Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Umumiy xirurgiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 6
Fan nomi Umumiy xirurgiya Fan kodi UX15-606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
14 46
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarni aseptika va antiseptika asoslarini, anesteziologiya va reanimatsiyani, qon ketish tushunchasi va birinchi yordamni, desmurgiyani koʻnikma va malakalarni shakillantirishdir. xirurgik bemorlarda instrumental tekshirish usullarini oʻrganish, tashxislashda oʻtkaziladigan paraklinik tekshiruv usullarini ifodalash, toʻqimalar jaroxatlanganida birinchi yordam koʻrsatish, xirurgik kasalliklarni taqqoslashda klinik fikrlarni takomillashtirish

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Ichki kasalliklar propedevtikasi (IKP14-506)

2. Normal fiziologiya (NFZ12-307)

3. Pa13-44 (Patologik fiziologiya )

4. Farmakologiya (FR14-506)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Bilimlar jihatidan:
  • xirurgik bemorlarda uchraydigan kasalliklar etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, asoratlari, davolash usullari xaqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • – toʻqimalar shikastida eng koʻp uchraydigan kasalliklarining asoratlari, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi, oldini olish choralari;
  • – jarohatlar va xirurgik kasalliklar bilan bemorlarni surunkalashish va asoratlanish profilaktika qilish prinsiplarini bilishi kerak;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan:
  • – kasallik sababini topish,
  • xavfli holatlarda bemor axvolining ogʻirligini baholash birlamchi shifokor yordamini koʻrsatish va kelgusi tibbiy yordami taktikasini aniqlash,
  • bemorni laboratoriya va boshqa instrumental usullardan foydalanilgan holda klinik tekshirish,
  • klinik diagznoz qoʻyish, bemorning yoshi,
  • kasallikning patogenetik va individual xossalarini xisobga olgan holda davo taktikasini aniqlash va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Anesteziologiya va reanimatologiya tarixi.

  1. Operatsion stress.
  2. Ogʻrik sindromi, patofiziologiyasi.
  3. Zamonaviy anesteziologiya yutuqlari.
  4. Umumiy ogʻriqsizlantirish, tushunchasi, turlari.
2
2.

Narkoz, tushuncha, narkoz davrlari va turlari.

  1. Maxalliy anesteziya,
  2. orqa miya va
  3. peridural anesteziya.
2
3.

Qon ketishi tushunchasi

  1. klassifikatsiyasi, klinikasi,
  2. qon ketishini vaqtincha va uzil kesil tuxtatish usullari.
  3. Qon ketishda birinchi yordam.
2
4.

Qon, qon komponentlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar.

  1. Qon oʻrnini bosuvchilar klassifikatsiyasi.
  2. Qon quyish, gemotransfuzion asoratlar, uni davolash.
2
5.

Shikastlanishlar tushunchasi, tasnifi.

  1. Shok, kollaps. Travmatik toksikoz.
  2. Terminal xolatlar tushunchasi va turlari.
  3. Patogenetik asoslari, yurak-qon tomir va nafas tizimini korreksiyasi.
2
6.

Bosh ko‘krak va qorin shikastlari.

  1. Suyak sinishlari va chiqishlari.
  2. Kuyishlar, sovuq urishi, elektrotravma.
  3. Jaroxatlar, birinchi yordam va jaroxatga birlamchi ishlov berish axamiyati 2
2
7.

Xirurgik infeksiya tushunchasi, zamonaviy davolash usullari.

  1. Anayerob va chirituvchi infeksiya.
  2. Gazli ganrena.
  3. Sepsis va uni zamonaviy davolash usullari.
  4. Qon aylanish buzilish xastaliklari va oʻsmalar.
2
Jami 14
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar va ularning tasnifi.  

  1. Operatsiyadan oldin va keyingi davrda qoʻllash usullari
  2. Xirurgik operatsiya va uning turlari.
  3. Operatsiya oldi va undan keyingi davrlar.
  4. Operatsiyadan keyingi asoratlarni profilaktikasi.
2
2.

To‘qimalar yopik shikastlari.  

  1. Lat yeyish, choʻzilish, yorilish, travmatik toksikoz.
  2. Jaroxatlar, tasnifi, diagnostikasi, bitish turlari, birinchi yordam va zamonaviy davolash usullari.
  3. Jaroxatga birlamchi jarroxlik ishlovi berish.
2
3.

Terminal xolatlar, diagnostikasi, davolash.  

  1. Shok, kollaps, xushdan ketish.
  2. Travmatik shok.
  3. Desmurgiya, turlari.
  4. Bogʻlov qoʻyish usullari.
  5. Transport immobilizatsiyasi
2
4.

Bosh, ko‘krak va qorinning yopik shikastlari.  

  1. Bosh miya chaykalishi, lat yeyishi, ezilishi.
  2. Gemopnevmotoraks, yiringli plevrit, klinik manzarasi, tekshirish usullari va davolash prinsiplari.
  3. Gemoperitoneum, peritonit boʻyicha umumiy tushunchalar, klinik kechish xususiyatlari, diagnostikasi va davolash asoslari.
2
5.

Suyak sinishlari, chiqishlar, tasnifi, klinikasi va davolash usullari.  

