![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Mikroorganizmlarning tuzilishi haqida bilimga ega boʻlish, mikroorganizmlarning tarqalishini bilish, mikroorganizmlar chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyishni bilish, mikrobiologik tashhis qoʻyish usullarini amaliyotda qoʻllash, bakteriyalarni identifikatsiya qilish, immunitetni spesifik va nospesifik omillarini ajratib olish, viruslarni tuzilish farqini bilish va ular chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyish bilimiga ega boʻlish,yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish choralari haqida bilimga ega boʻlish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)
2. Gistologiya, sitologiya, embriologiya (GSEM12308)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Mikroorganizmlarning asosiy turlari, zamonaviy tibbiy mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani, uning maqsad va vazifalari, odam uchun patogen bakteriya, rikketsiya, mikoplazma, viruslar, sodda jonivorlar va mikroskopik zamburgʻlarning taksonomik nizomi, morfologik va biologik xususiyatlari xaqida tasavvurga ega boʻlish kerak;
- Mikroorganizmlarning tashqi muxitda tarqal-ganligi, tashqi muxit faktorlarini mikroorganizmlar-ga tasiri mikroorganizmlarning genetikasi va ularda roʻy beruvchi oʻzgaruvchanliklar va uning axamiyati, patogen mikroorganizmlarning patogenligi, virulent-ligi, patogenlik omillari va ularning infeksion jarayonni rivojlanishdagi ahamiyati;
- Organizmning asosiy ximoya mexanizmlari-maxsus va nomaxsus va ularning amaliyotdagi axamiyati, kimyote-rapiya va kimyoprofilaktikaning mikrobiologik va molekuyar-biologik asoslari, odam yuqumli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariningdifferensial xususiyatlari, laborator tashxisi, maxsus profilaktika va terapiyasi, tashqi muxit va oziq-ovqatlarning sanitar-koʻrsatkich mikroorganizmlarining ahamiyatini bilishi kerak;
- Tibbiyot va sanitariya-gigiena amaliyotda yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish va tashqi muhitga baho berishda bakteriologik, virusologik, serologik, biologik, allergik usullarni qoʻllash;
- Yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish extimolligini oldindan bilish, ularning rejalarini tuzish va tashxisqoʻyish usullarini tanlash, mikrobiologik izlanishlarning ilmiy usullarini oʻzlashtirish, bakteriologik, serologik, virusologik, sanitar mikrobiologik amaliy ishlarni qoʻyishni va ularni ilmiy nazariy jixatdan asoslab berishni, tashqi muxit obʼektlari, tuproq, suv, xavo, uy joy va oziq ovqatlarga sanitar mikrobiologik jixatdan baxo berish, taxlil qilishda sanitar mikrobiologik usullarni bajarish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
- Yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tasnifi, tinktorial, kultural, bioximik, antigenlik xususiyatlarini, kasallikni etiologiyasi, manbasi yuыish yoʻllari, klinik kechishi, davolash va oldini olish usullari asosida ularga bakteriologik, virusologik va serologik tashxis qoʻyishni bajara olish malakalariga ega boʻlishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Mikroorganizmlarning tuzilishi haqida bilimga ega boʻlish;
- Mikroskopik usulni bajarish amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish;
- Mikroorganizmlarning tarqalishini bilish;
- Mikroorganizmlar chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyishni bilish;
- Mikrobiologik tashhis qoʻyish usullarini amaliyotda qoʻllash;
- Bakteriyalarni identifikatsiya qilish;
- Infektsion jarayonlarni kelib chiqishini bilish;
- Immunitetni spesifik va nospesifik omillarini ajratib olish;
- Gumoral va hujayraviy immunitet tizimlarini vazifalarini oʻzlashtirish;
- Viruslarni tuzilish farqini bilish va ular chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyish bilimiga ega boʻlish;
- Yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish choralari haqida bilimga ega boʻlish.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Zanjirli polimeraz reaksiyasi (PCR) orqali bakterial infeksiyalarni aniqlash |
| 2. |
Sepsis: mikrobiologik tashxis va sepsis chaqiruvchi asosiy bakteriyalar |
