![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Innovatsion iqtisodiyot
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga zamonaviy iqtisodiyotni innovatsiyalar asosida shakllantirish, innovatsion rivojlanish konsepsiyalari, texnologik taraqqiyot, ilmiy tadqiqotlar va ularning iqtisodiy tizimdagi oʻrni haqida chuqur bilim berish, ularni amaliy faoliyatda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Mikroiqtisodiyot (MicEcon M 106)
2. Makroiqtisodiyot (MacEcon M 106)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Innovatsion iqtisodiyotning mohiyati va mazmuni;
- Innovatsion faoliyat va uning turlari;
- Ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik;
- Innovatsiyalarni boshqarish tizimi va mexanizmlari;
- Innovatsion siyosat, uning asosiy yoʻnalishlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari
- Raqobatbardoshlik va innovatsion salohiyat tushunchalari;
- Raqamli transformatsiya va raqamli iqtisodiyotning innovatsion jihatlari.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Innovatsion gʻoyalarni aniqlash va ularni iqtisodiy loyihaga aylantirish;
- Innovatsion loyihalarni rejalashtirish, moliyalashtirish va baholash;
- Bozor talablariga asoslangan yangi mahsulotlar yaratish va joriy etish strategiyalarini ishlab chiqish;
- Innovatsion faoliyatni boshqarish va monitoring qilish;
- Mahalliy va global innovatsion tendensiyalarni tahlil qilish;
- Texnologik yangiliklarni joriy etish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlar raqobatbardoshligini oshirish;
- Innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Innovatsion iqtisodiyotning umumiy asoslari |
| 2. |
Texnologiya va samaradorlik |
| 3. |
Innovatsiyalar va tadbirkorlik |
| 4. |
Ilmiy кashfiyotlar, ixtirolar va ularni litsenziyalash |
| 5. |
Intelleкtual кapital, intelleкtual mulкni shaкllantirish va boshqarish |
| 6. |
Innovatsiyalarning endogen xususiyatlari |
| 7. |
Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar |
| 8. |
Innovatsion loyiha jamoasini shakllantirish |
| 9. |
Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish strategiyasi |
| 10. |
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi |
| 11. |
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish. |
| 12. |
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi |
Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Taniyev.A “Innovatsion iqtisodiyot”. Darslik. –Samarqand: SamDU nashri, 2020 y.– 460 b.
- Mirhamidova.D.N. “Innovatsion iqtisodiyot”. Darslik. –T.: “ToshDTU”, 2024 y.- 316b.
- Shavqiyev.E.Sh., Janzaqov.B.K. “Innovatsion iqtisodiyot”. O’quv qo’llanma.-Toshkent: “NIF MSH”, 2024.-310b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Umarov B.S., Najimadinov.R. Innovatsion iqtisоdiyot. (O‘quv qo‘llanma) ‒ T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2022 – 328 b.
- Кудина.М.Б. Инновационная экономика: Учебник – М.: Издательство Московского университета, 2018.-272с.
- Atkinson R.D., Ezell S.J., Innovation Economics: The Race for Global Advantage. Yale University Press, 2012. ISBN: 978-0-300-18252-3.
- Sengupta J., Theory of Innovation: A New Paradigm of Growth. Pearson Education, 2014. ISBN: 978-0-13-302649-6.
7.3. Axborot manbaalari
- https://lex.uz/
- https://stat.uz/
- https://mfa.uz/
- https://www.timeshighereducation.com
- https://mitsloan.mit.edu
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Interfaollik. Talabaning interfaolligi, Mashgʻulotlarda ishtiroki;
- Mustaqil taʼlim soatini bajarish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Amaliy topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Interfaollik | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil taʼlim soatini bajarish | Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi | 10 | 2-3 hafta(lar) davomida |
| 3 | Amaliy topshiriqlar | Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi | 10 | 3 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollardan test | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Yusupov Neʼmatillo Sayitturayevich, KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
proyekt.menejer.2023gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
X.Moʻydinov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, i.f.f.d., (PhD) G.Karimova - Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, kafedra mudiri, PhD, dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) I.Mitillayev Kafedra mudiri |
(imzo) N.Yusupov Fan oʻqituvchisi |
