Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Statistika

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60410100 - Iqtisodiyot
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 3
Fan nomi Statistika Fan kodi DAT201
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
18
(aud)
132
(must)
10 8
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarda statistika, statistik maʼlumotlar va ularning turlari, maʼlumotlarni guruhlarga ajratish, maʼlumotlar asosida statistik tahlil qila olish, tahlil natijalarini turli grafiklar asosida taqdim qila olish, dispersion tahlil qila olish, chiziqli regressiya tenglamasini tuza olish hamda u asosida bashorat qila olish, oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi bogʻliqlik darajasini tegishli formulalarni qoʻllab hisoblay olish va u asosida iqtisodiy xulosalar berish, statistik indekslarni hisoblash, aholi soni, mehnat bozori, milliy boylik, moliya bozori asosiy koʻrsatkichlarini mavjud maʼlumotlar asosida statistik tahlil qila olish, statistik maʼlumotlar bilan ishlashda zamonaviy kompyuter dasturlardan foydalana olish, dastur davomida oʻrganilgan asosiy formula va qoidalarni amaliy masalalarni yechish jarayonida qoʻllay olish koʻnikmalarini hosil qilishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Mikroiqtisodiyot (ECON102)

2. Makroiqtisodiyot (ECON103)

3. Iqtisodchilar ichun matematika I,II (MAT101, MAT102)

4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (INF101)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • statistika, statistik maʼlumotlar, davlat va jamiyatda statistikaning oʻrni haqida tushunchaga ega boʻlishi;
  • malumot yigʻish, soʻrovnomalar yaratish, yigʻilgan maʼlumotlarni grafik va diagrammalar asosida tasvirlay olishi;
  • Statistik koʻrsatkichlarni hisoblashning turli qoida va formulalarini bilishi;
  • bosh va tanlanma toʻplam, tanlanma kuzatish elementlarini bilishlari;
  • statistik indekslarni aniqlash formulalarini bilishi;
  • aholi statistikasi, mehnat bozori statistikasi, milliy boylik statistikasi, moliya bozori statistikasi tushunchalari haqida bilishi kerak

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Oʻzbekistondagi davlat statistika qoʻmitasi rasmiy sayti bilan ishlay olish;
  • statistik maʼlumotlarni guruhlarga ajratish va ularni tahlil qila olish;
  • koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻlanishlarni topa bilish, chastotalar poligoni va gistogrammasini chiza olish;
  • oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi bogʻlanish darajasini aniqlash, bogʻliqlik ifodasini harakterlovchi matematik ifodani keltirib chiqara olish;
  • formulalar asosida statistik indekslarni hisoblay olish;
  • aholi statistikasi, mehnat bozori statistikasi, milliy boylik statistikasi, moliya bozori statistikasi asosiy koʻrsatkichlarini tahlil qila olish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Statistik kuzatish uslubiyati. Statistik jamlash va guruhlash

  1. Statistika toʻgʻrisida tushuncha
  2. Statistik maʼlumotlar va kuzatish uslubiyoti
  3. Statistik maʼlumot yigʻish: turlari va mohiyati
  4. Statistikada guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari
  5. Statistik jadvallar
  6. Statistik grafiklar
  7. Statistik maʼlumotlarni tasvirlash va taqdim qilish
2
2.

Statistik ko‘rsatkichlar. O‘rtacha miqdorlar. Variatsiya ko‘rsatkichlari

  1. Mutlaq miqdorlar toʻgʻrisida tushuncha va ularning turlari
  2. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi
  3. Staristik miqdorlardan amaliy foydalanish
  4. Oʻrtacha miqdorlar toʻgʻrisida tushuncha va ularni qoʻllashdagi asosiy shartlar
  5. Tuzilmaviy oʻrtachalar
  6. Variatsiya koʻrsatkichlari va ularni hisoblash
  7. Dispersiyani momentlar usulida hisoblash. Muqobil belgi dispersiyasi
  8. Dispersion tahlil
2
3.