  1. Chiqishlarni oʻz oʻrniga qoʻyish metodlari.
  2. Tugma chikishlar, zamonaviy tekshirish va davolash usullari.
  3. Repozitsiya, turlari.
  4. Gipsli bogʻlamlar texnikasi va turlari.
  5. Sinish va chiqishlarda bemorlarni transportda tashish asoslari.
2
6.

Kuyish, tasnifi, satxi va chuqurligini aniqlash usullari, birinchi yordam ko‘rsatish.  

  1. Kuyish kasalligi va unda suv-tuz balansini korreksiya qilish.
  2. Sovuq urishi, tasnifi, klinik manzarasi, davolash prinsiplari
  3. Elektrotravmada birinchi yordam koʻrsatish, davolash prinsiplari.
2
7.

O‘tkir yiringli infeksiya, teri va teri osti yog kletchatkasining anatomik xususiyatlari, kasalliklari:  

  1. Furunkul,
  2. Karbunkul,
  3. Saramas,
  4. Abssess, flegmona, gidradenit.
2
8.

Buyin chuqur flegmonalari, yiringli mediastinitlar,  

  1. Korinparda orka bushligi va tugri ichak atrofi kletchatkali bushlik flegmonalari
  2. Paraproktit.
4
9.

Bezsimon a’zolar yiringli-yalliglanish xastaliklari: yiringli parotit va o‘tkir yiringli mastit  

  1. limfa tugunlari, kon va limfa tomirlari yiringili yalligʻlanish xastaliklari:
  2. Limfadenit,
  3. Limfangit,
  4. Tromboflebit.
4
10.

Qul va oyok panjalari yiringli yalliglanish xastaliklari:  

  1. Panaritsiyalar, kul flegmonalari, tirnoqni et ichiga usib kirishi.
  2. Suyak va bugʻimlar yiringli xirurgik xastaliklari, osteomiyelit, klinik manzarasi, diagnostikasi, davolash usullari.
  3. Surunkali yiringli spesifik infeksiiya: suyak va bugimlar sili, tekshirish usullari va davolash asoslari.
4
11.

Xirurgik sepsis, patogenez, klinika, diagnostika, davolash usullari.  

  1. Anaerob va chirituvchi infeksiya xaqida umumiy tushuncha,
  2. Gazli gangrena, klinika va davolash xususiyatlari.
4
12.

Xirurgik bemorlar tekshiruvini uziga xos xususiyatlari.  

  1. Bemorlar kuratsiyasi, akademik xirurgik kasallik tarixini yozish.
  2. Poliklinikada xirurgik kabinet ishlashini tashkillashtirish.
4
13.

Xirurgik bemorlarni poliklinikada kabul kilish.  

  1. Plastik va rekonstruktiv (tiklovchi) xirurgiya,
  2. Zamonaviy qarashlar va yutuqlar.
4
14.

Qon aylanishini buzilish xastaliklari, tromboz va emboliyalar.  

  1. Nekroz va gangrenalar, trofik yaralar, oqmalar, yotoq yaralari.
  2. Ularni davolash va profilaktikasi.
4
15.

O‘smalar, o‘sma oldi kasalliklari, kelib chikish sabablari,  

  1. Klassifikatsiyasi,
  2. Diagnostikasi,
  3. Davolash Prinsiplari.
4
Jami 46

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Zamonaviy xirurgik asboblar.

2.

Zamonaviy tikuv materiallari

3.

Zamonaviy fizik antiseptika usullari.

4.

Maxalliy gemostaz uchun zamonaviy dori-vositalar.

5.

Gibrid operatsiyalar.

6.

Suyak sinishlarda zamonaviy davolash usullari.

7.

Kuyish kasalligi.

8.

Qandli diabetli bemorlarda yumshoq to‘qimalar xirurgik infeksiyasini davolash usullari.

9.

Sepsisning zamonaviy tasnifi..

10.

Arterial kon tomirlarni surunkali obliteratsiyasida zamonaviy davolash usullari

11.

Ichak oqma yaralarni bartaraf qilish usullari.

12.

Oshqozon raki kasalligi.

13.

Xirurgiyada kichik invaziv aralashuv.

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Aripov U.A, Karimov Sh.I., Umumiy xirurgiya Darslik. – T. – 2008; 468 б
  2. Гостищев В.К., Обҳая хирургия – М.- 2014. 426 ст

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Oxunov A.O. Umumiy xirurgiya – Darslik. 2014; 425 б
  2. Oxunov A.O., Tavasharov B.N., xirurgik bemorlar umumiy parvarishi asoslari. Darslik - 2015 520 б
  3. Hamrayev. A.J. Alimov A.V., A’zamxo‘jayev O’.S. xirurgiya va reanimatsiya asoslari. Darslik. – 2017; 470 б
  4. Петров C. В., Обшая хирургия – Учебник М.- 2014; - 450 ст
  5. Нартайлаков М. А., Обшая хирургия – Учебник М. – 2006; 510 ст

7.3. Axborot manbaalari

  • www.laparoscopy.ru
  • hltp://xvviw.medicalstud.ru
  • http://www.mediasphera.
  • http://www. medobook.com
  • http://wwvv.li velib.ru

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan amaliy va nazariy savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Sultonqulov Baxtiyor Baxodirovich,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: bahtiyorsultonkulov@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - KUAF, Klinik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, PhD:

X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, _105 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

B.Sultonqulov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan