Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek folklori

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili)
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Oʻzbek folklori Fan kodi OʻF106
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
72
(aud)
108
(must)
36 36
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarga xalq ogʻzaki ijodi namunalarining sinkretik sanʼat sifatida xalq maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutishini, unda oʻzbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti oʻzining badiiy ifodasini topganligi, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalari va ularning janrlar tarkibi, oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha ilmiy-nazariy maʼlumot berishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalarining sinkretik sanʼat sifatida xalq maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutishini, etnos hayoti va tarixining folklor asarlarida badiiy ifoda topishini, xalq marosim va udumlari folklorining mohiyatida turishini, xalq ogʻzaki ijodi millat farzandlarining maʼrifiy dunyoqarashi, estetik didini shakllantirishda muhim tarbiyaviy asos vazifasini bajarishini bilishi kerak;
  • Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalarini oʻziga xos xususiyatlari, ularning janrlar tarkibi, poetikasi haqida ilmiy-nazariy bilimga ega bоʼlishlari kerak;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • talabalarning xalq ogʻzaki ijodi asarlarining, janr xususiyatlarini aniqlash, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash, gʻoyaviy-badiiy xususiyatlarini tahlil va talqinlar orqali yoritib bera olish kabi koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak;
  • oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining jahon folklori merosida munosib oʻrnini anglashi, qiyosiy tahlil qila olishi va baholash malakalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Afsona, rivoyat va naqllar

  1. Afsona janrining oʻrganilishi, janr xususiyatlari.
  2. Afsonalar tasnifi, kompozitsion xususiyatlari.
  3. Rivoyat janrining oʻrganilishi, janr tabiati va tasnifi.
  4. Naqlning oʻziga xos xususiyatlari va kompozitsiyasi.
2
2.

Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

  1. Qahramonlik dostonlarining oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Alplik tizimi qahramonlik dostonlari uchun mezon.
  3. Qahramonlik dostonida etnos va epos muammosi.
  4. “Alpomish” dostonidagi yetakchi qahramonlar.
  5. Dostondagi asosiy motivlarning syujet koʻlamidagi oʻrni.
  6. Dostonlardagi epik qoliplar, anʼanaviy sheʼriy takrorlarning badiiyati.
2
3.

Xalq dostonlari va baxshichilik maktablari

  1. Doston - xalq ogʻzaki ijodining sinkretik janri.
  2. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari.
  3. Terma janrining xalq epik ijodidagi oʻrni, mavzu doirasi, tasnifi, gʻoyaviy badiiy xususiyatlari,baxshi- shoirlar ijodidagi, epik asarlar ijro jarayonidagi vazifalari.
  4. Dostonlar tasnifi masalasi.
2
4.

Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

  1. Qahramonlik dostonlarining oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Alplik tizimi qahramonlik dostonlari uchun mezon.
  3. Qahramonlik dostonida etnos va epos muammosi.
  4. “Alpomish” dostonidagi yetakchi qahramonlar.
  5. Dostondagi asosiy motivlarning syujet koʻlamidagi oʻrni.
  6. Dostonlardagi epik qoliplar, anʼanaviy sheʼriy takrorlarning badiiyati.
2
5.

Romanik dostonlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

  1. Romanik dostonlarning oʻziga xosligi, yetakchi motivlari, qahramonlari, syujet tiplari, badiiy tasviriy vositalari, gʻoyaviy qatlamlari.
  2. «Goʻroʻgʻli» turkumi dostonlari romanik dostonlarning mumtoz namunalari sifatida.
  3. «Goʻroʻgʻli» turkumi dostonlarining oʻrganilishi.
  4. ”Ravshan” dostoni tahlili.
2
6.

“Kuntug’mish”, “Go‘ro‘g‘lining tug`ilishi va bolaligi” dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

  1. «Kuntugʻmish» dostoni obrazlar tizimi, yetakchi motivlari.
  2. «Kuntugʻmish» dostonida yozma adabiyot anʼanalari.
  3. “Goʻroʻgʻlining tugʻilishi va bolaligi” dostonining obrazlar tizimi va gʻoyaviy- badiiy xususiyatlari.
  4. ”Ravshan” dostoni tahlili.
2
7.

”Rustamxon” turkumi dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

  1. ”Rustamxon” turkumi haqida maʼlumot.
  2. “Murodxon” dostonining oʻrganilishi va gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
  3. ”Rustamxon” dostonining obrazlar tizimi, yetakchi motivlari va badiiyati.
2
8.

