Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Xorijiy til

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110200 - Maktabgacha taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Xorijiy til Fan kodi ENG201
Taʼlim shakli masofaviy Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: test
joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr
60
(aud)
90
(must)
60
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarga ingliz tilida eng asosiy kundalik vaziyatlarda muloqot qilish (salomlashish, tanishish, oddiy savollar berish/javob berish) uchun zarur boʻlgan oʻqish, yozish, tinglash, gapirish, shuningdek lugʻat va nutqiy koʻnikmalarni tezkor yetkazishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • oʻqishning asosiy qoidalarini bilishi lozim;
  • boshlangʻich daraja uchun lugʻat 1000-1500 soʻz va iboralarni bilishi kerak;
  • ingliz tilini boshlangʻich darajada bilishi kerak;
  • talaba soʻzlarni oʻqish va talaffuz qilish qoidalarini bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • moslashtirilgan adabiyotlarni oʻqishi (qisqa hikoyalar), bundan tashqari, yangiliklar va eʼlonlarni qiyin termin soʻzlar va iboralarsiz tushunishi mumkin.
  • 10-15 jumladan iborat oddiy xatlarni yoza olishi kerak;
  • moslashtirilgan audio yozuvlarni tinglash va eshitilgan material boʻyicha savollarga javob bera olishi kerak;
  • oʻzi va uyi haqida gapirib berishi, odamning tashqi qiyofasini tasvirlashi, rejalari bilan oʻrtoqlashishi va dam olish kunlari qanday oʻtganini aytib berishi, yoʻlni soʻrashi va tushuntirishi, doʻkon yoki mehmonxona xodimlari bilan gaplashishi, oddiy savollarga javob berishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Introduction to the subject - The way we are

  1. Present simple versus present continous
4
2.

Appearance and survival

  1. Past simple and past continuous
4
3.

Travellers’ tales: the power of tourism

  1. Present perfect versus present perfect continuous
4
4.

One journey, different travelers

  1. Adjective/Adverb
  2. Adverb placement
4
5.

Healthy bodies healthy minds?

  1. Verb with Prepositions
  2. Verbs+ to/with/for/of
4
6.

Fat America

  1. Fat America
  2. Articles
  3. Determiners
  4. Some,any
4
7.

Action

  1. Word order
  2. Making-up sentences properly
4
8.

Natural born liars

  1. Countable and uncountable nouns
4
9.

Sorry is the hardest world

  1. Prepositions of time
  2. Types of prepositions
4
10.

Fair trade

  1. Modals
  2. Permission/ability/obligation..
4
11.

Don’t shout, I can see!

  1. The active and the passive voice
  2. Have something done
4
12.

Decisions

  1. Conditionals
  2. Third Conditional
4
13.

Important decisions

  1. Types of Questions
4
14.

Digital humans. A day in the life.

  1. Reported Speech
4
15.

Creativity

  1. Relative Clauses
4
Jami 60
 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Amaliy mashg‘ulotlarda berilgan topshiriqlarni bajarish

2.

Ingliz tilida prezentatsiya tayyorlash va taqdim etish

3.

Lug‘at boyligini oshirish bo‘yicha ishlash

4.

Ingliz tilida videolar va audio materiallarni tinglash va tahlil qilish

5.

Ingliz tilidagi dialoglar va rolli o‘yinlar o‘tkazish

6.

Leksik va grammatik topshiriqlar

7.

Ingliz tilidagi maqola, hikoya yoki blogni o‘qib, 5–7 gaplik qisqa xulosa yozish.

8.

Yozish bo‘yicha topshiriqlar

9.

Ingliz tilidagi podkast yoki qisqa video eshitib, asosiy fikrlarni yozib chiqish.

10.

Dialog tuzish va juftlikda ijro etish.

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Jayne Wildman, Cathy Myers Claire Thacker. Insight intermediate student’s book. Oxford University press, 2013.– 165 pages.
  2. Jayne Wildman, Cathy Myers Claire Thacker. Insight intermediate workbook, Oxford University press, 2013.– 134 pages.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Raymond Murpy. Essential Grammar in Use 4th edition.Cambridge University Press. 2015. – 316 pages.
  2. Michael Mccarthy, Felicity O’Dell. English Vocabulary in Use 3rd edition. Cambridge University Press. 2017. – 300 pages.
  3. Virginia Evans, Jenny Dooley. Round up 1. Pearson (Longman) education.2010. – 129 pages.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz
  • https://en.islcollective.com
  • https://www.allthingsgrammar.com
  • https://www.britishcouncil.org

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni semestrning dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 haftalar davomida
2Loyiha ishiTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 haftalar davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 haftalar davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 haftalar davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Jaloldinov Islomiddin Shamsitdin oʻgʻli,
KUAF, Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: islomiddin07121997@bk.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Xorijiy tillar kafedrasi
Taqrizchilar:

Sh.Shokirov - ADU, Xorijiy tillar (ijtimoiy-gumanitar fanlar) kafedrasi mudiri, f.f.f.d, professor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

A.Mamatkulov - KUAF, Xorijiy tillar kafedrasi professori, f.f.d.

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15:00 – 17:00, B 203 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Xorijiy tillar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Maxsudova

Kafedra mudiri

(imzo)

I.Jaloldinov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan