![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Auditga kirish
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, ijodiy fikrlash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablar, auditda muhimlik va auditorlik riski va shu kabi mavzular boʻyicha bilim berish hisoblanadi. Fan mazmunini anglab yetish - talabalarning buxgalteriya hujjatlari bilan ishlash, amaliy maʼlumotlarni tahlil qilish kabi jihatlar uchun muhimdir.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- auditning turlari va shakllari;
- auditning metodlari va rivojlanish bosqichlari auditning professional xizmatlari auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablar;
- auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlari;
- moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini tushunishini namoyish etish;
- ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur maʼlumotlarni buxgalteriya hisobi va hisobotlaridan olishni bilishi kerak;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- auditning turlari va shakllari, auditning metodlari va rivojlanish bosqichlari, auditning professional xizmatlari, auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablar, ichki audit xususiyatlari koʻnikmalariga ega boʻlishi;
- auditorlik tekshiruvini oʻtkazish usullarini, auditorlik tanlash usullarini, auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlarini, auditorlik tekshiruvlarida tahliliy amallarni qoʻllashni;
- auditda muhimlik va risk darajalarini aniqlash, auditda ichki nazorat tizimini oʻrganish va baholash, majburiyatlar va xususiy kapital auditini oʻtkazish, tovar-moddiy zaxiralar auditida inventarisiyani qoʻllash malakalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Auditning paydo bulishi va rivojlanishi |
| 2. |
Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari. |
| 3. |
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari |
| 4. |
Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari |
| 5. |
Auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini lisenziyalash |
| 6. |
Auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik riski |
| 7. |
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish |
| 8. |
Auditorlik tekshiruvi vaqtida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganish hamda baholash |
| 9. |
Auditorlik dalillar |
| 10. |
Ekspert va boshqa auditor ishlari natijalaridan foydalanish |
| 11. |
Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi |
| 12. |
Uzoq muddatli aktivlar auditi |
| 13. |
Joriy aktivlar auditi |
| 14. |
Majburiyatlar auditi |
| 15. |
Xususiy kapital auditi |
Mustaqil ish prezentatsiyalar, keyslar, doklad, guruh loyihalar, referatlar shaklida amalga oshirilishi mumkin.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Axmedjanov K.B., Sattorov A.X.. Auditga kirish. Darslik. – T.: , 2021, 448 b
- Tulaxodjayeva М.М., llhamov Sh.I., Axmadjonov K.B, Fayziycv Sh.t Xodjayeva M.X, Tulayev M.S Audit. Darslik. 2-qism. -T.: IQTISODIYOT, 2018 y. - 405b
- Meliev I.I. Audit. O'quv-uslubiy majmua. 2019
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Masharipov O.A., Ilxomov Sh.I. “Amaliy audit” O`quv qo`llanma. T.: Cho`lpon nomidagi NMIU, 2014. -264 b.
- Tulaxodjayeva M.M., Ilhomov SH.I. «Audit kirish”, O’quv qo’llamna. T.: Iqtisodiyot, 2012. – 184
7.3. Axborot manbaalari
- www.frei.org
- www.mythbreakers.com/ima.
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Interaktiv mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish soatini bajarish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki kichik guruhlarga boʻlingan holda berilgan mavzuni taqdimot koʻranishida yoritib, himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi;
- Topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli masalalarni fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda oʻquv semestri davomida oʻtilgan barcha mavzular va topshiriqlarni qamrab olgan testlar aks etadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Interaktiv mashgʻulot | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish soatini bajarish | Taqdimot shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Topshiriqlar | Audit boʻyicha masalalar yechish | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Usmonov Shokirjon , KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
usmonovshokir@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
G.Karimova - Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, kafedra mudiri, PhD, dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- S.Maxmudov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi professori v.v.b., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Juma, soat 15:00 – 18:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) I.Mitillayev Kafedra mudiri |
(imzo) Sh.Usmonov Fan oʻqituvchisi |
