![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Lotin tili va tibbiy terminologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Talabalarga lotin tilining umummadaniy va tibbiyot tarixidagi oʻrni, xalqaro tibbiy va farmatsevtik terminologiyaning shakllanishidagi roli haqidagi nazariy maʼlumotlarni, tibbiyot sohasida xalqaro miqyosda qabul qilingan yagona terminologiyani bilishi va ulardan foydalana olishi; shuningdek, lotin va yunon tilidan oʻzlashgan soʻzlarni toʻgʻri oʻqish, yozish va talaffuz qilish hamda semantik tahlil qilishni, tibbiy atamalar tuzish, ularning etimologik ildizlarini anglash va amaliyotda toʻgʻri qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishi;kelajakdagi tibbiyot mutaxassislari fan boʻyicha egallagan bilim va koʻnikmalarni kasbiy muloqotda aniqlik, ixchamlik va ilmiy standartlarga mos tarzda qoʻllash, terminlardan kontekstga mos lugʻatsiz tarjima qilish va foydalanish hamda zamonaviy ilmiy-uslubiy axborot almashinuvida ishtirok etish malakalariga ega boʻlishi taʼminlanadi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Lotin tili va tibbiy terminologiya fanini o’zlashtirish uchun talaba ona tili va rus tili grammatikasi, lotin alifbosi va talaffuz qoidalarini, shuningdek, biologiya hamda odam anatomiyasi (OAN112312) bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalarni bilishi lozim. (OAN112312)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Umummadaniy va tarixiy bilimlar:
- lotin tilining umummadaniy ahamiyati, tibbiyot tarixidagi oʻrni, xalqaro tibbiy va farmatsevtik terminologiyaning shakllanishiga qoʻshgan hissasi haqidagi bilimlar.
- Lingvistik bilimlar:
- lotin tili grammatikasini boshlangʻich darajasi.
- soʻz yasalish usullari haqida asosiy tushunchalar.
- tibbiy terminlarni tushunish, shakllantirish va amalda qoʻllash uchun zarur boʻlgan fonetik va grammatik qoidalar.
- Anatomik terminologiya boʻyicha bilimlar:
- inson organizmi anatomik tuzilishiga oid xalqaro anatomik terminologiyaning (Terminologia Anatomica) asosiy prinsiplari va qoidalari.
- anatomik atamalarni lotin tilida toʻgʻri talaffuz qilish va yozish.
- anatomik atamalarning morfologik tuzilishini (asos soʻz, qoʻshimcha, prefiks va suffikslar) tahlil qilish va ularni amaliyotda qoʻllash.
- anatomik terminlarni oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan lotin tiliga toʻgʻri tarjima qilish koʻnikmasiga ega boʻlish.
- tana qismlari, boʻlimlari, yoʻnalishlari va sathlari, boʻshliqlari, organlar va tizimlarni ifodalovchi asosiy anatomik terminlar.
- Klinik terminologiya boʻyicha bilimlar
- Klinik terminlar yasash uchun zarur boʻlgan prefikslar, suffikslar va yunon–lotin dublet soʻzlarni bilish.
- kasallik nomlari va organizmning patologik holatini ifodalovchi terminlarni qismlarga ajratish va tarjima qilish koʻnikmasiga ega boʻlish.
- Farmatsevtik terminologiya boʻyicha bilimlar
- farmatsevtik terminlarni tushunish va shakllantirish.
- retseptlarni yozish va tarjima qilish uchun zarur fonetik va grammatik qoidalarni bilish.
- dori shakllari, dori vositalari nomenklaturasi, xalqaro patentlanmagan nomlarni tuzishning asosiy tamoyillarini oʻzlashtirish.
- retseptning lotincha qismini tuzish qoidalari va talablarini bilish.
- Lugʻat va aforizmlar boʻyicha bilimlar
- anatomik, klinik va farmatsevtik terminologiyaga oid 900 dan ortiq leksik birliklarni bilish.
- keng tarqalgan lotin aforizmlari, maxsus iboralar va maqollarni yoddan bilish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- xalqaro tibbiy hujjatlar, ilmiy maqolalar, retsept va boshqa kasbiy matnlardagi tibbiy terminlarni toʻgʻri oʻqish, tushunish va ilmiy tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻladi.
- tibbiyot va farmatsiya sohasida lotin va yunon asosli terminlardan aniq, toʻgʻri va samarali foydalanadi, bu orqali kasbiy muloqot va ilmiy izlanishlarda yuqori saviyada ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.
