Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek (rus) tili

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (roman-german tillari)
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Oʻzbek (rus) tili Fan kodi JMS1204
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
48
(aud)
72
(must)
48
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarda oʻzbek tiliga oid boshlangʻich bilimlarni hosil qilish. Nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi davlat tilida ish yuritish asoslari bilan yaqindan tanishtirish, oʻzbek tilini chuqur oʻrgatish, uning grammatik qurilishi, lugʻat boyligi va uslubiy imkoniyatlarini talabalarga yetkazish; savodxonlikni oshirish – toʻgʻri yozish, toʻgʻri talaffuz qilish, adabiy meʼyorlarga rioya qilishni shakllantirish; nutq madaniyatini yuksaltirish – ogʻzaki va yozma nutqda aniq, loʻnda va ifodali gapira olish koʻnikmalarini berish; talabalarga oʻz mutaxassisligi doirasida oʻzbek tilidan samarali foydalanish malakasini hosil qilish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • oʻzbek tilining zaruriy maʼlumotlari majmuasi (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, oʻzbek tilining imlo qoidalari, oʻzbek tilining leksik qatlami, oʻzbek tilida soʻz yasalishi, nutq uslublari) haqida bilimga ega boʻlish,
  • talabalarning mantiqiy fikrlashga, toʻgʻri xulosa chiqarishga, oʻzbek tiliga oid bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi bilimlar majmuyiga ega boʻlishi;
  • ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotda qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllay olish;
  • nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, mantiqiy fikrlash, ilmiy xulosalash hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi lozim.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati koʻnikmalariga ega boʻladi;
  • fan boʻyicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish koʻnikmalariga ega boʻladi;
  • berilgan topshiriqlar boʻyicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish koʻnikmalariga ega boʻladi.

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik  

  1. Muzeylar – oʻtmish va kelajak orasidagi koʻprik mavzusida matn
  2. Oʻzbekistondagi muzeylar haqida taqdimot tayyorlash
  3. Sohaviy terminlar va ularning qoʻllanishi
2
2.

Kitob mutolaasi  

  1. Kitob tarixi matni
  2. Oʻqilgan kitob boʻyicha roʻyxat tuzish
  3. Erkin va turgʻun birikmalar
2
3.

Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba  

  1. Adabiyot – maʼnaviyat koʻzgusi matni
  2. Mashhur adabiy qahramonlar haqida taqdimot tayyorlash
  3. Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari
2
4.

Ommaviy axborot vositalari  

  1. Ommaviy axborot vositalari matni
  2. XXI asrda axborotning oʻrni mavzusida esse yozish
  3. Publisistik uslub va uning xususiyatlari
2
5.

XXI asrda innovatsiyalar  

  1. Turli sohalarga oid innovatsiyalar haqida
  2. “Zamondoshlarimizning kashfiyotlari” mavzusida taqdimot tayyorlash
  3. Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
2
6.

Tabiat va inson hamda salomatlik  

  1. Tabiat va inson matni
  2. Orol fojeasi boʻyicha taqdimot tayyorlash
  3. Intervyu olish va intervyu berish tartibi
2
7.

Huquqiy madaniyat  

  1. “Qonunlarni oʻrganish va ularga rioya qilish” matnini tuzish
  2. Rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari
2
8.

Ilm maskanimiz hayotidan  

  1. Ilm maskani haqida matn tayyorlash
  2. Soʻzlashuv uslubi va uning oʻziga xos xususiyatlari. Shevaga xos soʻzlar
2
9.

Kasbim tarixi  

  1. “Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” matni
  2. Soha lugʻatlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi
2
10.

Iqtidor va mehnat  

  1. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarga yaratilayotgan sharoit haqida maʼlumot
  2. Matnga soʻz va termin tanlash
2
11.

Yetuk mutaxassis  

  1. “Sohamiz ravnaqi” mavzusida matn
  2. Matn tahlili va tahriri
2
12.

Men sevgan asar  

  1. “Adabiyotning kishi ruhiy dunyosiga taʼsiri” mavzusida esse tayyorlash
  2. Badiiy tasvir vositalari
2
13.

Ish yuritish tili va uslubi  

  1. Hujjatchilik tarixi haqida maʼlumot
  2. Ish yuritish terminlari lugʻatini tuzish
2
14.

Hujjat turlari va xususiyatlari  

  1. Hujjat tayyorlashning asosiy qoidalari
  2. Ish yuritish hujjatlarning roʻyxatini tuzish
2
15.

Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari  

  1. Tashkiliy hujjatlarning vazifasi.
  2. Tashkiliy hujjatlarning turlari
2
16.

Farmoyish hujjatlari va ularning turlari  

  1. Buyruq, Farmoyish, Koʻrsatma
  2. Oliy taʼlim muassasasi buyrugʻini tayyorlash
2
17.

Ma’lumot-axborot hujjatlari  

  1. Maʼlumot-axborot hujjatlarining vazifasi.
  2. Maʼlumot-axborot hujjatlarining turlari
2
18.

Xizmat yozishmalari. Xatlar.  

