Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Makroiqtisodiyot

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310100 - Iqtisodiyot
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 5
Fan nomi Makroiqtisodiyot Fan kodi MACROE6
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
22
(aud)
158
(must)
12 10
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarda makroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati toʻgʻrisida talabalarda bilim va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat. Bundan tashqari makroiqtisodiy kategoriyalar,iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy modellar vositasida tahlil etish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashni klassik va neoklassik nazariyalari, fiskal va monetar siyosat instrumentlarini tartibga solishda multiplikatorlar samarasi, ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat yuritish xususiyatlari toʻgʻrisida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish hamda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash, mamlakat toʻlov balansini moʻtadillashtirish usullarini oʻrgatishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Mikroiqtisodiyot (ECON102)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Makroiqtisodiyot fanining rivojlanishida xalqaro savdo nazariyalarining oʻrni va ahamiyati bilish;
  • Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qoʻllaniladigan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va ularni hisoblashni oʻrganish;
  • Iqtisodiyotni davriy rivojlanish omillarini tahlil qilish;
  • Makroiqtisodiy muvozanat, yalpi talab va yalpi taklif modelini oʻrganish boʻyicha bilimlarga ega boʻlish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Monetar va fiskal siyosatlarniboshqarishni tahlil qilish;
  • Ishsizlik, inflyatsiya koʻrsatkichlarini grafiklarda tahlil qilish;
  • Tovarlar va xizmatlar bozoridagi iqtisodiy muvozanat. Keynsning daromad va xarajat modelini tahlil qilish;
  • Tovar va pul bozorida makroiqtisodiy muvozanat: IS-LM modeli koʻnikmalarga ega boʻlish.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Makroiqtisodiyot faniga kirish.Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash.

  1. Iqtisodiyotning oʻn tamoyili.
  2. Iqtisodiyotning bir butun sifatida faoliyat yuritishi. Iqtisodchi sifatida fikrlash.
  3. Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obʼekti.
  4. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qoʻllaniladigan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar.
  5. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasi va uni hisoblash usullari.
  6. Milliy hisoblar tizimidagi (MHT) koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻliqlik
2
2.

Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi: Ishchi kuchi, Ishsizlik va inflyatsiya darajasi

  1. Iqtisodiy davrlar va tebranishlar.
  2. Ishchi kuchi va uni ifodalaydigan koʻrsatkichlar.
  3. Ishsizlik tushunchasi va uning turlari.
  4. Inflyatsiyaning mohiyati va uning turlari.
  5. Inflyatsiyaning hisoblash usullari (YaIM deflyatori, Isteʼmolchilar narx indeksi).
2
3.

Investitsiyalar, Jamg‘arma va Iste’mol

  1. Investitsiyalar, ularning mohiyati va turlari.
  2. Jamgʻarma va investitsiyalar.
  3. Istʼemol va jamgʻarish grafigi va funksiyalari.
  4. Isteʼmol va jamgʻarishning oʻrtacha hamda cheklangan miqdori.
  5. Investitsiyalar darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar. Investitsiyalarga talab egri chizigʻi.
2
4.

Umumiy makroiqtisodiy muvozanat: Yalpi talab va Yalpi taklif modeli (AD-AS). Tovar va pul bozorida makroiqtisodiy muvozanat: IS-LM modeli

  1. Yalpi talab va unga taʼsir etuvchi omillar.
  2. Yalpi taklif: klassik va keynsian modellari.
  3. Yalpi talab va Yalpi taklif modelidagi makroiqtisodiy muvozanat. Qisqa muddatlidan uzoq muddatli muvozanatga oʻtish.
  4. IS-LM modelining mohiyati va xususiyatlari.
  5. IS-LM modelining asosiy oʻzgaruvchilari va tenglamasi. IS va LM egri chiziqlari.
  6. IS-LM modeli doirasida budjet-soliq va pul-kredit siyosatining samaradorligi.
  7. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat.
2
5.

Fiskal (Soliq-budjet) va Monetar (Pul-kredit) siyosat

  1. Fiskal siyosatning mohiyati va usullari.
  2. Budjet-soliq siyosatining qisqa va uzoq muddatli maqsadlari, uning vositalari. Davlat xarajatlari multiplikatori.
  3. Bank tizimi. Markaziy bank va tijorat banklari.
  4. Monetar siyosatning maqsadlari va vositalari.
  5. Monetar siyosatning mexanizmi, uning soliq va valyuta siyosati bilan aloqadorligi.
2
6.

Tashqi savdo siyosati va Jahon valyuta tizimi

  1. Tashqi savdo siyosati va uning yoʻnalishlari.
  2. “Ochiq” va "yopiq" iqtisodiyot tushunchasi. Mandell-Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli.
  3. Tashqi savdoning rivojlanishiga sabab boʻlgan omillar.
  4. Tashqi savdo siyosatining tarif va notarif usullari.
  5. Kapitalning xalqaro harakati va uning shakllari.
  6. Jahon valyuta tizimi va valyuta tushunchasi.
  7. Valyuta kursiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar.
  8. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari.
2
Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Makroiqtisodiyot faniga kirish.Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash.  