Kitobiy dostonlarning g`oyaviy-badiiy xususiyatlari

  1. Kitobiy dostonlarning oʻziga xos xususiyatlari.
  2. “Layli va Majnun” dostonining gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
  3. “Farhod va Shirin” dostoni tahlili.
2
9.

Tarixiy dostonlarning o`ziga xos xususiyatlari

  1. Tarixiy dostonlarning janriy tabiati.
  2. Tarixiy dostonlar kompozitsiyasi, obrazlar tizimi va badiiyati.
  3. “Oysuluv” dostonining obrazlar tizimi, gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
2
10.

Xalq ertaklari:janr xususiyatlari va badiiyati

  1. Ertak termini, ertak janri xususiyatlari va oʻrganilishi.
  2. Sehrli-fantastik ertaklarning oʻziga xos xususiyatlari.
  3. Hayvonlar haqidagi ertaklarning obrazlar tizimi va kompozitsiyasi.
  4. Hayotiy-maishiy ertaklarning yetakchi motivlari
  5. Kumulyativ ertaklarning oʻziga xosligi.
2
11.

Mavsumiy marosim folklori janrlari va mehnat qo`shiqlari

  1. Mavsumiy marosim folklorida soʻz magiyasining badiiy estetik sathga oʻtishi.
  2. Bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki marosim folklori janrlari.
  3. Mavsum-marosim qoʻshiqlari tahlili: Sust xotin, Choy momo, Yo Haydar.
  4. Mehnat qoʻshiqlarining oʻziga xos xususiyatlari va tasnifi.
2
12.

Oilaviy marosim folklori janrlar tarkibi va badiiyati

  1. Oilaviy marosim folklorining oʻrganilishi va oʻziga xosligi.
  2. Toʻy marosimi folklori janrlar tarkibi. Yor-yor, kelin salom, oʻlan janrlarining obrazlar tizimi, sheʼriy tuzilishi va badiiyati.
  3. Motam marosimi folklori janrlari tabiati va oʻziga xos jihatlari.
2
13.

Xalq qoʻshiqlari

  1. Xalq qoʻshiqlarining janr xususiyatlari, oʻrganilishi va tasnifi.
  2. Mehnat qoʻshiqlarining oʻziga xos xususiyatlari.
  3. Lirik qoʻshiqlarga xos xususiyatlar, mavzu turlari va badiiyati.
  4. Lirik qoʻshiqlarda ramz va timsollarning vazifalari.
  5. Tarixiy qoʻshiqlarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
2
14.

Bolalar folklori janrlar tarkibi va badiiyati

  1. Bolalar folklorining oʻrganilishi, janrlar tarkibi va oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Bolalar qoʻshiqlari badiiyati.
  3. Alla qoʻshiqlari obrazlar tizimi, kompozitsiyasi va badiiyati.
  4. Bolalar oʻyin folklori janrlari, oʻziga xos xususiyatlari.
2
15.

Paremik tur janrlari: maqol va matallar

  1. Paremiologiya haqida maʼlumot.
  2. Xalq maqollarining oʻrganilishi, janriy xususiyatlari va tasnifi.
  3. Maqollarda obrazlilik, oʻz va koʻchma maʼnolar, badiiyati.
  4. Matallarning oʻziga xos xususiyatlari.
2
16.

Topishmoq va tez aytishlar

  1. Topishmoqlarning oʻrganilishi va janr xususiyatlari.
  2. Topishmoqlarning badiiy xususiyatlari: timsollar olami, syujet va kompozitsion jihatlar.
  3. Tez aytish janri tabiati, vazifadorligi va badiiyati.
2
17.

Dramatik tur janrlari

  1. Dramatik tur va janrlarining oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Xalq teatrlari, qiziqchilik, masxarabozlik, qoʻgʻirchoqbozlik.
  3. Askiya oʻzbek xalqining milliy merosi sifatida.
  4. Askiyalar tasnifi, turlari va badiiyati.
2
18.

Lof va latifa janrlari

  1. Loflarning janr xususiyatlari va obrazllar tizimi.
  2. Loflardagi mubolagʻa sanʼatining oʻrni va badiiy vazifalari.
  3. Latifa kichik nasriy janri sifatida.
  4. Latifalarning janr xususiyatlari, kompozitsiyasi, obrazlar tizimi va badiiyati
2
Jami 36
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Kirish. Xalq og‘zaki ijodi so‘z san’ati sifatida.  