Tanlanma kuzatish. O’zaro bog’lanishlarni statistik o’rganish. Dinamika qatorlari

  1. Tanlanma kuzatish togʻrisida tushuncha va tanlanmaning reprezentativligi
  2. Tanlanma koʻrsatkichlarda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatoni hisoblash tartibi
  3. Hodisalar oʻrtasidagi bogʻlanishning turlari va shakllari
  4. Korrelyatsion tahlil asoslari. Juft korrelyatsiya
  5. Dinamika qatorlari toʻgʻrisida tushuncha
  6. Dinamika qatorlarini tahlil qilish usullari
  7. Dinamika qatorlarida dispersiya va korrelyatsiyani qoʻllash tartibi
2
4.

Iqtisodiy indekslar. Milliy hisoblar tizimi. Yalpi ichki mahsulot statistikasi. Milliy daromad va milliy boylik statistikasi

  1. Indekslar toʻgʻrisida tushuncha va ularning turlari
  2. Miqdor koʻrsatkichlari indekslari
  3. Sifat koʻrsatkichlari indekslari
  4. Statistik indekslarni iqtisodiyotda qoʻllanilishi
  5. Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixi
  6. Makroiqtisodiy tahlillarda MHTdan foydalanish
  7. YaIM hajmini hisoblash usullari.Nominal va real yalpi ichki mahsulot
  8. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar. Milly boylik
2
5.

Iqtisodiy faoliyat turlari statistikasi

  1. Aholi statistikasi. Iqtisodiy faol va nofaol aholi
  2. Ish vaqti va undan foydalanish koʻrsatkichlari. Ish vaqti balansi
  3. Aholi turmush darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar tizimi
  4. Aholining daromadlari boʻyicha tabaqalanishi. Djini koeffitsienti
  5. Tashqi iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi statistic koʻrsatkichlar
  6. Eksport va import elastikligi
  7. Pul-kredit statistikasi
  8. Bank statistikasi koʻrsatkichlari
  9. Investitsiya statistikasi
2
Jami 10
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Statistik kuzatish uslubiyati. Statistik jamlash va guruhlash. Statistik ko‘rsatkichlar. O‘rtacha miqdorlar. Variatsiya ko‘rsatkichlari  

  1. Statistika toʻgʻrisida tushuncha. Statistik maʼlumotlar va kuzatish uslubiyoti
  2. Statistikada guruhlash. Statistik jadvallar va statistik grafiklar
  3. Mutlaq va nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi
  4. Oʻrtacha miqdorlar. Tuzilmaviy oʻrtachalar
  5. Variatsiya koʻrsatkichlari va ularni hisoblash
  6. Dispersiyani momentlar usulida hisoblash
  7. Muqobil belgi dispersiyasi
2
2.

Tanlanma kuzatish. O’zaro bog’lanishlarni statistik o’rganish. Dinamika qatorlari  

  1. Tanlanma kuzatish togʻrisida tushuncha va tanlanmaning reprezentativligi
  2. Tanlanma koʻrsatkichlarda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatoni hisoblash tartibi
  3. Hodisalar oʻrtasidagi bogʻlanishning turlari va shakllari
  4. Korrelyatsion tahlil asoslari. Juft korrelyatsiya
  5. Dinamika qatorlari toʻgʻrisida tushuncha
  6. Dinamika qatorlarini tahlil qilish usullari
  7. Dinamika qatorlarida dispersiya va korrelyatsiyani qoʻllash tartibi
2
3.

Iqtisodiy indekslar. Milliy hisoblar tizimi. Yalpi ichki mahsulot statistikasi. Milliy daromad va milliy boylik statistikasi  

  1. Indekslar toʻgʻrisida tushuncha va ularning turlari
  2. Miqdor koʻrsatkichlari indekslari
  3. Sifat koʻrsatkichlari indekslari
  4. Statistik indekslarni iqtisodiyotda qoʻllanilishi
  5. Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixi
  6. Makroiqtisodiy tahlillarda MHTdan foydalanish
  7. YaIM hajmini hisoblash usullari.Nominal va real yalpi ichki mahsulot
  8. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar. Milly boylik
2
4.

Iqtisodiy faoliyat turlari statistikasi.  

  1. Aholi statistikasi. Iqtisodiy faol va nofaol aholi
  2. Ish vaqti va undan foydalanish koʻrsatkichlari. Ish vaqti balansi
  3. Aholi turmush darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar tizimi
  4. Aholining daromadlari boʻyicha tabaqalanishi. Djini koeffitsienti
  5. Tashqi iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi statistic koʻrsatkichlar
  6. Eksport va import elastikligi
  7. Pul-kredit statistikasi
  8. Bank statistikasi koʻrsatkichlari
  9. Investitsiya statistikasi
2
Jami 8

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Statistik kuzatishning asosiy tamoyillari

2.

Statistik guruhlash usuli

3.

Statistik jadval turlari. Tasviriy statistika

4.

Mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlar

5.

Tuzilmaviy o’rtachalar turlari va ulardan statistik tadqiqotlarda foydalanish

6.

O’rtacha miqdor uchun ishonch intervali

7.

Korrelyatsion-regression tahlilni qo’llashning shart-sharoitlari

8.

Juft korrelyatsiya va regressiya tenglamasi

9.

Dinamik qatorlarini analitik tahlil qilish ko’rsatkichlari

10.

Iqtisodiy indekslarning tasniflanishi. Individual va umumiy indekslar

11.

Nominal va real yalpi ichki mahsulot tushunchasi

12.

Milliy boylik statistikasi

13.

Aholi soni va tarkibi statistikasi

14.

Aholi dinamikasi va istiqboldagi sonini bashoratlash

15.

Mehnat resurslari balansi

16.

Narx statistikasi asosiy ko‘rsatkichlari

17.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar

18.

Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi

19.

Aholi turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi

20.

Investitsiyalar statistikasi

  Mustaqil ish referat, hisobot va taqdimot koʻrinishida topshiriladi va himoya qilinadi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Xujakulov X.D., Sayfullayev S.N. Statistika nazariyasi //Darslik. – T.: “Tahririy Nashriyot”, 2024, 296 b.
  2. Shodiyev X. A., Xabibullayev I. X. Statistika: darslik. Toshkent. – T.: “Iqtisod va moliya”, 2018. – 445 bet. http://kitob.sies.uz/frontend/web/kitob/kitob_0061440c2ecc797.pdf
  3. Малых Н.И.. Статистика: теория статистики. Учебник и практикум для СПО/– М.: Издательство Юрайт, 2019. – 275 с. ISBN 978-5-534-10178-2 https://urait.ru/book/statistika-teoriya-statistiki-442437

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Paul Newbold, William Carlson, Betty Thorne Statistics for Business and Economics, Global Edition. 8th ed. 2022. p. 700. http://ndl.ethernet.edu.et/bitstream/123456789/13768/1/1-Paul%20Newbold.pdf
  2. Shodiyev X. va Xabibullayev I. Statistika bo`yicha praktikum: o‘quv qo'llanma; О‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talimi vazirligi; — Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012. — 322 b https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-02-05-48-22_671ea64c6a895b4723f08e96c103d5d6.pdf
  3. Годин А.М.. Статистика: Учебник для бакалавров /– 11-е изд., перераб. и испр. – М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и Ко», 2014. – 412 с. ISBN 978-5-394-02183-1

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ocw.mit.edu
  • https://scholar.harvard.edu
  • https://stat2.berkeley.edu
  • https://stat.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Interaktiv mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil taʼlim soatining bajarilishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki kichik guruhlarga boʻlingan holda berilgan mavzuni taqdimot koʻranishida yoritib, himoya qiladi. Guruh aʼzolari (jamoa) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib keladi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi;

- Amaliy topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqlarni referat/hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida yozma shaklda olinadi. Unda oʻquv semestri davomida oʻtilgan barcha mavzular va topshiriqlarni qamrab olgan savollar aks etadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1Interaktiv mashgʻulotTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-3 hafta(lar) davomida
2Mustaqil taʼlim soatining bajarilishiTaqdimot/media/yozma/vizual shakllarda amalga oshiriladi101-3 hafta(lar) davomida
3Amaliy topshiriqlarFan boʻyicha masalalar yechish101-3 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-3 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Iminov Zafarjon Maxammatibroximovich,
KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: z.iminoff@yandex.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi
Taqrizchilar:

B.Mamayev - KUAF, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent , --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

I.Ergashov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

I.Mitillayev

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Iminov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan