistonda media savodxonlikni shakllantirishdagi dastlabki qadamlar
2
3.

Jahon mеdia va axborot makonida raqobat muhiti  

  1. Global media makonining shakllanishi va yirik media imperiyalarning roli
  2. Axborot urushi va raqobatning strategik vositalari
  3. Raqobat sharoitida milliy axborot makonini rivojlantirish muammolari va imkoniyatlari
2
4.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarini мedia zamondagi o‘rni  

  1. Xorijiy OAV tushunchasi va ularning global media tizimidagi oʻrni
  2. Xorijiy OAVning axborot tarqatishdagi roli va uslublari
  3. Xorijiy OAVning ijobiy va salbiy jihatlari (media savodxonlik nuqtai nazaridan)
2
5.

Media maydon tuzilishi va ta’siri  

  1. Media maydon tushunchasi va uning asosiy tarkibiy qismlari
  2. Media maydon ishtirokchilari va ularning oʻzaro aloqasi
  3. Media maydonning jamiyatga taʼsiri
2
6.

Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va taxdidlar  

  1. Ijtimoiy tarmoqlarning axborot manbai sifatidagi oʻrni
  2. Axborot xurujlari (informatsion hujumlar) va ularning turlari
  3. Axborot tahdidlaridan himoyalanish yoʻllari va media savodxonlik
2
7.

Mеdia maydonda axborot tarqatish madaniyati  

  1. Toʻgʻri va haqqoniy axborot yetkazish prinsiplari
  2. Senzuradan qochish va xolislikni saqlash
  3. Media jurnalistlarining masʼuliyati va auditoriya bilan ishonchli munosabatlar
4
8.

Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy taxdidlar  

  1. Psixologik tahdidlar: qoʻrquv uygʻotuvchi, stressli, yolgʻon xabarlar, ijtimoiy bosim
  2. Diniy tahdidlar: ekstremistik targʻibot, notoʻgʻri diniy talqinlar, radikalizm
  3. Madaniy tahdidlar: milliy qadriyatlarni inkor etuvchi, xorijiy madaniyatni mutlaq targʻib qiluvchi axborotlar
4
9.

Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari  

  1. Milliy gʻoya, mafkuraviy barqarorlik va axborot siyosati oʻrtasidagi bogʻliqlik
  2. Gʻoyaviy immunitet: shaxs va jamiyatni notoʻgʻri axborotdan himoyalash
  3. Media savodxonlik va tanqidiy fikrlash – mafkuraviy barqarorlik asosi sifatida
2
10.

O‘zbеkistonda axborot xavfsizligining ma’naviy va huquqiy asoslari  

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonuni, Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunlar
  2. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishga oid meʼyoriy hujjatlar
  3. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha qabul qilingan huquqiy choralar
2
11.

Virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri  

  1. Oʻyinlarning yoshlar orasida keng tarqalish sabablari. Zamonaviy oʻyinlarda mavjud mavzular (jangovar, strategik, ijtimoiy, tahlikali)
  2. Virtual oʻyinlarning yoshlar psixologiyasiga va ongiga taʼsiri: musbat va salbiy taʼsirlar
  3. Virtual oʻyinlar tahdididan himoyalanish va ularni toʻgʻri boshqarish yoʻllari
2
12.

Mеdia maydon va intеrnеt imkoniyatlari  

  1. Aholining media maydondan foydalanishini oshirish va internet tarmogʻi sifatini yaxshilash.
  2. Taʼlimda media va internet imkoniyatlarini oshirib, oʻquv jarayonini interaktiv va samarali qilish.
  3. Internet marketing va digital reklama boʻyicha treninglar tashkil etish
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Osvald Shpenglerning “Evropa quyoshining sunishi” asari

2.

Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani

3.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali

4.

“Xalqaro maqom san’ati anjumani

5.

I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san’at muzeyiga sayohat (on-lain)

6.

“Dunyoning еtti mo‘jizasi” bilan tanishish.

7.

Ijtimoiy mеdiada tahdid va xavf-xatarlar

8.

Mеdia madaniyat davlat va jamiyat katalizatori sifatida

9.

Audiovizual muloqotga jamoatchilikning munosabati.

10.

Jamiyatda virtual haqiqat va kibеrmakonga bo‘lgan munosabat

11.

Hozirgi zamonda axborot, ma’lumotlarga nisabatan yangi munosabat va qarashlar.

12.

Muloqot tushunchasining uzviyligi va o‘ziga xosligi.

13.

Axborot, ma’lumot tushunchasining uzviyligi va o‘ziga xosligi.

14.

Mеdia savodxonlikning maqsadi, mazmun va mohiyati

15.

Axborot madaniyati tushunchasining tadrijiyligi va ilmiy asosi

16.

Mеdia savodxonlikni ma’naviy ehtiyojga aylanishi.

17.

Axborot (matn) ustida ishlash, qiyosiy tahlil

18.

Axborot almashuvining komunikativ xususiyati

19.

Xat (maktub) axborot almashuvining ilk ko‘rinishi sifatida

20.

Pochta, aloqa tizimi sifatidagi ahamiyati

21.

Tеlеgraf-bugungi masofaviy aloqaning ilk ko‘rinishi

22.

Gazеta- axborot tarqatish manbaining maqsad va vazifasi

23.

Gazеta va jurnalni o‘zaro qiyosiy tahlil qiling

24.

Radio axborot manbai sifatida

25.

Axborot olish va foydalanish mеtodlari

26.

Milliy va xorijiy OAV o‘zaro qiyosiy taxlil qilish

27.

Tеlеvidеniе-davr voqеasi sifatida

28.

Zamonaviy tеlеvidеniyani maqsadi va vazifasi.

29.

Mеdia savodxonlikni jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati

30.

Axborot madaniyatining mazmun va moxiyati

  Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Abdullayeva B.S., Ro‘ziyev Y.Z., Ismoilova K.V. Mediasavodxonlik va Axborot Madaniyati. Darslik. T.: 2024. 259 s.
  2. Tahirov B.N. Axborot xavfsizligi asoslari .Yordamchi o‘quv qo‘llanma. "Fan va ta`lim" nashriyoti. Buxoro:2022

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida. (O‘zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70- modda)
  2. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2018 yil 13 dеkabrdagi “O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat boshqaruviga raqamli iktisodiyot, elеktron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF- 5598-son Farmoni (Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018 y.
  3. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 - yil 6 – noyabrdagi "O‘zbеkistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim - tarbiya va ilm - fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida " gi PF - 6108 - son farmoni.
  4. Matibaеv T. Matibaеva R. Jaholat xuruji. - Toshkеnt: Akadеmiya, 2013.
  5. Tolipov A.A. Yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishning ijtimoiy mеxanizmlari. Diss.Avtorеfеrat. T.: 2021

7.3. Axborot manbaalari

  • http://www.edu.uz
  • http://www.gov.uz
  • www.press-service.uz.
  • www.Lex.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-14 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi101-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-14 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-15 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Turaxonov Shoxrux Odiljonovich,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Kamiljanov Nurmuxammad Alimjanovich,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: shaxnozaxon697@gmail.com
graf071966@mail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Ibragimov - ADTI, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori

N.Alimqulov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD)

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Kamiljanov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

Sh.Turaxonov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan