Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek (rus) tili. Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi. Tibbiyotda xorijiy til

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100 - Stomatologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 1
Fan nomi Oʻzbek (rus) tili. Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi. Tibbiyotda xorijiy til Fan kodi OʻRTOʻTSQTXT11206
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: workshop /topshiriq / loyixa / davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
30
(aud)
30
(must)
30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Oʻzbek tilining fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi, xususan, tibbiyot leksikasining qoʻllanishi, maʼnolari, sinonimiyasi va uslubiy xususiyatlari; oʻzbek tilida sintaktik jihatdan toʻgʻri gap tuza olish; bogʻlangan matn tuzish, uni ijodiy oʻzgartirish, qisqartirish va kengaytirish kabilarni bilishi; tibbiy atamalarni oʻrgatish, tibbiyot sohasidagi oʻzbekcha atamalarni tushunish va qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat. Fanni oʻrganish jarayonida talabalar asosiy tibbiy tushunchalar, kasalliklar, diagnostika usullari va davolash usullarining oʻzbek tilidagi nomlari bilan tanishadilar. Tibbiyotga oid axborot materiallarini oʻzbek tiliga va aksincha oʻz ona tiliga erkin tarjima qilish; oʻqish va keyingi mehnat faoliyati jarayonida oʻzbek tilida muloqotga kirisha olish, yetarli yozma va ogʻzaki savodxonlikka ega boʻlish, oʻzbek tilida ish yuritish va ixtisosligi sohasidagi kitob, maqolaga taqriz yoza bilish, boshqalar fikriga munosabat bildirish, turli nutqiy vaziyatlarda oʻz fikrini oʻzbek tilida asosli bayon qilish malakalariga ega boʻlishi taʼminlanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Fanni oʻzlashtirish yakunida talaba quyidagi bilim, koʻnikma va kompetensiyalarga ega boʻladi:
  • Umummadaniy va tarixiy bilimlar:
  • oʻzbek tilining ahamiyati, oʻzbek xalqining boy madaniy merosini oʻrganish; -xalqaro tibbiy va farmatsevtik terminologiyaning shakllanishiga hissa qoʻshgan olimlar haqidagi bilimlarni boyitish.
  • Lingvistik bilimlar:
  • oʻzbek tili grammatikasining boshlangʻich darajasi;
  • soʻz yasalish usullari haqida asosiy tushunchalar;
  • tibbiy terminlarni tushunish, shakllantirish va amalda qoʻllash uchun zarur boʻlgan fonetik va grammatik qoidalarni oʻrganish.
  • Anatomiyaga oid atamalar boʻyicha bilimlar:
  • odam anatomiyasiga oid atamalarning asosiy prinsplari va qoidalari;
  • anatomik atamalarni oʻzbek tilida toʻgʻri talaffuz qilish va yozish;
  • anatomik atamalarni oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan rus tiliga toʻgʻri tarjima qilish koʻnikmasiga ega boʻlish;
  • tana qismlari, boʻlimlari, yoʻnalishlari va sathlari, boʻshliqlari, organlar va tizimlarni ifodalovchi asosiy anatomik atamalarni oʻzbek tilida toʻgʻri talaffuz qilishni oʻrganish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • tibbiy bilimlarni oʻzbek tilida ogʻzaki va yozma ravishda toʻgʻri va aniq ifoda eta olish;
  • tibbiy atamalarni ogʻzaki va yozma nutqda samarali qoʻllay olish;
  • ilmiy va rasmiy uslub elementlarini nutqda toʻgʻri qoʻllay olish;
  • Davlat tilida ish yuritish hujjatlarini toʻliq lotin yozuvida rasmiylashtira olish;
  • maqola, tezis, annotatsiya kabi ilmiy ishlar yozish koʻnikmasiga ega boʻlish;
  • "4K" koʻnikmalarini (kreativlik, kommunikatsiya, kritik fikrlash, kollaboratsiya) amaliyotda qoʻllay olish;
  • oʻzbek tilida uslubiy jihatdan toʻgʻri yoza olish.

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kirish. Mening Vatanim. Mavzu mazmuni: “Mening vatanim” mavzusida matn yaratish  

  1. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  2. Grammatika: Oʻzbek tilining tovush tizimi. Unli va undosh tovushlar.
2
2.

Tibbiyotning buyuk olimlari.  

  1. Mavzu mazmuni: A. A. Ibn Sino va boshqa olimlar faoliyati bilan tanishish. Taniqli olimlarning tibbiyot va farmakologiya rivojiga qoʻshgan hissasi.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Leksikologiya.
2
3.

Hujayra va uning tuzilishi.  

  1. Mavzu mazmuni: Hujayraning tuzilishi va funksiyasi.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Maʼno koʻchish usullari.
2
4.

To‘qimalar va ularning vazifalari.  

  1. Mavzu mazmuni: Toʻqimaning tuzilishi va vazifasi. Toʻqimalarning turlari.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatika: Sinonim, omonim.
2
5.

Inson tanasining tuzilishi  

  1. Mavzu mazmuni: Tana qismlari. Ichki organlar. Asosiy tibbiy atamalar.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatika: Ot soʻz turkumi.
2
6.

Suyaklar va mushaklar.  