| 3. |
Respirator viruslar: gripp, RSV infeksiyalarining solishtirmali tahlili |
| 4. |
Antibiotiklar va antibakterial rezistentlik: mikrobiologik mexanizmlar |
| 5. |
Mikrobiologik diagnostikada zamonaviy usullar: MALDI-TOF MS, ELISA, PCR |
| 6. |
Enteroviruslar va ularning klinik ko‘rinishlari (meningit, miokardit va b.) |
| 7. |
Gram bo‘yash usuli: gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarni ajratish |
| 8. |
Sterillikni tekshirish: sabzavot, suv, qo‘l va havo namunalarida mikroblarni aniqlash |
| 9. |
Mikroflora o‘sishini aniqlash uchun bakteriologik muhitlar tayyorlash va ekish |
| 10. |
Immun hujayralarni mikroskopik ko‘rish: limfotsitlar, fagotsitlar va ularning faolligi |
Mavzu yuzasidan taqdimotlar va tezislar tayyorlash, mavzu boʻyicha topshiriqlarni amaliy bajarib berish.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Muhamedov I.M, Aliyev Sh.R. va boshq. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya / Darslik. Toshkent. 2019. –573 bet.
- Darslik. Toshkent. 2019. –573 bet. Зверев В.В. Медицинская микробиология, вирусология и иммунология / Учебник. Москва, 2021. –471 стр.
- Mark Gladwin, MD William Trattler, MD C. Scott Mahan. Clinical microbiology make ridiculous. MD copyright, 2014, 403 p.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Muhamedov I.M, Aliyev Sh.R. va boshq. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya / Darslik. Toshkent. 2006. –592 bet.
- Aliyev Sh.R., Muhamedov I.M va boshq. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan laboratoriya ishlari / O'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent, 2013. –127 bet.
- Муҳамедов И.М. и др. Клиническая микробиология. Пособия для врачов. Ташкент, 2016. –448 стр.
- Нурузова З.А., Алиев Ш.Р., Ёдгорова Н.Т. и друг. Лабораторные работы по предмету микробиология, вирусология и иммунология. Учебно-методическое пособие. Ташкент, 2019. –57 стр.
- Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N, Zokirov M. “Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya” / Darslik. Toshkent. 2006. –510 bet.
7.3. Axborot manbaalari
- https://learn.chm.msu.edu/vibl/content/antimicrobial.html
- http://www.rusmedserv.com/mycology/html/iomals.html
- http://www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Amaliy mashgʻulot va laboratoriya mashgʻulotlariga oid vazifalarni bevosita asbob-uskunalar hamda reaktivlar yordamida bajaradi, nazariyotga asoslangan topshiriqlarni hisobot shaklida tayyorlab himoya qiladi.;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13-haftalar davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / vizual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14-haftalar davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Amaliy hamda laboratoriya mashgʻulot topshiriqlarini laboratoriya sharoitida bajaradi, vazifalar hisobot koʻrinishda baholanadi | 10 | 4-13-haftalar davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15-haftalar davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Mirzayeva Saidaxon Abdusalomovna, KUAF, Mikrobiologiya, virusologiya, immunolgiya kafedrasi professori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Moʻydinova Nurxon Mirzajon Qizi, KUAF, Mikrobiologiya, virusologiya, immunolgiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
MIRZAYEVA@gmail.com moydinovanurxon159@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Mikrobiologiya, virusologiya, immunolgiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
O.Qodirov - KUAF, Mikrobiologiya, virusologiya, immunolgiya kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Sh.Tashbayev - Andijon davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti b.f.f.d.(PhD) , --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Seshanba-juma, soat 15:00 – 17:00, 207 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Mikrobiologiya, virusologiya, immunolgiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) I.Muxammedov Kafedra mudiri |
(imzo) S.Mirzayeva Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) N.Moʻydinova Fan oʻqituvchisi |
