![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʻzbek (rus) tili
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarda oʻzbek tiliga oid boshlangʻich bilimlarni hosil qilish. Nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi davlat tilida ish yuritish asoslari bilan yaqindan tanishtirish, oʻzbek tilini chuqur oʻrgatish, uning grammatik qurilishi, lugʻat boyligi va uslubiy imkoniyatlarini talabalarga yetkazish; savodxonlikni oshirish – toʻgʻri yozish, toʻgʻri talaffuz qilish, adabiy meʼyorlarga rioya qilishni shakllantirish; nutq madaniyatini yuksaltirish – ogʻzaki va yozma nutqda aniq, loʻnda va ifodali gapira olish koʻnikmalarini berish; talabalarga oʻz mutaxassisligi doirasida oʻzbek tilidan samarali foydalanish malakasini hosil qilish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- oʻzbek tilining zaruriy maʼlumotlari majmuasi (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, oʻzbek tilining imlo qoidalari, oʻzbek tilining leksik qatlami, oʻzbek tilida soʻz yasalishi, nutq uslublari) haqida bilimga ega boʻlish,talabalarning mantiqiy fikrlashga, toʻgʻri xulosa chiqarishga, oʻzbek tiliga oid bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi bilimlar majmuyiga ega boʻlishi;
- ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotda qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllay olish;
- nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, mantiqiy fikrlash, ilmiy xulosalash hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi lozim.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati koʻnikmalariga ega boʻladi;
- fan boʻyicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish koʻnikmalariga ega boʻladi;
- berilgan topshiriqlar boʻyicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish koʻnikmalariga ega boʻladi.
5. Fan mazmuni
Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||
| 1. |
Tabiat va inson hamda salomatlik
|
2 |
| 2. |
|
2 |
| 3. |
|
2 |
| 4. |
|
2 |
| 5. |
|
2 |
| 6. |
|
2 |
| 7. |
|
2 |
| 8. |
|
2 |
| 9. |
Hujjat turlari va xususiyatlari
|
2 |
| 10. |
Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari
|
2 |
| 11. |
Farmoyish hujjatlari va ularning turlari
|
2 |
| 12. |
|
4 |
| 13. |
|
2 |
| 14. |
O‘zbek tili fanining maqsad va vazifalari. O‘zbekistоn – yagоnа Vаtаn
|
2 |
| 15. |
|
2 |
| 16. |
Milliy qadriyatlar – millat iftixori
|
2 |
| 17. |
|
2 |
| 18. |
|
2 |
| 19. |
Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik
|
2 |
| 20. |
|
2 |
| 21. |
Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba
|
2 |
| 22. |
|
2 |
| 23. |
|
2 |
| Jami | 48 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
To‘maris va Shiroq haqidagi afsonalarni o‘qib, ushbu afsonalar asosida suratga olingan film bilan solishtiring. |
| 2. |
Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi mavzusida referat tayyorlang |
| 3. |
Jadidchilik harakati namoyondalari faoliyati bilan tanishib chiqish va u asosida slayd tayyorlang |
| 4. |
O‘zbekiston muzeylari haqida taqdimot materiali tayyorlab, taqdimot qiling |
| 5. |
“O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida kichik tadbir tayyorlang |
| 6. |
O‘zbek adabiyoti namunalarini o‘qish va yod olish |
| 7. |
Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida ma’lumot yozib kelish |
| 8. |
Vatan haqidagi she’rlardan yod olish va izohlash |
| 9. |
“Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi” mavzusida referat tayyorlash |
| 10. |
Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar asosida matn tayyorlab kelish |
| 11. |
Dunyoning mashhur universitetlari haqida referat tayyorlash |
| 12. |
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari haqida referat tayyorlash |
| 13. |
“Sevimli asarim” matnini tuzish |
| 14. |
Qomusiy olim al-Xorazmiy haqida referat tayyorlash |
| 15. |
Tabiat muhofazasi bo‘yicha maqola tayyorlash |
| 16. |
Biror tadbir reportaj matnini yaratish |
| 17. |
“Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida insho yozish |
| 18. |
“Universitstim bilan faxrlanaman” mavzusida matn tuzish |
| 19. |
“Insonning tabiatga munosabati’ mavzusida ma’ruza tayyorlash |
| 20. |
“Ustoz o‘giti” matnini maqol va hikmatli so‘zlar yordamida tuzish |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Aминов M., Maдвалиев A., Maҳкaмoв Н., Maҳмудов Н. Д. Иш юритиш. Aмaлий қўлланма. – Toшкент: Ўзбекистон, 2020.
- Muhiddinova X.S., Salisheva Z.I., Po‘latova X.S. O‘zbek tili ( Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 288 b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Normatova Sh, Abdurahmonova M. Ozbek tili (darslik). – Toshkent: JI DU 2014, – 192 b.
- O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni (yangi tahrirda) / O‘zR Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1989. - 26-28-son, 453-mossa; 1991.- 11-son, 273-modda.
7.3. Axborot manbaalari
- https://arm.ssuv.uz
- https://n.ziyouz.com
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Amaliy ish. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Amaliy ish | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna, KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
gulvahor@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
A.Qodirov - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- M.Tojiboyeva - Andijon davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-Juma, soat 14:00 – 15:00, Oʻqituvchilar xonasi |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) F.Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) G.Bektasheva Fan oʻqituvchisi |