  1. Mustaqillik davrida oʻzbek folklorini oʻrganishga eʼtiborning kuchayishi.
  2. Xalq ogʻzaki ijodining oʻziga xos xususiyatlari: anonimlik, ogʻzakilik, jamoaviylik, versiya va variantlilik, anʼanaviylik.
  3. . Mif va uning tasnifi. Miflar talqini.
  4. Folklorda tur va janrlar masalasi.
2
2.

Afsona, rivoyat va naqllar  

  1. Afsona janrining oʻrganilishini yoritish..
  2. Afsona turlari, janr xususiyatlari kompozitsion xususiyatlarini tahlillar yordamida koʻrsatish.
  3. Rivoyat janrining oʻrganilishini yoritish.
  4. Rivoyatlarning janr tabiatini tahlillar orqali koʻrsatish.
  5. Naqlning oʻziga xos xususiyatlarini yoritish.
2
3.

Xalq dostonlari va baxshichilik maktablari  

  1. Dostonda kuy, ijro va soʻz sanʼti birligi (sinkretikligi).
  2. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari haqida maʼlumot berish.
  3. Terma janrining xalq epik ijodidagi oʻrni, mavzu doirasi, tasnifi, gʻoyaviy badiiy xususiyatlari,baxshi- shoirlar ijodidagi, epik asarlar ijro jarayonidagi vazifalarini yoritish.
  4. Dostonlar tasnifi borasidagi nazariy qarashlar.
  5. Xalq dostonlarida turkumlik masalasi.
2
4.

Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari  

  1. Alplik tizimi xususiyatlarini “Alpomish” va “Goʻroʻglining tugʻilishi” dostoni misolida yoritish.
  2. “Alpomish” dostonida etnos va epos muammosi, passionar va inert xalq vakillari obrazi.
  3. Dostondagi asosiy motivlarning syujet koʻlamidagi oʻrni va vazifalarini tahlil va talqinlar orqali yoritish.
  4. Dostonlardagi epik qoliplar, anʼanaviy sheʼriy takrorlarning badiiyati.
2
5.

Romanik dostonlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari  

  1. Romanik dostonlarning oʻziga xosligi, yetakchi motivlari, qahramonlari, syujet tiplari, badiiy tasviriy vositalari, gʻoyaviy qatlamlari.
  2. «Goʻroʻgʻli» turkumi haqida maʼlumot va oʻrganilishi.
  3. ”Ravshan” dostoni tahlili.
2
6.

“Kuntug’mish”, “Go‘ro‘g‘lining tug`ilishi va bolaligi” dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari  

  1. «Kuntugʻmish» dostoni obrazlar tizimi, yetakchi motivlari tahlili.
  2. «Kuntugʻmish» dostonida yozma adabiyot anʼanalarini tahlillar yordamida yoritish.
  3. .“Goʻroʻgʻlining tugʻilishi va bolaligi” dostonini tahlil qilish.
2
7.

"Rustamxon” turkumi dostonlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari  

  1. ”Rustamxon” turkumi haqida maʼlumot.
  2. ”Rustamxon” dostonining obrazlar tizimi.
  3. Dostonning yetakchi motivlari va badiiyatini tahlillar yordamida yoritish.
2
8.

Kitobiy dostonlarning g`oyaviy-badiiy xususiyatlari  

  1. Kitobiy dostonlarning oʻziga xos xususiyatlari.
  2. “Layli va Majnun” dostonining obrazlar tizimi, ifoda shakli.
2
9.