  1. Iqtisodiyotning oʻn tamoyili.
  2. Iqtisodiyotning bir butun sifatida faoliyat yuritishi. Iqtisodchi sifatida fikrlash.
  3. Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obʼekti.
  4. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qoʻllaniladigan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar.
  5. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasi va uni hisoblash usullari.
  6. Milliy hisoblar tizimidagi (MHT) koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻliqlik
2
2.

Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi: Ishchi kuchi, Ishsizlik va inflyatsiya darajasi  

  1. Iqtisodiy davrlar va tebranishlar.
  2. Ishchi kuchi va uni ifodalaydigan koʻrsatkichlar.
  3. Ishsizlik tushunchasi va uning turlari.
  4. Inflyatsiyaning mohiyati va uning turlari.
  5. Inflyatsiyaning hisoblash usullari (YaIM deflyatori, Isteʼmolchilar narx indeksi).
2
3.

Investitsiyalar, Jamg‘arma va Iste’mol  

  1. Investitsiyalar, ularning mohiyati va turlari.
  2. Jamgʻarma va investitsiyalar.
  3. Istʼemol va jamgʻarish grafigi va funksiyalari.
  4. Isteʼmol va jamgʻarishning oʻrtacha hamda cheklangan miqdori.
  5. Investitsiyalar darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar. Investitsiyalarga talab egri chizigʻi.
2
4.

Umumiy makroiqtisodiy muvozanat: Yalpi talab va Yalpi taklif modeli (AD-AS). Tovar va pul bozorida makroiqtisodiy muvozanat: IS-LM modeli  

  1. Yalpi talab va unga taʼsir etuvchi omillar.
  2. Yalpi taklif: klassik va keynsian modellari.
  3. Yalpi talab va Yalpi taklif modelidagi makroiqtisodiy muvozanat. Qisqa muddatlidan uzoq muddatli muvozanatga oʻtish.
  4. IS-LM modelining mohiyati va xususiyatlari.
  5. IS-LM modelining asosiy oʻzgaruvchilari va tenglamasi. IS va LM egri chiziqlari.
  6. IS-LM modeli doirasida budjet-soliq va pul-kredit siyosatining samaradorligi.
  7. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
2
5.

Fiskal (Soliq-budjet) va Monetar (Pul-kredit) siyosat  

  1. Fiskal siyosatning mohiyati va usullari.
  2. Budjet-soliq siyosatining qisqa va uzoq muddatli maqsadlari, uning vositalari. Davlat xarajatlari multiplikatori.
  3. Bank tizimi. Markaziy bank va tijorat banklari.
  4. Monetar siyosatning maqsadlari va vositalari.
  5. Monetar siyosatning mexanizmi, uning soliq va valyuta siyosati bilan aloqadorligi
2
Jami 10

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Makroiqtisodiyotning predmeti va asosiy tushunchalari

2.

Milliy hisoblar tizimi va YaIM

3.

Iste’mol va jamg‘arma: asosiy modellari

4.

Investitsiyalar va foiz stavkalari

5.

Pul bozori va pul-kredit siyosati

6.

Inflyatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlik

7.

Davlat byudjeti va fiskal siyosat

8.

Yakuniy loyiha: makroiqtisodiy model asosida tahlil

  Berilgan mavzular boʻyicha talaba mustaqil ishni referat tayyorlashi, keys, amaliy masalalar va topshiriqlarni bajarishi va himoya qilishi yoki makroiqtisodiy model asosida tahlil oʻtkazish va maqola yozishi mumkin.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Maxmudov N.M. Shakarov A.B. Ulashev X.A. Shakarov J.A.Makroiqtisodiyot. Darslik. 2022-yil Toshkent
  2. Saidov M., Karimov F., Mikroiqtisodiyot,Makroiqtisodiyot. 2019
  3. Gregory Mankiw N.Macroecomomics, Harvard University.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Salimov B.T., Mustafakulov Sh.I., Yuldashev G’.I., Sultanov B.T. Makroiqtisodiyot: masalalar to`plami. –T.: TDIU, 2018. –210 b.
  2. Salimov B.T., Yusupov M.S., Ishnazarov A.I. Makroiqtisodiyot-2. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisodiyot, 2019. –198 b
  3. Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot: O`quv qo`llanma. –T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2018. –300 b.

7.3. Axborot manbaalari

  • www.mygov.uz.
  • www.mfer.uz
  • www.uza.uz
  • www.review.uz
  • www.cer.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Interfaollik. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil taʼlim soatini bajarilishi.. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.;

- Amaliy topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni referat/ hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida yozma shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1InterfaollikTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-3 hafta(lar) davomida
2Mustaqil taʼlim soatini bajarilishiTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi102-3 hafta(lar) davomida
3Amaliy topshiriqlarReferat / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-3 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-3 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Raxmatullayeva Feruza Azimovna,
KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti v.b., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: rahmatullayevaferuza10@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Moʻydinov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, i.f.f.d., (PhD)

I.I.Ergashev - Andijon davlat texnika instituti "Iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti i.i.f.d (PhD), --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Juma, soat 15:00 – 18:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

I.Mitillayev

Kafedra mudiri

(imzo)

F.A.Raxmatullayeva

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan