Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Farmatsevtik bioetika

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910800 - Farmatsiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 5
Fan nomi Farmatsevtik bioetika Fan kodi ECTS: 4
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: workshop/loyiha ishi
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
12 48
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarga insonning axloqi, xulq-atvorini va odamlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi dastlabki mexanizmlardan biri ekanligi haqida tushuncha shakllantiriladi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Mutaxassislikka kirish (MK1204)

2. Lotin tili va farmatsevtik terminologiya (LT1104)

3. Oʻzbek (Rus) tili, Tibbiyotda xorijiy til (OʻRTTXT11208)

4. Noorganik kimyo (NK11208)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • professional bioetikaning farmatsevtikadagi asoslari, funksiyalari meʼyorlari, tamoyillarini oʻrgatish;
  • farmatsevt, tibbiyot xodimlari va xaridorlarning oʻzaro munosabatlarini shakllantirish;
  • farmatsevtning kasbiy faoliyatidagi nizolari haqida tushuncha berish va ularni bartaraf etish yoʻllarini oʻrgatish;
  • farmatsevtik tovarlarni isteʼmolchiga yetkazib berish tizimidagi bioetikaning asosiy muammolarini yoritib berish;
  • farmatsevtning etik kodeksining tamoyillari haqida amaliy koʻnikmaga ega boʻlish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Farmatsevtik amaliyotda etik tamoyillarni aniqlash va ularga rioya qilish koʻnikmasi.
  • Dori tayyorlash, tarqatish va reklama qilish jarayonida bioetik normalarga amal qilish.
  • Bemor va shifokor oʻrtasida axloqiy muammolarni farmatsevt nuqtai nazaridan hal etish koʻnikmasi.
  • Konfidensiallik va bemor huquqlarini himoya qilish koʻnikmasi.
  • Farmatsevtik tadqiqotlarda (klinik va klinikkacha) bioetik talablarga amal qilish koʻnikmasi.Axloqiy muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish koʻnikmasi.
  • Jamoatchilik bilan ishlashda bioetik prinsiplar asosida muloqot qilish koʻnikmasi.
  • Dori vositalari xavfsizligi va samaradorligini baholashda etik yondashuvni qoʻllash.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Farmatsevtik bioetikaning tarixi va zamonaviy holati.

  1. Professional bioetikaning farmatsevtikadagi asoslari: funksiyalari, meʼyorlari, tamoyillari
2
2.

Farmatsevt va isteʼmolchilarning himoyalash etik aspektlari.

  1. Farmatsiya subyektlar oʻzaro munosabatlarining etik tamoyillari.
  2. Farmatsevtik bioetika tizimi ostidagi farmatsevtik oʻzaro munosabat ishtirokchilarining shaxsiyati.
2
3.

Dorixona xaridorining psixologiyasi.

  1. Farmatsevt xodimning dorixona xaridorlari bilan etik munosabatlari.
  2. “Farmatsevt-dori vositasi” tizimidagi etik deontologik munosabatlar asoslari. 3.Farmatsevtik jamoada bioetik oʻzaro munosabatlar
2
4.

Farmatsevtlarning tibbiyot xodimlari bilan bioetik munosabatlari.

  1. Farmatsevtning kasbiy faoliyatidagi nizolar.
  2. Bioetika va farmatsevtning zamonaviy sharoitda vazifalari.
2
5.

Etika qoʻmitalari: asoslari, tashkil etilishi.

  1. Klinik sinovlar oʻtkazish etik tamoyillari, meʼyorlari.
2
6.

Farmatsevtik tovarlarni isteʼmolchiga yetkazib berish tizimidagi bioetikaning asosiy muammolari

  1. Bioetika va tadbirkorlik.
  2. Farmatsevtning etik kodeksining tamoyillari.
2
Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Farmatsevtik bioetikaning tarixi va zamonaviy holati.  

2
2.

Farmatsevt va isteʼmolchilarning himoyalash etik aspektlari.  

2
3.

Farmatsiya subyektlar oʻzaro munosabatlarining etik tamoyillari.  

2
4.

Farmatsevtik bioetika tizimi ostidagi farmatsevtik oʻzaro munosabat ishtirokchilarining shaxsiyati.  

2
5.

Dorixona xaridorining psixologiyasi.  

2
6.

”Farmatsevt-dori vositasi” tizimidagi etik deontologik munosabatlar asoslari  

4
7.

Farmatsevtik jamoada bioetik oʻzaro munosabatlar  

2
8.