Tarixiy dostonlarning o`ziga xos xususiyatlari  

  1. Tarixiy dostonlar kompozitsiyasi, obrazlar tizimi va badiiyati.
  2. “Oysuluv” dostonini tahlil qilish.
2
10.

Xalq ertaklari:janr xususiyatlari va badiiyati  

  1. Ertak termini, ertak janri xususiyatlari va oʻrganilishi.
  2. Sehrli-fantastik ertaklar: sehrli-fantastik ertaklar magʻzidagi xalq falsafiy dunyoqarashi va uning badiiy talqinlari, ramz va timsollari ochiladi. “Kulsa gul, yigʻlasa dur”, “Ur, toʻqmoq”, “Ahmadlar”, “Gungula”, “Dunyoda yoʻq hunar” kabi ertaklar tahlili.
  3. Hayvonlar haqidagi ertaklar: hayvonlar haqidagi ertaklar genezisi, ularning mifologik va mavsumiy marosimlar bilan aloqasi, badiiy ramz va timsollari haqida soʻz boradi. “Susambil”, “Tuxum bilan buyrak”, “Qirq quloq”, “Ovchi, koʻkcha va dono”, “Boʻri bilan tulki” kabi ertaklar tahlili 4. Hayotiy-maishiy ertaklarning yetakchi motivlari
  4. Hayotiy-maishiy ertaklar: “Uch koʻr va bir yigit”, “Egri va toʻgʻri”, “Uch ogʻayni botirlar” kabi hayotiy-maishiy ertaklarning badiiy qimmati, gʻoyaviy koʻlami, yetakchi motivlari, asosiy qahramonlarini yoritish.
  5. Kumulyativ ertaklarning oʻziga xosligini tahlillar orqali yoritish.
2
11.

Mavsumiy marosim folklori janrlari va mehnat qo`shiqlari  

  1. Mavsumiy marosim folklorida soʻz magiyasining badiiy estetik sathga oʻtishi.
  2. Bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki marosim folklori janrlarining oʻziga xos xususiyatlarini yoritish.
  3. Mavsum-marosim qoʻshiqlari: Navroʻz, shohmoylar, Sust xotin, Choy momo, loy tutish kabi marosimlarning verbal tizimi tahlili.
  4. Mehnat qoʻshiqlarining oʻziga xos xususiyatlarini tahlillar orqali yoritish.
2
12.

Oilaviy marosim folklori janrlar tarkibi va badiiyati  

  1. Oilaviy marosim janrlari:yor-yor, kelin salom, oʻlan va boshqa namunalraning badiiyati, obrazlar tizimi, sheʼriy tuzilishi, ohang yoʻllarini tahlil qilish orqali yoritish.
  2. . Motam marosimi folklori janrlari: yigʻi va yoqlovlarning oʻziga xos jihatlari.
  3. Soʻz magiyasiga asoslangan janrlar: afsun-duo, olqish, qargʻishlar tabiati.
2
13.

Xalq qoʻshiqlari  

  1. Lirik qoʻshiqlarning obrazlar tizimi va badiiyatini tahlillar orqali yoritish.
  2. Lirik qoʻshiqlarda ramz va timsollar mohiyati va badiiy talqinlarini tahlillar orqali yoritish.
  3. Tarixiy qoʻshiqlarning obrazlar tizimi, gʻoyaviy-badiiy xususiyatlarini yoritish.
2
14.

Bolalar folklori janrlar tarkibi va badiiyati  

  1. Bolalar folklorining oʻrganilishi, janrlar tarkibi va oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Erkalama, chandish, ovutmachoq, sanama, hukmlagich kabi janrlar tabiatini tahlillar yordamida yoritish.
  3. Bolalar qoʻshiqlaridan tahlil qilish.
  4. Alla qoʻshiqlari obrazlar tizimi, kompozitsiyasi va badiiyati.
  5. Bolalar oʻyin folklori janrlari, oʻziga xos xususiyatlari.
2
15.

Paremik tur janrlari: maqol va matallar  

  1. Paremiologiya haqida maʼlumot.
  2. Xalq maqollarining oʻrganilishi, janriy xususiyatlari va tasnifi.
  3. Maqollardagi oʻz va koʻchma maʼnolarni tahlillar orqali koʻrsatish.
  4. Maqollarning obrazlar tizimi, mavzu doirasi, kompozitsiyasini tahlillar yirdamida yoritish.
  5. Matallarning oʻziga xos xususiyatlari.
2
16.

Topishmoq va tez aytishlar  

  1. Topishmoqlarning oʻrganilishi va janr xususiyatlari.
  2. Topishmoqlarning badiiy xususiyatlari: timsollar olami, syujet va kompozitsion jihatlarini tahlillar orqali yoritish.
  3. Tez aytish tahlil qilish (janri tabiati, vazifadorligi va badiiyatini yorittish)
2
17.