  1. Xizmat xatlarining turlari. Soʻrov xat. Iltimos xati
  2. Xizmat xatlarining matnlarini tuzish
2
19.

Davrimizning global muammolari  

  1. “Global muammolar” matni
  2. Insoniyat oldida turgan global muammolar boʻyicha taqdimot tayyorlash
  3. Maqola va uning turlari
2
20.

O‘zbek tili fanining maqsad va vazifalari. O‘zbekistоn – yagоnа Vаtаn  

  1. Oʻzbek tili fanining maqsad va vazifalari
  2. Oʻzbekistоn – yagоnа Vаtаn
  3. Orfoepiya qoidalari. Oʻzbek tilida tovushlar talaffuzi
2
21.

O‘zbek tili – Davlat tili  

  1. Oʻzbek yozuvlari tarixidan” matni
  2. Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan namunalar keltirish
  3. Oʻzbek tilining imlo qoidalari
2
22.

Milliy qadriyatlar – millat iftixori  

  1. Oʻzbek tilida soʻz yasalishi
  2. “Turli millatlarning urf-odatlari” mavzusida polilog tuzish
  3. Oʻzbek tilida soʻz yasalishi
2
23.

Tarix va zamonamiz  

  1. “Tаriх va zamonamiz” mаtnida tarixiy soʻzlar
  2. Oʻzbek tilining leksik qаtlаmlаri
2
24.

Zamonaviy dunyoda ta’lim  

  1. Turli davlatlarning taʼlim tizimi haqida matn tuzish
  2. Til va terminologiya
2
Jami 48

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

To‘maris va Shiroq haqidagi afsonalarni o‘qib, ushbu afsonalar asosida suratga olingan film bilan solishtiring

2.

Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi mavzusida referat tayyorlang

3.

Jadidchilik harakati namoyondalari faoliyati bilan tanishib chiqish va u asosida slayd tayyorlang

4.

O‘zbekiston muzeylari haqida taqdimot materiali tayyorlab, taqdimot qiling

5.

“O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida kichik tadbir tayyorlang

6.

O‘zbek adabiyoti namunalarini o‘qish va yod olish

7.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida ma’lumot yozib kelish

8.

Vatan haqidagi she’rlardan yod olish va izohlash

9.

“Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi” mavzusida referat tayyorlash

10.

Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar asosida matn tayyorlab kelish

11.

Dunyoning mashhur universitetlari haqida referat tayyorlash

12.

Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari haqida referat tayyorlash

13.

“Sevimli asarim” matnini tuzish

14.

Qomusiy olim al-Xorazmiy haqida referat tayyorlash

15.

Tabiat muhofazasi bo‘yicha maqola tayyorlash

16.

Biror tadbir reportaj matnini yaratish

17.

“Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida insho yozish

18.

“Universitstim bilan faxrlanaman” mavzusida matn tuzish

19.

“Insonning tabiatga munosabati’ mavzusida ma’ruza tayyorlash

20.

“Ustoz o‘giti” matnini maqol va hikmatli so‘zlar yordamida tuzish

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Aминов M., Maдвалиев A., Maҳкaмoв Н., Maҳмудов Н. Д. Иш юритиш. Aмaлий қўлланма. – Toшкент: Ўзбекистон, 2020.
  2. Muhiddinova X.S., Salisheva Z.I., Po‘latova X.S. O‘zbek tili ( Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 288 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Normatova Sh, Abdurahmonova M. Ozbek tili (darslik). – Toshkent: JI DU 2014, – 192 b.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni (yangi tahrirda) / O‘zR Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1989. - 26-28-son, 453-mossa; 1991. 11-son, 273-modda

7.3. Axborot manbaalari

  • https://arm.ssuv.uz
  • https://n.ziyouz.com

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrini dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTalabaning mashgʻulotlarda faolligi va savollarga bergan javobi baholanib boriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-15 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Joʻrayeva Mahliyo Dusmurod qizi,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Maxmudjonov Shohrux Sohibjon oʻgʻli,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: mjurayeva093@gmail.com
mahmudjonovshohruhbek97@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

F.Xabibullayeva - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

G.Hamraqulova - Andijon davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi v.b.dotsenti, fil,fan.fals.dok, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma 14.00 – 15.00, B 204 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Joʻrayeva

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

Sh.Maxmudjonov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan