![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Etnologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi fanning asosiy maqsadi ijtimoiy-gumanitar xususan, “Tarix” yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarga etnologiyaning eng muhim masalalari va muammolari hamda zamonaviy tadqiqot uslublari toʻgʻrisida zaruriy dastlabki bilimlarni berishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Etnologiya fanining maqsad va vazifalari, moddiy va maʼnaviy madaniyat, xoʻjalik xususiyatlar, etno-madaniy jarayonlar, gʻoyaviy qarashlar masalalari va ularning taraqqiyot bosqichlari, ulardan ilmiy maqsadlarda foydalanishni bilishi kerak;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Talaba tarixiy maʼlumotlarni ilmiylik, tarixiylik, xolislik asosida oʻrganish. Muzey ashyolari va internet maʼlumotlarni, arxeologik va etnologik manbalarni mustaqil tadqiq qilish, oʻrganish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||
| 1. |
Etnologiyaga kirish va uning tarixi. Dunyo xalqlari klassifikasiyasi.
|
2 |
| 2. |
Avstraliya, okeaniya xalqlari va Osiyo xalqlari aholisi etnologiyasi.
|
2 |
| 3. |
O’rta osiyo va Qozog’iston xalqlari. Afrika xalqlari etnologiyasi.
|
2 |
| 4. |
Amerika xalqlari va Yevropa xalqlari.
|
2 |
| Jami | 8 | |
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Bir hudud etnologiyasi (talabalarning o‘zlari yashaydigan hududi etnografiyasi bo‘yicha esse) |
| 2. |
Maxsus adabiyot tahlili (seminar mavzulari orasidan tanlangan ixtiyoriy mavzuga oid maxsus adabiyot tahlili) |
| 3. |
Ma’naviy madaniyatdagi transformatsiyalar (xalqlarning urf-odatlari va marosimlarida ro‘y bergan o‘zgarishlar xususida referat tayyorlash) |
| 4. |
Moddiy madaniyatdagi transformatsiyalar (uy-joylar bo‘yicha) |
| 5. |
Moddiy madaniyatdagi transformatsiyalar (kiyim-kechaklar bo‘yicha) |
| 6. |
Moddiy madaniyatdagi transformatsiyalar (taomlar bo‘yicha) |
| 7. |
Etnologiyadagi zamonaviy yo‘nalishlar |
Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Salimov.T.U. Jahon xalqlari etnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “Donishmand ziyosi” 2020.
- Ashirov A.A. Atadjanov SH. Etnologiya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Iqtisod-moliya” 2008.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Миpзиёeв. Ш.М. Ҳозирги замон ва Янги Ўзбекистон. – Тошкент: O’zbekiston, 2024.
- Mirziyoyev,Sh.M. Yangi O‘zbekistonda erkin va faravon yashaylik. 5 jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2023
- Миpзиёeв.Ш.М. Янги Ўзбекистонда тараққиёт стратегияси асосида демократик ислоҳотлар йўлини қатъий давом эттирамиз. 6-жилд. – Тошкент: O’zbekiston, 2023.
- Doniyorov.A.X. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi – darslik Toshkent: NIF MSH, 2021. – 470 b.
- Doniyorov A.X. va boshqalar, Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi. dasrlik – Toshkent: NIF MSH, 2021. – 282 b.
- Salimov T.U. Jahon xalqlari etnologiyasi. dasrlik – Toshkent: VNESHINVESTPROM, 2019. – 344 b.
- Narziyev N.N. Tarixiy antropologiya. dasrlik – Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2020. – 179 b.
- Ethnography for a data-saturated world (Materialising the Digital). – Manchester: Manchester University Press, 2018. – 296 p.
- Jabborov.I.M. Jahon xalqlari etnologiyasi asoslari.dasrlik – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.
7.3. Axborot manbaalari
- www.history.ru
- www.natura.com
- www. ziyonet.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-3 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Fanga oid | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Ataxanov Rafikjon Sotvoldiyevich, KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
ataxanovrafiqjon68gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
B.Tojibayev - KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- U.S.Abdullayev - Andijon davlat Texnika instituti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi, professori, t.f.d., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) B.Tojibayev Kafedra mudiri |
(imzo) R.Ataxanov Fan oʻqituvchisi |