Farmatsevtlarning tibbiyot xodimlari bilan bioetik munosabatlari.  

4
9.

Farmatsevtning kasbiy faoliyatida nizolar.  

4
10.

Bioetika va farmatsevtning zamonaviy sharoitda vazifalari.  

4
11.

Etika qoʻmitalari: asoslari, tashkil etilishi.  

4
12.

Klinik sinovlar oʻtkazish etik tamoyillari, meʼyorlari.  

4
13.

Farmatsevtik tovarlarni isteʼmolchiga yetkazib berish tizimidagi bioetikaning asosiy muammolari.  

4
14.

Bioetika va tadbirkorlik.  

4
15.

Farmatsevtning etik kodeksining tamoyillari.  

4
Jami 48

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Farmatsevtik bioetika fanining predmeti va vazifalari.

2.

Bioetik prinsiplar va ularning farmatsevt amaliyotidagi ahamiyati.

3.

Bemor huquqlari: farmatsevt nuqtai nazaridan tahlil.

4.

Farmatsevtik tadqiqotlarda inson huquqlarini himoya qilish.

5.

Dori vositalarini klinik sinovlarda bioetik meʼyorlar.

6.

Dori vositalarini reklama qilishda bioetik talablar.

7.

Farmatsevt va shifokor oʻrtasidagi axloqiy munosabatlar.

8.

Dorixona amaliyotida konfidensiallik tamoyili.

9.

Farmatsevtning kasbiy masʼuliyati va etik majburiyatlari.

10.

Farmatsevtika sanoatida bioetik tamoyillarning oʻrni.

11.

Biotexnologik dori vositalari ishlab chiqarishda bioetik muammolar.

12.

Genoterapiya va nanotexnologiyalarda bioetik yondashuv.

13.

Farmatsevtika taʼlimida bioetik madaniyatni shakllantirish.

14.

Jamoat salomatligida farmatsevtning bioetik javobgarligi.

15.

Dori vositalarini taqsimlash va adolat prinsipi.

16.

Kasbiy etika va farmatsevt shaxsiy xulq-atvori.

17.

Dori vositalarini taqchilligida bioetik muammolar.

18.

Farmatsevtikada korrupsiyaga qarshi bioetik yondashuv.

19.

Klinik tadqiqotlarda bemor roziligini olish jarayoni.

20.

Axloqiy muammoli vaziyatlarda farmatsevtning qaror qabul qilish koʻnikmasi.

21.

Dori vositalari xavfsizligi va samaradorligini baholashda bioetika.

22.

Xalqaro bioetik qoidalar va ularning farmatsevtikada qoʻllanilishi.

23.

Klinik-farmakologik tadqiqotlarda axloqiy muammolar.

24.

Dorixonada aholini maslahat bilan taʼminlashda bioetik yondashuv.

25.

Zamonaviy biotibbiyotda (klonlash, sunʼiy intellekt) bioetik muammolar.

26.

COVID-19 pandemiyasida farmatsevtik bioetika masalalari.

27.

Farmatsevtik bioetik kodeks yaratish zarurati.

28.

Farmatsevt va patsiyent oʻrtasida ishonch munosabatini shakllantirish.

29.

Ilmiy izlanishlarda bioetik ekspertiza instituti.

30.

Farmatsevtika sohasida kasbiy etik qoidalarni buzish holatlari va ularning oqibatlari.

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media korinishda topshiradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. ЕрохинюА.К, ЕрохинаюЛ.Д, ТрифоноваюГ.А, Некрасова.E.B. Фармацевтическая биоэтика. Учебное пособие. — Владивосток: Медицина ДВ. 2017
  2. Серковский A.JI. Фармацевтическая этика. Курс лексий. Витебск 2007.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Umarova Sh.Z. Farmatsevtik huquq va bioetika. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2020 yil.
  2. Криков В.И., Прокопишин В.И. Фармацевтическая этика и деонтология. Организация и экономика фармации. Учебник. — М: Медицина, 1991.-С. 511- 516.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://cyberleninka.ru/article
  • https://vmedook.ru.

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13-haftalar davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot /yozma shakllarda amalga oshiriladi104-14-haftalar davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / yozma koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13-haftalar davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13-haftalar davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Dilshodbek Turgunov Ma'murivich,
KUAF, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: qudratilloaxmadjonov854@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

N.Razzakov - KUAF, Umumiy kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.f.d (PhD)

G.Mamatisakova - Katta ukituvchi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, D 410-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

T.Dilshodbek

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan