![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlash
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Talabalarga grafik foydalanuvchi interfeysi (GUI) tushunchasini chuqur oʻrganish imkonini berishga, turli xil GUI kutubxonalari va texnologiyalari bilan tanishish hamda ularni amaliy loyihalarda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Talabalar Windows Forms texnologiyasidan foydalangan holda dastur yaratishni oʻrganadi, Visual Studio dasturlash muhitida (IDE) samarali ishlash va foydalanuvchi interfeysini loyihalash, qurish va optimallashtirish boʻyicha amaliy malakalarni egallaydi. Shu bilan birga, talabalarda mustaqil ravishda oddiy grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlar yaratish va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish qobiliyati shakllantiriladi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Dasturlash asoslari (DAT101)
2. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari (DAT102)
3. Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (DAT201)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- – Talabalar ilmiy tadqiqot jarayonidagi hisob-kitob ishlarini dastur yordamida inson uchun tushunarli va vizual koʻrinishda tashkil qilish tamoyillarini oʻrganadi;
- – Ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa sohalarda ish jarayonlarini avtomatlashtirish, maʼlumotlarni tizimli tarzda boshqarish va vizualizatsiya qilish bilimiga ega boʻladi.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- – Talabalar ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida hisob-kitob ishlarini grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlar yordamida soddalashtirishni biladi va amaliy qoʻllay oladi;
- – Matematik va fizik modellarni hisoblashga, ularni dasturiy mahsulotlar orqali simulyatsiya qilish va natijalarni tahlil qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallaydi;
- – Dasturlash sohasida ishlab chiqilgan dasturlarni samarali foydalanish, foydalanuvchi interfeysi loyihalash va dasturiy yechimlarni amaliy kontekstda tatbiq etish qobiliyatiga ega boʻladi.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Grafik foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining nazariy asoslari va rivojlanish tendensiyalari. |
| 2. |
WPF texnologiyasida interfeys qurish imkoniyatlari va arxitektura yondashuvlari. |
| 3. |
UWP texnologiyasida multiplatforma interfeys ishlab chiqish tamoyillari. |
| 4. |
MAUI texnologiyasining kross-platformaviy interfeys yaratishdagi oʻrni. |
| 5. |
WinUI interfeys texnologiyasining innovatsion jihatlari va afzalliklari. |
| 6. |
NuGet paket menejerining dasturiy loyihalarda modullarni boshqarishdagi roli. |
| 7. |
Windows Forms texnologiyasi asosida ishlab chiqiladigan funksional dasturlarni loyihalash. |
| 8. |
Kalkulyator dasturini ishlab chiqishda interfeys va funksionallik integratsiyasi. |
| 9. |
Matn muharriri dasturlarida interfeys yechimlari va foydalanuvchi qulayligi. |
| 10. |
Grafik muharrir dasturlari uchun interfeys dizayni va vizual imkoniyatlar. |
| 11. |
Rasmni qayta ishlash (filterlash) dasturlarida interfeysning funksional imkoniyatlari. |
| 12. |
Omborxona hisob-kitob dasturlarida interfeys va ma’lumotlar bazasi integratsiyasi. |
| 13. |
Savdo va mahsulot boshqaruvi dasturlarida foydalanuvchi interfeysi dizayn tamoyillari. |
| 14. |
Dorixona va tibbiyot sohasidagi dasturlarda interfeys yechimlari va funksionallik. |
| 15. |
Ta’limiy yoʻnalishda ishlab chiqiladigan dasturlar uchun interfeys imkoniyatlari. |
| 16. |
Multimedia dasturlarida foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining qoʻllanishi. |
| 17. |
Visual Studio muhitida grafik interfeys loyihalash metodologiyasi. |
| 18. |
GUI komponentalarining foydalanuvchi tajribasiga ta’sirini ilmiy asosda tahlil qilish. |
| 19. |
Standart muloqot oynalari dizaynining amaliy samaradorligini oʻrganish. |
| 20. |
MVVM loyihalash patternining foydalanuvchi interfeys dasturlarida qoʻllanilishi. |
| 21. |
Drag & Drop texnologiyasining dasturiy ilovalardagi qoʻllanilish mexanizmlari. |
| 22. |
Internet orqali ma’lumot yuklash texnologiyalarining foydalanuvchi interfeysiga ta’siri. |
| 23. |
Fayl va INI formatlaridan foydalangan holda ma’lumotlarni saqlash usullari. |
| 24. |
SQL ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan foydalanuvchi interfeys dasturlari. |
| 25. |
Foydalanuvchi interfeysida “responsive design” tamoyillarini tatbiq etish usullari. |
| 26. |
Murakkab strukturali roʻyxat va daraxtsimon komponentalar bilan ishlash nazariyasi. |
| 27. |
Interfeys dasturlarida foydalanuvchi hodisalari (klaviatura, sichqoncha) boshqaruvi. |
| 28. |
Indikator, slider va boshqa vizual elementlarning samaradorlik jihatlari. |
| 29. |
Cross-platform GUI texnologiyalarining solishtirma tahlili (MAUI, Qt, Electron). |
| 30. |
Foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining istiqboli va ilmiy prognozlari. |
Mustaqil ishni talabalar elektron taqdimot shaklda topshirishadi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Александрова И.Л., Тумаков Д.Н.. Программирование на языке C#. Учебное пособие – Издание 2-ое, исправленное и дополненное. – Казань: Казанский государственный университет, 2017. – 112 с
- Осипов Н.А.. Разработка Windows приложений на C#. Учебное пособие. СПб: НИУ ИТМО, 2012. – 74 с.
- Абрамян М. Э. Visual C# на примерах. - СПб.: БХВ-Петербург, 2008. - 496 с.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Brown Erik. Windows Forms in Action.
- Brown Erik. Windows Forms programming C#.
7.3. Axborot manbaalari
- https://learn.microsoft.com/ru-ru/dotnet/csharp
- https://learn.microsoft.com/en-us/dotnet/desktop/winforms
- https://metanit.com/sharp/windowsforms
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni dastur kodi yoki loyiha ishi koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 3-13 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Dastur kodi yoki loyiha ishi koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 3-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Yozma | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar boʻyicha yozma topshiriladi | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon oʻgʻli, KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD) Mahmudov Muhamadxon Nuralixon oʻgʻli, KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
alimkulovnurmukhammad@gmail.com email.fiery@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
M.Abduvoxidov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD) A.Medatov - ADU, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) N.Kabulov Kafedra mudiri |
(imzo) N.Alimqulov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) M.Mahmudov Fan oʻqituvchisi |