  1. Mavzu mazmuni: Skelet boʻlimlari va asosiy suyaklar. Boʻgʻimlar, bogʻlamlar va mushaklar.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatika: Otlarda kelishiklar
2
7.

Nafas olish tizimi  

  1. Mavzu mazmuni: Nafas olish yoʻllarining tuzilishi. Nafas olish. Asosiy kasalliklar.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatika: Sifat soʻz turkumi uslubiyati
2
8.

Qon aylanish tizimi  

  1. Mavzu mazmuni: yurakning tuzilishi. Qonning tarkibi va funksiyasi. Qon aylanishi.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatika. Sifat darajalari
2
9.

Ichki sekretsiya (endokrin) bezlari .  

  1. Mavzu mazmuni: Endokrin bezlar. Gormonlar. Gormonal muvozanatning buzilishi.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatika: Son soʻz turkumi
2
10.

Ovqat hazm qilish tizimi.  

  1. Mavzu mazmuni: Ovqat hazm qilish organlari. Ovqat hazm qilish organlarining vazifalari. Fermentlar va ichak mikroflorasining roli.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatika: Olmosh soʻz turkumi
2
11.

Asab tizimi.  

  1. Mavzu mazmuni: Markaziy asab tizimi (MAT). Periferik va vegetativ (avtonom) asab tizimi. Asab tizimining elementlari va mexanizmlari.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatika: Ravish soʻz turkumi.
2
12.

Immun tizimi.  

  1. Mavzu mazmuni: Tabiiy toʻsiqlar. Hujayraviy va gumoral immunitet. Vaksinatsiya (emlash). Immun reaksiyalari. Immun salomatlikni saqlash.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatik: Feʼl soʻz turkumi.
2
13.

Shifokor va bemor o‘rtasidagi aloqa. Tibbiy hujjatlar.  

  1. Mavzu mazmuni: Kasallik tarixi va retsepti. Hujjatlardagi terminologiya.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammatik: Feʼl zamonlari.
2
14.

Tibbiy diagnostika usullari.  

  1. Mavzu mazmuni: Anamnez yigʻish va fizik tekshiruv. Laboratoriya tahlillari. Instrumental tekshiruv usullari. Zamonaviy diagnostika usullari.
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti.
  3. Grammaka: Gap va uning turlari.
2
15.

Takrorlash. Imtihonga tayyorgarlik  

  1. Til koʻnikmalari: Oʻrganilgan materialni umumlashtirish va birlashtirish.
  2. Grammatika: Integratsiyalashgan amaliyot.
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Nafas olish tizimi kasalliklarining profilaktikasi bo‘yicha oq‘zaki nutq amaliyoti (media taqdimot).

2.

Yurak va qon aylanish tizimiga oid atamalarni o‘rganish va ularni o‘zbekcha nutqda qo‘llash.

3.

Asab tizimi tushunchalari: Markaziy, periferik va vegetativ asab tizimi terminologiyasining qiyosiy tahlili.

4.

Tibbiy diagnostika usullari: Anamnez, laboratoriya tahlillari va instrumental tekshiruv usullarini o‘zbek tilida yoritish.

5.

O‘zbek tilida ish yuritish: Tibbiyot muassasalarida rasmiy hujjatlarni (ariza, tushuntirish xati, tilxat) rasmiylashtirish.

6.

Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma) ning mohiyati va ularga qo‘yiladigan til me’yoriy talablar.

7.

Tibbiy kartalarning turlari, tasnifi va ularni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘g‘ri yuritish tartibi.

8.

Ichki sekretsiya (endokrin) bezlari

9.

Tibbiyot leksikasining o‘ziga xos xususiyatlari va ularni kundalik amaliyotda qo‘llash.

10.

Shifokor-bemor muloqoti madaniyati: Etika va deontologiya tamoyillarini nutqda qo‘llash.

11.

Nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish (masalan, ilmiy va rasmiy uslublar.

12.

Ilmiy matn tuzish asoslari: Tibbiyotga oid maqola, tezis yoki annotatsiya yozish talablari.

13.

Tibbiyotga oid axborot materiallarini (rus tilidan o‘zbek tiliga) erkin tarjima qilish amaliyoti.

14.

Inson tanasining umumiy tuzilishi va ichki organlarga oid asosiy tibbiy atamalarni o‘zbek tilida tahlil qilish.

15.

Ovqat hazm qilish tizimiga oid terminlar va ularning tushuntirish lug‘atini yaratish.

  Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Qo‘ziboyeva M.M., Kabuljonova G.K. O‘zbek tili. (darslik).-Andijon, 2023.-208 b.
  2. Turdiyeva K., Ahmedova D. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan ( Tibbiyot institutlarining rus guruhlari uchun) “ Musiqa ” nashriyoti Toshkent. 2007.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5850 – sonli qarori.
  2. Sohaviy lug‘atlar.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://www.ziyonet.uz
  • https://www.info@minzdrav.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi104-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-15 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Xolmatova Muxayyo Abdugʻopporovna,
KUAF, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: xolmatova1904@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi
Taqrizchilar:

Y.Nasirdinova - KUAF, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

G.K.Qobuljonova - ADU Uzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari nomzodi (PhD), --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, B bino 215 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tibbiyotda tillarni oʻqitish» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

Y.Nasirdinova

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Xolmatova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan