![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Sanoat iqtisodiyoti
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarning sanoat iqtisodiyoti fai boʻyicha bilimlarining nazariy va amaliy asoslarini, sanoat iqtisodiyotining asosiy tushuncha va kategoryalarini, ishlab chiqarishni rivоjlаntirishning zamonaviy yoʻnalishlari, amaliyotda iqtisodchilarga qoʻyilаdigаn tаlаblаr vа iqtisodiy tafakkurni mustahkamlash yoʻllаri hаqidа bilimga ega boʻlishi va ulardan foydalana olishidan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Iqtisodiyot nazariyasi (IN2304)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- sanoat iqtisodiyotining asosiy tushunchalarini interpretatsiya qila olishlari va bilishlari;
- sanoat tarmoqlaridagi rivojlanish jarayonlari hamda tarmoqning mavjud konʼyunkturasini baholashlari;
- sanoatdagi sohaviy va instrumental siyosatni bilishlari hamda tarmoqdagi ilmiy-tadqiqotning asosiy yoʻnalishlarini oʻrganish, uning oʻrnini tushunishlari;
- sanoat iqtisodiyotidagi dinamikani, texnologik oʻzgarishlarni va raqobatchilikka oid vaziyatlarni anglay bilishi, tendensiyalarni tahlil qila olishlari kerak;
- sanoat iqtisodiyotiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- sanoat iqtisodiyotida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini, ularning turlari va shakllarini tashkil etishning asosiy usullarini bilishi;
- sanoat tarmoqlarining rivojlanish dinamikasini, asosiy koʻrsatkichlarini va tarmoqlararo raqobatni qiyosiy tahlil qilish metodlarini bilish hamda amalda qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishlari;
- raqamli transformatsiya sharoitlarida sanoat iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish bosqichlarini mushohadali tahlil qilish kompetensiyalariga ega boʻlish;
- sanoat iqtisodiyotini zamonaviy va klassik menejerial pozitsiyalardan boshqarishning nazariy koʻnikmalariga ega boʻlish va amaliy jihatlarini bilishlari;
- Ishlab chiqarish jarayonida innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
”Sanoat iqtisodiyoti” fanining predmeti va vazifalari |
| 2. |
Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i |
| 3. |
Sanoat klasteri |
| 4. |
Sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi |
| 5. |
Sanoatda kadrlar va mehnatga haq toʻlash |
| 6. |
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi |
| 7. |
Korxonada taktik va strategik rejalashtirish |
| 8. |
Sanoatda benchmarking |
| 9. |
Sanoat korxonalarida resurslarni samarali boshqarish (lean production) |
| 10. |
Sanoatda ishlab chiqarish fondlari |
| 11. |
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlari, foyda va rentabellik |
| 12. |
Sanoat korxonalari investitsion faoliyati |
| 13. |
Xalqaro brendlarni jalb qilish va milliy brendlarni takomillashtirish orqali sanoatni rivojlantirish |
Mustaqil ish referat, taqdimot shaklida tayyorlanadi va himoya qilinadi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Vahobov A.V. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. 2013
- Гинзбург А.И. Экономический анализ. Учебник для вузов. 3-е изд. Стандарт третьего поколения. — СПб.: Питер, 2011. — 448 с.
- Xotamov I.S., Madraximova G.R. Sanoat iqtisodiyoti.Darslik.2022
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Maxmudov E.X. Biznesni rejalashtirish. Oʻquv qoʻllanma. – T: TDIU, 2006 – 164 b
- Кантор Е.Л.и др. Экономика предприятии. – СПб.: Питер, 2009 – 224 ст
- Пошуто В.П. Организация, нормирование и оплата труда на предприятии М.: ―КНОРУС‖ 2005-317ст.
7.3. Axborot manbaalari
- https://lex.uz/
- https://stat.uz/
- https://mfa.uz/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Interaktiv mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil taʼlim soatini bajarish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki kichik guruhlarga boʻlingan holda berilgan mavzuni taqdimot koʻranishida yoritib, himoya qiladi. Guruh aʼzolari (jamoa) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib keladi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi;
- Topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli masalalarni referat/ hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi..
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida olinadi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Interaktiv mashgʻulot | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil taʼlim soatini bajarish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Topshiriqlar | Referat/ hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Yozma | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Ermatova Saxodatxon Ismoilovna, KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
ermatovasaodathon_mail |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
S.Maxmudov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi professori v.b., i.f.d., (DSc) G.Karimova - Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, kafedra mudiri, PhD, dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-payshanba, soat 15:00 – 16:00, A bino -1– xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) I.Mitillayev Kafedra mudiri |
(imzo) S.Ermatova Fan oʻqituvchisi |
