![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʻzbek folklori
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Talabalarga xalq ogʻzaki ijodi namunalarining sinkretik sanʼat sifatida xalq maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutishini, unda oʻzbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti oʻzining badiiy ifodasini topganligi, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalari va ularning janrlar tarkibi, oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha ilmiy-nazariy maʼlumot berishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalarining sinkretik sanʼat sifatida xalq maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutishini, etnos hayoti va tarixining folklor asarlarida badiiy ifoda topishini, xalq marosim va udumlari folklorining mohiyatida turishini, xalq ogʻzaki ijodi millat farzandlarining maʼrifiy dunyoqarashi, estetik didini shakllantirishda muhim tarbiyaviy asos vazifasini bajarishini bilishi kerak;
- Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalarini oʻziga xos xususiyatlari, ularning janrlar tarkibi, poetikasi haqida ilmiy-nazariy bilimga ega bоʼlishlari kerak;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- talabalarning xalq ogʻzaki ijodi asarlarining, janr xususiyatlarini aniqlash, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash, gʻoyaviy-badiiy xususiyatlarini tahlil va talqinlar orqali yoritib bera olish kabi koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak;
- oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining jahon folklori merosida munosib oʻrnini anglashi, qiyosiy tahlil qila olishi va baholash malakalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni | |
|---|---|---|
| Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||
| 1. |
Folklor asarlari kompozitsiyasi badiiyati bo`yicha tezis tayyorlash |
|
| 2. |
“Alpomish” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari |
|
| 3. |
“Go‘ro‘g‘lining tug`ilishi va bolaligi” dostoni tahlili |
|
| 4. |
“Kuntug‘mish” dostonida yozma adabiyot an’analari |
|
| 5. |
Ertaklar mavzusi bo`yicha keyslar tayyorlash |
|
| 6. |
Xalq qo`shiqlaridan tahlil qilish |
|
| 7. |
Baxshichilik maktablari va baxshilar faoliyati |
|
| 8. |
O‘zbek folklorshunos olimlarining ilmiy faoliyati |
|
| 9. |
Mif va badiiy adabiyot munosabatlari |
|
| 10. |
Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, versiya va variantlarining farqli jihatlari. |
|
| 11. |
Xalq og‘zaki ijodining janrlari. Janrlararo munosabatlar |
|
| 12. |
Afsona janri xususiyatlari |
|
| 13. |
Rivoyat janri xususiyatlari |
|
| 14. |
Naqllarning o`ziga xosligi |
|
| 15. |
Mavsumiy marosim folklori va ularning badiiyati |
|
| 16. |
Oilaviy marosim folklori va ularning badiiyati |
|
| 17. |
Xalq dostonlari . Baxshilik san‘ati, dostonchilik maktablari . Doston turlari |
|
| 18. |
Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari. “Alpomish” dostoni |
|
| 19. |
Romanik dostonlarning g‘oyaviy -badiiy xususiyatlari. “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari. |
|
| 20. |
“Kuntug’mish” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari |
|
| 21. |
"Ravshan” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari |
|
| 22. |
“Murodxon” dostoni tahlili |
|
| 23. |
"Rustamxon” dostonidagi yetakchi motivlar |
|
| 24. |
Tarixiy dostonlarning o`ziga xos xususiyatlari. “Oysuluv” dostoni obrazlar tizimi |
|
| 25. |
Kitobiy dostonlarning o`ziga xos xususiyatlari. “Layli va Majnun” dostoni tahlili |
|
| 26. |
Xalq ertaklari, janr xususiyatlari va badiiyati |
|
| 27. |
Xalq ertaklari, janr xususiyatlari va badiiyati |
|
| 28. |
Mehnat qo‘shiqlari. |
|
| 29. |
Lirik qo‘shiqlar. |
|
| 30. |
Maqollarning badiiyati, obrazlilik, o‘z va ko‘chma ma'nolari |
|
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek folklori. Darslik. – Toshkent:Malik print CO, 2021. – 240 b.
- Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Darslik. – Toshkent: Musiqa, 2010. – 367 b.
- Eshonqulov J. Tilavov A. O‘zbek folklori /Darslik. – Toshkent:Tafakkur bo‘stoni, 2020. – 250 b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Eshonqulov J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 2006.
- Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – T., 2005.
- Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. – Toshkent: Fan, 1995.
- Safarov O. O‘zbekiston xalqlari etnografiyasi va folklori. – Toshkent: Musiqa, 2021
- Turdimov Sh. Etnos va epos. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012.
7.3. Axborot manbaalari
- www.folklor.ru.
- www.folksentr.ru
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrini dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13-haftalar davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14-haftalar davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13-haftalar davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13-haftalar davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Yozma | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna, KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Eshanova Zilolaxon Qoʻchqarovna, KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
bektashevagulbahor764@gmail.com eshonovazilola@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
M.Tojiboyeva - Andijon davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- F.Xabibullayeva - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) F.Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) G.Bektasheva Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) Z.Eshanova Fan oʻqituvchisi |