5. Fan mazmuni
Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||
| 1. |
Urg’u qo’yish qoidalari. Tana sohalari va bo‘shliqlar terminlari.
|
2 |
| 2. |
Ot va uning grammatik kategoriyalari haqida ma’lumot. Negiz. Skelet tizimi terminlari
|
2 |
| 3. |
Sifat va grammatik kategoriyalari. Bosh skeleti terminlari
|
2 |
| 4. |
Murakkab anatomik terminlar tuzish. Sindesmologiya terminlari
|
2 |
| 5. |
Sifat darajalari. Qiyosiy daraja. Mushak tizimi terminlari.
|
2 |
| 6. |
Sifat darajalari: Orttirma daraja. Mushak tizimi terminlari.
|
2 |
| 7. |
Otlarning 3-turlanishi. Mujskoy roddagi otlar. Hazm a’zolari tizimi terminlari
|
2 |
| 8. |
Otlarning 3-turlanishi. Jenskiy roddagi otlar. Nafas a’zolari tizimi terminlari
|
2 |
| 9. |
Otlarning 3-turlanishi. Sredniy roddagi otlar. Siydik va tanosil apparati terminlari.
|
2 |
| 10. |
Otning ko‘plik shaklini yasash. Ichki sekretsiya bezlari tizimi terminlari
|
2 |
| 11. |
Sifatning ko‘plik shaklini yasash. Yurak-qon tomir tizimi terminlari
|
2 |
| 12. |
Otlarning 3-turlanishi Nom.Plur.va Gen.Plur.da. Yurak-qon tomir tizimi terminlari
|
2 |
| 13. |
|
2 |
| 14. |
Sezgi va integumentar a’zolarga oid terminlar |
2 |
| 15. |
Klinik terminologiyaga kirish.
|
2 |
| 16. |
A’zolar va tizimlarning klinik terminlari
|
2 |
| 17. |
Kasallik nomlari va ularning klinik ifodasi
|
2 |
| 18. |
Jarrohlik va tibbiy protseduralar terminlari
|
2 |
| 19. |
Klinik terminlar yasovchi yunon–lotin dubletlari.
|
2 |
| 20. |
Klinik terminlar yasovchi yunon–lotin dubletlari.
|
2 |
| 21. |
Farmatsevtik terminologiyaga kirish.
|
2 |
| 22. |
Retsept yozish qoidalari: ko‘makchilarni qo‘llash.
|
2 |
| 23. |
|
2 |
| 24. |
Tabletka, shamchalar va ko‘z plyonkalarini yozishda tushum kelishigining qo‘llanilishi
|
2 |
| 25. |
Kimyoviy elementlarning retseptura terminologiyasidagi o‘rni
|
2 |
| 26. |
Oksidlar va tuzlarning nomlanishi va qo‘llanilishi
|
2 |
| 27. |
|
2 |
| 28. |
Retseptda asosiy qisqartmalar.
|
2 |
| 29. |
Farmatsevtik terminologiya bo‘yicha umumlashtirilgan mashg’ulot.
|
2 |
| 30. |
Tibbiy terminologiyaga kirish. Alifbo. Talaffuz meyorlari.
|
2 |
| Jami | 60 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Asab tizimiga oid terminlarga lug’at tuzish. |
| 2. |
Suffiks va prefikslarlarning qo’llanilishi bo’yicha taqdimot. |
| 3. |
Ilm-fan, davolash, kasalliklarni ifodalovchi termin-elementlar bo’yicha lug’at tuzish. |
| 4. |
Jarrohlik amaliyotiga oid klinik atamalar ishtirokida taqdimot tayyorlash. |
| 5. |
Klinik terminlar yasovchi yunon–lotin dubletlari bo’yicha lug’at tuzish. |
| 6. |
Farmatsevtik terminlar strukturasi bo’yicha taqdimot tayyorlash. |
| 7. |
Dori shakllari va turlari bo’yicha taqdimot. |
| 8. |
Standart retsept yozish formulirovkalari. |
| 9. |
Oksidlar, tuzlarning retseptda aks ettirilishi bo’yicha taqdimot. |
| 10. |
Tana suyaklari terminlariga lug’at tuzish. |
| 11. |
Mushaklarni ifodalovchi terminlar taqdimoti. |
| 12. |
Anatomik terninologiya bo’yicha taqdimot va lug’atlar tuzish: |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Nasirdinova Y.A., Atamirzayeva M. X. Lotin tili va tibbiy terminologiya. Darslik. Toshkent. 2025-yil.
- Rustamova S.Sh., Saydullaeva M.A., Abdullaeva R.M. Lotin tili va tibbiy terminologiya. Darslik. Toshkent. 2017-yil.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Xodjayva L.U., Zohidova X.A., Rahmatullayeva Z. Z. Lotin tili. Darslik. Andijon. 2005
- Бондаренко М. А. Латинский язык и основы медицинской терминологии. Учебник. Киев. 2007
- Чернявский М.Н. Латинский язык и основы медицинской терминологии. Учебник. Москва. 2007 г.
7.3. Axborot manbaalari
- https://rusneb.ru/catalog/000199_000009_003036460/
- https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/tibbiyot/Lotin%20tili%20(L.Xo'jayeva,%20X.Zohidova,%20Z.Rahmatullayeva).pdf
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma ish | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Nasirdinova Yorkinoy Abdumuxtarovna, KUAF, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Atamirzayeva Maxliyo Xabibullayevna, KUAF, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
nasirdinovayorkinoy@mail.com atamirzayevamaxliyo@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
D.Sayidraximova - KUAF Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi professori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- M.U.Abduraxmonova - Andijon Tibbiyot instituti Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrsi dotsenti(PhD), --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Juma, soat 15.00 – 18.00, B-bino 209 - xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tibbiyotda tillarni oʻqitish» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) Y.Nasirdinova Kafedra mudiri |
(imzo) M.Atamirzayeva Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) Y.Nasirdinova Fan oʻqituvchisi |