Dramatik tur janrlari  

  1. Xalq teatrlari, qiziqchilik, masxarabozlik, qoʻgʻirchoqbozlik va ularning tarixi haqida maʼlumot.
  2. Askiyalarning turlari, askiyachilari haqida maʼlumotlar berish.
  3. Askiyaning payrov, gulmisiz, oʻxshatdim va boshqa turlarini tahlil qilish va soʻz oʻyinlarining askiyadagi ahamiyatini yoritish.
  4. Askiyachining omonim soʻzlardan foydalanish mahoratini yoritish.
2
18.

Lof va latifa janrlari  

  1. Loflarning janr xususiyatlari va obrazllar tizimini tahlillar orqali koʻrsatish.
  2. Loflardagi mubolagʻa sanʼatining oʻrni va badiiy vazifalarini yoritish.
  3. Latifalarning janr xususiyatlari va badiiy qatlam maʼnolari yoritiladi.
  4. Latifalarning kompozitsion jihati, til xususiyatlari, zamonaviy latifalarning ijtimoiy mazmunini tahlillar orqali yoritish.
  5. Nasriddin Afandi obrazining genezisi va unga yondash qahramonlar bilan bogʻliq jihatlari koʻrsatish.
2
Jami 36

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Folklor asarlari kompozitsiyasi badiiyati bo`yicha tezis tayyorlash

2.

“Alpomish” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

3.

“Go‘ro‘g‘lining tug`ilishi va bolaligi” dostoni tahlili

4.

“Kuntug‘mish” dostonida yozma adabiyot an’analari

5.

Ertaklar mavzusi bo`yicha keyslar tayyorlash

6.

Xalq qo`shiqlaridan tahlil qilish

7.

Baxshichilik maktablari va baxshilar faoliyati

8.

O‘zbek folklorshunos olimlarining ilmiy faoliyati

9.

Mif va badiiy adabiyot munosabatlari

10.

Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, versiya va variantlarining farqli jihatlari.

11.

Xalq og‘zaki ijodining janrlari. Janrlararo munosabatlar

12.

Afsona janri xususiyatlari

13.

Rivoyat janri xususiyatlari

14.

Naqllarning o`ziga xosligi

15.

Mavsumiy marosim folklori va ularning badiiyati

16.

Oilaviy marosim folklori va ularning badiiyati

17.

Xalq dostonlari . Baxshilik san‘ati, dostonchilik maktablari . Doston turlari

18.

Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari. “Alpomish” dostoni

19.

Romanik dostonlarning g‘oyaviy -badiiy xususiyatlari. “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari.

20.

“Kuntug’mish” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

21.

"Ravshan” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

22.

“Murodxon” dostoni tahlili

23.

"Rustamxon” dostonidagi yetakchi motivlar

24.

Tarixiy dostonlarning o`ziga xos xususiyatlari. “Oysuluv” dostoni obrazlar tizimi

25.

Kitobiy dostonlarning o`ziga xos xususiyatlari. “Layli va Majnun” dostoni tahlili

26.

Xalq ertaklari, janr xususiyatlari va badiiyati

27.

Xalq ertaklari, janr xususiyatlari va badiiyati

28.

Mehnat qo‘shiqlari.

29.

Lirik qo‘shiqlar.

30.

Maqollarning badiiyati, obrazlilik, o‘z va ko‘chma ma'nolari

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek folklori. Darslik. – Toshkent:Malik print CO, 2021. – 240 b.
  2. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Darslik. – Toshkent: Musiqa, 2010. – 367 b.
  3. Eshonqulov J. Tilavov A. O‘zbek folklori /Darslik. – Toshkent:Tafakkur bo‘stoni, 2020. – 250 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Eshonqulov J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 2006.
  2. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – T., 2005.
  3. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. – Toshkent: Fan, 1995.
  4. Safarov O. O‘zbekiston xalqlari etnografiyasi va folklori. – Toshkent: Musiqa, 2021
  5. Turdimov Sh. Etnos va epos. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012.

7.3. Axborot manbaalari

  • www.folklor.ru.
  • www.folksentr.ru

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13-haftalar davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi104-14-haftalar davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13-haftalar davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13-haftalar davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Eshanova Zilolaxon Qoʻchqarovna,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: bektashevagulbahor764@gmail.com
eshonovazilola@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Tojiboyeva - Andijon davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

F.Xabibullayeva - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

G.Bektasheva

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

Z.Eshanova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Ichki taqriz ikkinchi sahifasi
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi