![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʻzbek adabiyoti tarixi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi oʻzbek filologiyasi taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talaba yoshlarni madaniy va maʼnaviy ildizlardan uzilmaslik ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Adabiy namunalarni oʻrgatish, oʻzlashtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkur koʻlamini yuksaltirish, komil maʼnaviyatni shakllantirish nazarda tutilgan.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Mumtoz adabiyotning vujudga kelishi, uning mohiyati, maqsadlari hamda mazkur davr namoyandalari hayoti, ijodi va eng muhim asarlarini; ushbu davr adabiyoti boʻyicha muammoli masalalarni bilish; Mustaqillik sharofati bilan mumtoz adabiy merosimizga munosabat yangilandi. Shunga koʻra, zamon talabi uni yanada chuqurroq tadqiq etish, falsafiy asoslarini teran anglash, baholashda poetik mahorat jihatidan yondoshish, birlamchi manbalar vositasida xulosalar chiqarish, mavjud matnlarning yangicha talqinlarini havola etish, mustaqil va zamonaviy saboqlarini hayotga tadbiq etiladi.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Talabalar oʻzbek mumtoz adabiyotining nodir namunalari bilan tanishadi;
- noyob adabiy, ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini anglaydi;
- talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur yanglash koʻnikmasini hosil qilinadi;
- mavjud matnlarni tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish masalasini shakllantiriladi.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||
| 1. |
Asotirlar va qahramonlik qissalari. Qadimgi qo‘shiqlar va lirik she’rlarning mavzu doirasi
|
2 |
| 2. |
“Avesto” – adabiy-badiiy manba sifatida. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari
|
2 |
| 3. |
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari
|
2 |
| 4. |
Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu lug‘otit-turk” asari
|
2 |
| 5. |
Rabg‘uziy. “Qissasi Rabg‘uziy” asari
|
2 |
| 6. |
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari
|
2 |
| 7. |
Yassaviy va uning hikmatlari. Pahlavon Mahmud – ruboiynavis
|
2 |
| 8. |
Haydar Xorazmiyning va uning adabiy merosi
|
2 |
| 9. |
Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asari
|
2 |
| 10. |
Qutb Xorazmiyning “Xusrav va Shirin” dostoni - erkin tarjima namunasi sifatida
|
2 |
| 11. |
Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni
|
2 |
| 12. |
Sayid Ahmad Mirzo, Xo‘jandiy, Yusuf Amiriylar adabiy meroslari haqida
|
2 |
| 13. |
Xorazmiy “Muhabbatnoma” –asari noma janrining yetuk namunasi sifatida
|
2 |
| 14. |
Atoiy hayoti va ijodiy merosi. Mavlono Lutfiy hayoti va ijodiy merosi
|
2 |
| 15. |
Sakkokiy qasidanavis. Husayniy devoni poetikasi
|
2 |
| Jami | 30 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Asotirlar va qahramonlik qissalari yuzasidan taqdimot tayyorlash |
| 2. |
“Avesto”dagi obrazlarni tahlil qilish |
| 3. |
“Devonu lug‘otit-turk” asaridagi adabiy janrlarni aniqlash |
| 4. |
“Devonu lug‘otit-turk” asaridagi obrazlarni tahlil qilish |
| 5. |
“Hibat ul-haqoyiq” asaridan parcha yod olish |
| 6. |
Pahlavon Mahmud ruvoiylaridan yod olish |
| 7. |
"Ulug’bek madhi” qasdidasini tahlil qilish |
| 8. |
Atoiyning “Jamoling vasfini”, “Ul sanamkim” g’azallarini yodlash |
| 9. |
“Muhabbatnoma” – asarini tahlili |
| 10. |
“Qissasi Rabg‘uziy” asari tahlili |
| 11. |
Lutfiy g’azallari tahlili |
| 12. |
Gadoiy lirikasidan namunalar yodlash |
| 13. |
“Hikmatlar”dan namunalar yodlash |
| 14. |
Noma janri taraqqiyotini tahlil qilish |
| 15. |
“Risola” tahlili |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Rahmonov N. O’zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). Darslik. Toshkent: Sano-standart, 2017. 556 b.
- Orzibekov R. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O‘quv qollanma–T.: Fan, 2006. 326 b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Abdurahmonov A. Turkiy adabiyotning qadimgi davri. Darslik – T.: 2005. 342 b.
- Dolimov U. Milliy uyg‘onish pedagogikasi. –T.: Noshir, 2012. 256 b.
7.3. Axborot manbaalari
- ziyouz.com
- kitobsevar.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Amaliy mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Amaliy mashgʻulot | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Qodirov Abdulazizbek Luqmonjon oʻgʻli, KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
qodirovabdulaziz514@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
M.Tojiboyeva - Andijon davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- G.Bektasheva - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, A205 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) F.Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) A.Qodirov Fan oʻqituvchisi |
